4. Kataliz va katalizatorlar haqida tushuncha.
Kimyoviy reasiyaning tezligini katalizatorlar yordamida oshirish mumkin, chunki temperaturani oshirgandan ko`ra katalizator ishlatgan afzalroq, bundan tashqari temperaturani hamma vaqt ham oshirish mumkin emas.
Kimyoviy reaksiyalarning tezligini o`zgartiradigan moddalar katalizatorlar deyiladi. Ba`zi katalizatorlar reaksiyani tezlashtiradi–musbat kataliz yoki kataliz, boshqalari sekinlashtiradi–manfiy kataliz deyiladi. Manfiy kataliz ko`pincha ingibitorlash, reaksiya tezligini kamaytiruvchi manfiy katalizatorlar esa ingibitorlar deyiladi.
Katalizatorlar ishtirokidagi kimyoviy reaksiyalar katalitik reaksiyalar deyiladi. Katalizatorning o`zi reaksiyalarda sarflanmaydi va oxirgi mahsulotlar tarkibiga kirmaydi. Katalizning ikki turi-gomogen (bir jinsli) va geterogen (bir jinsli emas) katalizlar bor.
Dostları ilə paylaş: |