5. Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
Kimyoviy reaksiyalar qaytmaslik va qaytarlik hususiyatlariga qarab ikki turga bo`linadi. Faqat bir yo`nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang`ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to`liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalarda cho`kma tushishi, gaz modda ajralib chiqishi va kam dissotsilanadigan modda hosil bo`lishi mumkin, masalan,
BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 oq + 2NaCl
CaCO3 = CaO + CO2 KOH + HCl = KCl + H2O
Bir vaqtning o`zida bir–biriga teskari ikki yo`nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Qaytar reaksiyalarda tenglik ishorasi o`rniga qarama-qarshi strelka qo`yiladi, masalan, 3H2 + N2 2NH3
Texnikada qaytar reaksiyalar afzal bo`lmaydi. Shu sababli ular turli usullar–temperatura, bosim va boshqalarni o`zgartirish bilan amalda qaytmas qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |