Bob-2 Boshlang`ich siniflarda algebra elementlarini o`quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə12/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#130384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Masala. Men bir son o'yladim. Uni 4 soniga bo'lganda bo'linma 5ga teng bo'ldi. Men qanday son o'yladim?
Ushbu masalani tenglama usulida yechish kerakligi aytiladi. Eng birinchi bo'lib qo'ng'iroq chalgan guruh doskaga chiqib masalani yechadi va 5 ballni qo'lga kiritadi. Hakamlar guruhlar olgan ballarni e'lon qiladilar.

  1. shart. Tezkor savollarga javoblar.

15t a misol beriladi. Eng birinchi bo'lib qo'ng'iroq chalgan guruh javob beradi. Har bitta to'g'ri javobga 1 ball qo'shiladi.
54:9 = 6 12:2 = 6
10:5 = 2 7-7 = 49
6-2 = 12 15:5 = 3

  1. 4=12 6-3 = 18

0-45 = 0 12:4 = 3
18:3 = 6 23-0 = 0
45:5 = 9 20: 10 = 2
1x100=100
5- shart. Geometrik shakllar bilan topshiriqlar bajarish.
Hakamlar baholarni e'lon qilgunlariga qadar guruhlarga «Klaster» usulida yozilgan misollar tarqatiladi. Belgilangan 5 daqiqa ichida birinchi bo'lib misolni yechgan guruh 5 ball bilan rag'batlantiriladi.
Hakamlar oxirgi shartning ballini va umumiy ballami e'lon qiladilar. Doskadagi guruhlar nomi yozilgan konvertlarga umumiy ballar yozilgan kartochkalar solinadi. G'olib guruhga ko'krak nishoni topshiriladi. Sardorlar bellashuvi o'tkaziladi. Eng ziyrak, zukko, bilimdon sardor saylab olinadi. Har bir sardorga rasm solingan ko'rgazma tarqatiladi. Rasm asosida og'zaki masala tuzish va masalada aytilgan narsaning ahamiyati, foydali tomonlari haqida so'zlab berish topshiriladi. Eng yaxshi masala tuzgan sardor ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi.

  1. Darsni yakunlash. Bu dars davomida barcha o'quvchilar ishtirok etadi. Eng muhimi, o'quvchilar jamoa bilan ishlashni o'rganadilar. Ular o'zgalar fikrini hurmat qilishga, iqtidorli o'quvchilarga tenglashishga harakat qiladilar.

  1. Noan’anaviy o’qitish usullaridan foydalanilgan holda o’tilgan

1 soatlik dars ishlanmasi. (3-sinflar uchun)
Maqsadlar: O'quvchilarni matematika fanidan olgan bilimlarini
mustahkamlash, ularni erkin, mustaqil ishlashga o'rgatish, aqliy faoliyatini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o'stirish.
Darsning jihozi: Sinf xonasi chiroyli bezatilgan. «Bilimdonlar bellashuviga xush kelibsiz!», “Zukkolarga oq yo’l”, «Quvnoqlarga quvonch yor bo'lsin» shiorlari osilgan. Har bir guruhni baholab borish uchun ballar yozilgan kartochkalar, rag'bat uchun bayroqchalar, g'olib va faol ishtirokchilarga berish uchun turli ertak kitoblar, albomlar hozirlangan. Guruh a'zolari o'z joylarini egallaydilar.
Tadbirning sharti: Sinfda.gi o'quvchilarning eng iqtidorlilaridan 12 nafari tanlab olinadi va guruhlarga birlashtiriladi. Bellashuv jarayonida har bir guruhga 4 tadan shart qo'yiladi. Ularga,matematika fanidan misol va masalalar, topishmoqlar, boshqotirmalar yechish topshirig'i beriladi.
Har bir guruhda 4 tadan o'quvchi bo’lishi kerak. Eng avval sardorlar tayinlanadi va guruhlarga nom qo'yiladi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlanadi.
O'qituvchi: Assalomu allaykum, hurmatli ustozlar, aziz davramiz ishtirokchilari! «Bilimdonlar bellashuvi»ga xush kelibsiz! Bugungi bellashuvda siz, o'quvchilarimizning birinchi yarim yillikda olgan bilimlarini qay darajada ekanligini, ularni nechog'li topqirliklarini guvohi bo’lasiz. Ishtirokchilarni davraga taklif etsak.
O'qituvchi guruh; va uning sardorlarini birma-bir tanishtiradi.

  1. guruh — «Bilimdonlar»

  2. guruh — «Zukkolar»

  3. guruh — «Quvnoqlar»


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin