3. «Quvnoqlar» guruhiga: 1.15 soni 70 sonidan nechta kam?
70 sm necha dm ga teng?
Uchta sonning yig'indisi 80 ga teng. Agar birinchi va ikkinchi sonning yig’indisi 20 ga teng bo'lsa, unda uchinchi sonni toping?
75 sonidan oldin, lekin 71 sonidan keyin kelgan sonlarni ayting.
Vatan haqida qo'shiq kuylanadi. Hay'at a'zolari mazkur shart bo'yicha ballarni e'lon qiladilar. 5-shart: Boshqotirmani yeching. Har bir guruhga 1 tadan boshqotirma beriladi. Boshqotirma javoblari hay'at a'zolari tomonidan tekshiriladi va ballari e'lon qilinadi. Oxirgi shart:Sardorlar bellashuvi. Bellashuv sharti bilan tanishtiriladi. Ular berilgan shakllardan foydalanib, uycha yasashlari kerak. Oxirgi shart ham hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va natijalar e'lon qilinadi. Barcha shartlar bo'yicha ham guruhlarnmg toplagan umumiy ballari jamlanib e'lon qilinadi. Eng ko'p ball to'plagan guruh aniqlanib, bayroqchalar bilan taqdirlanadi. G'olib guruh sardori esa «Oltin toj» sohibiga aylanadi va qarsaklar bilan olqishlanadi. Guruhlardagi eng zukko, bilimdon o'quvchiiar turli ertak kitobchalar, albomlar bilan taqdirlanadi. Bellashuv yakunida o'qituvchi o'quvchilar va hay'at a'zolariga o'z minnatdorchiligini bildiradi. O'qituvchi:Aziz o'quvchiiar, hurmatli ustozlar, qadrli mehmonlar. Mana, bugun biz 3-sinf o'g'il-qizlarining topqirlik bahsida ishtirok etdik. Ularning nechog'li bilimdonliklarini guvohi bo'ldik va quvondik. Bilimdon bolajonlar, kelgusidagi o'qish va ishlaringizga omad sizlarga doimo yor bo'lsin, hamisha a'lochilar safida qoling. Tadbiryakunida barcha bolalar «Uzbekistan» qo'shig'ini ijro etishadi.
Qaysi guruhning sardori birinchi bo'lib, uychani yasab bo'lsa, u g'olib hisoblanadi, Xulosa Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarining o’rni juda muhim hisoblanadi. Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishiga bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi natija va xulosalarni oldik:
Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarini o’qitish uchun alohida bo’lim ajratilmagan, birinchi sinfdan to’rtinchi sinfning ohirigacha arifmetik, geometrik materiallarni, miqdorlarni va matnli masalalarni yechishni o’rgatish jarayonida algebra elementlari ham o’qitib boriladi. Bu bo’limlar bir-biriga bog’lab o’qitiladi;
ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi;
algebra elementlarini yangi pedagogik texnalogoyalardan foydalangan holda o’qitish, o’quvchilar tomonidan shu mavzularni Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida o’zlashtirishlarini kafolatlaydi;
algebra elementlarini yangi pedagogik texnalogoyalar asosida o’qitish. O’quvchilarning shu fanga qiziqishlarni ta’minlaydi;
algebra elementlarini boslang’ich sinf matematika kursida yangi o’qitish usullardan foydalangan holda o’qitish, o’quvchilarni shu mavzular bo’yicha olgan bilimlarni amaliyotga qo’llay olishga o’rgatadi;
agar boshlang’ich sinf o’qituvchilari algebra elementlarini o’qitishda bitiruv ishida bayon qilingan ta’lim texnologiyalardan foydalansalar, o’uvchilarning shu mavzu bo’yicha yetarli darajada bilim, malakla va ko’nikmalar hosil qilishi kafolatlanadi.
Bu xulosa va natijalarga shu mavzularni o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali o’quvchilarning bilimlarini oshganligini tekshirib ko’rib ishonch hosil qildik. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish”. - T. “O'zbekiston”, 2010.
I.A.Karimov “Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo'llari va choralari”. T. “O'zbekiston”, 2009.
I.A.Karimov “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida”. - T. “O'zbekiston”, 2008
I.A.Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. Toshkent., O’zbekiston NMIU, 2012 y.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”
“Ta’lim to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent.
“Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi” 4 maxsus son. Sharq. Toshkent. 1999 yil.
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” - 2002 y.
N.U. Bikbayeva va boshqalar. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O’qituvchi” 1996 yil.
B.Toshmurodov. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni
takomilashtirish”. Toshkent. “O’qituvchi” 2000 yil. R.J.Ishmuhammedov “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari”. Toshkent 2009 yil.
M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O’qituvchi”. 2004 yil.
M.E.Jumayev “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum”. Toshkent. O’qituvchi. 2004 yil.
M.Axmedov va boshqalar. “Matematika 1 sinf uchun darslik”. Toshkent 2003 yil.
M.Axmedov va boshqalar “Matematika o’qituvchi uchun darslik”. O’qituvchi. Toshkent 2003 yil.
L.Levenberg. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. O’qituvchi 1989 yil.
N.U.Bikbayeva, L.Sh.Levenberg “3 sinflarda matematika: Metodik qo’llanma”. Toshkent O’qituvchi 1989 yil.
L.P.Stoylova. A.M.Pishkolo. “Boshlang’ich matematika kursi asoslari” Toshkent. O’qituvchi 1991 yil.