Bob-2 Boshlang`ich siniflarda algebra elementlarini o`quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə10/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#130384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

b) Ifodalarni aynan almashtirish.
Ifodani aynan almashtirish bu berilgan ifodani qiymati shu ifodaning qiymatiga teng bo'lgan boshqa ifoda bilan almashtirishdir.
100 ichida arifmetik amallarning bajarilishi arifmetik amallarning xossalariga va bu xossalaridan kelib chiqadigan natijalarga asoslangan.
Sonni yig'indiga qo'shish, sonni yig'indidan ayirish, yig'indini songa ko'paytirish sonni yig'indiga ko'paytirish va bo'lish xossalari bilan tanishish natijasida bolalar natijani turli usul bilan topish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Amallarning xossalari haqidagi bilimlarni o'quvchilar berilgan ifodalarni aynan teng ifodalarga almashtirishga tadbiq etadilar, bunday ko'rinishdagi topshiriqlar taklif etiladi.

  1. Ifodalarning qiymatlarini uch xil usul bilan top:

30+(40-20), (20+34)-4.

  1. Tenglikning chap tomonida yozilgan ifodalarini taqqoslang: ularning nimasi o'xshash, nimasi bilan farq qiladi?

(10+6)+3=10+(6+3)=10+9=19.

  1. Quyidagi ifodalarda yozuvni shunday davom ettirki,<> belgisi saqlanib qolsin:

[80:[(4*10)]=80:10...,
50-(30+5)=50-30

  1. Ifodalarni taqqoslang va >, <, = belgilarini qo’y:

7+7+7*7*9, 12+12 12*2,5*4+5 5*5, 8*5 - 8 8*4
Agar qavsli ifodalarda qavslar amallar tartibiga ta’sir etmasa, ularni qo’ymaslik mumkinligini aynan almashtirishlar asosida ko’rsatish mumkin.
(40+20)+10=40+20+10, (10*60):4=10*6:4
C) Harfiy ifodalar bilan tanishtirish
2a+3, a+b, c-4 kabi yozuvlar o’zgaruvchili ifodalar yoki harfiy ifodalar deb ataladi, o’zgaruvchi bu belgi (simvol) bo’lib, uni sonlar bilan almashtirishga ruhsat etiladi. Bunday sonlar to’plami o’zgaruvchining qiymatlari deb ataladi.
Bolalar birinchi sinfdayoq ushbu ko’rinishdagi misollarni yechadilar:
[] +-2 []+-3 va hokazo.
<> bu o’zgaruvchidir. Bu darchaga turli sonlarni qo’yib, ifodalarning turli qiymatlarini topamiz.
Ikkinchi sinfda <> (<>) ifodalar bilimlarni umumlashtirish bosqichida
[] +0=[], []-0=[]
Kabi va topshiriqlarni umumiy ko’rinishda berish usuli
[] +[] = [], [] - [] = []
Bu kabi kvadratchalarni sonlar bilan almashtirib, <> saklida beriladi. Biroq bu topshiriqlar o’zgaruvchili ifodalarning oshkormas ko’rinishda berilishidir. To’rtyilllik maktabning uchinchi sinfida o’zgaruvchini harfiy ifodalash kiritiladi.

  1. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda algebra elementlarini o'rgatishga bag'ishlangan bir soatlik dars ishlanmasi. (2 - sinf uchun viktorina darsi)


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin