Bob-2 Boshlang`ich siniflarda algebra elementlarini o`quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə9/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#130384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

a) Matematik ifodalar.
a) Sonlar va ular ustidagi amallarni belgilaydigan matematik simvollarning ma’lum qoidalar bo'yich tuzilgan ketma-ketligi matematik ifoda deb ataladi.Ushbu ko'rinishdagi yozuvlar sonli ifodalardir.
14+2, 6-4, 5*4-3, (27-14)+3+5 va hokazo. Ushbu ko'rinishdagi yozuvlar o'zgaruvchili ifodalardir:
a-b, 14+c; b(35-b):5.
Matematika dasturida bolalarni matematik ifodalarni yozish va o'qishga o'rgatish, amallarning bajarilish tartib qoidalari bilan tanishtirish, hisoblashlarni bajarishda ulardan foydalanishga o'rgatish, ifodalarni aynan almashtirish bilan tanishtirish ko'zda tutilgan.
O'quvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirishda uslubiyatda ma’lum bosqichlar ko'zga tashlanadi.

  1. bosqich. 1-sinfning boshidayoq qo'shish va ayirish amallari ma’nosini o'zlashtirish bosqichida bolalar bunday ifodani o'qiydilar: <> <> Bu sonlarning yozuvdagi <<+>> va <<->> belgilarining manosi ushbu alomat bo'yicha o'zlashtiriladi: Agar ko'payadigan (kamayadigan) bo'lsa, demak, qo'shamiz (ayiramiz), demak <<+>> (<<->>) belgisini qo'yish kerak.

Ikkinchi sinifda birinchi darslardan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi:
3+2 Bu uch va ikki sonlarning yig'indisi. U beshga teng.
6-4. Bu olti va to’rt sonlarning ayirmasi u ikkiga teng.
Matematik nutqni rivojlantirish uchun bunday topshiriq berish foydalidir: <>
Navbatdagi darslarda og'zaki sanoq ishida matematik diktant berilib unda misollar turlicha ifodalanadi:

  1. 5ga 4ni qo'shing.

  2. 6 va 4 sonlarning yig'indisini toping

  3. 9ni 3ta kamaytiring.

  4. Birinchi qo'shiluvchi 2, ikkinchi qo'shiluvchi 7, natijani toping.

  5. Kamayuvchi 7, ayriluvchi 3, natijani toping.

  6. 6ni 2ta ortiring va h/k.

  1. bosqich. Ikkiknchi bosqichda matematik ifodalar bilan tanishish ko'pincha 1-bosqich amallari deb ataladigan

4+5-3, 3+3+3
Kabi ifodalarga va 2-bosqich amallari deb ataladigan
8:2*3, 5*4:10, 3*2*4 20:2:5.
kabi ifodalarga xosdir.
Bunday ifodalarni hisoblash usullari ochib berayotib, o'qituvchi matematiklar bunday ifodalarning qiymatlarini, ularda amallar qanday tartibda yozilgan bo'lsa shu tartibni bajarib hisoblashga kelishib olganliklarini aytadi va bunday ifodalarni o'qishni o'rgatadi:
4+5-3-<>
5*4:10-<>

  1. bosqich Bu bosqichdagi ifoda to'rt amalning hammasini o'z ichiga oladi:

5*3+10, 43-7*6, 4*8+15:5, 27:3-2*4,
Bunday ifodalarda xam eng sodda ifodalarni birlashtiradigan amallar belgilari ikkiyoqlama ma’noga ega: Qanday amalni bajarish ekanligini bildiradi va ifodani belgilash uchun xizmat qiladi.
Murakkab ifodalarni tuzish matematik diktant yordamida kiritilishi mumkin, masalan, <>
8*4+20, (Sakkiz va to'rt sonlarining ko'paytmasiga yigirma sononi qo'shdik)
Buni qanday tartibda yozgan bo'lsak shu tartibda hisoblaymiz. Avval ko'paytirishni bajaramiz; 8*32, natijaga 20ni qo'shamiz: 32+20=52. <<+>> ishorasi nimani bildiradi. (20 soni bilan qanday amal bajarish kerakligini bildiradi)? Biz 20 sonini qo'shdik, shuning uchun u qo'shiluvchi bo'ladi. 20ni nimaga qo'shdik (8*4 ko'paytmaga), demak, 8*4 ko'paytma ham bizning ifodaga qo'shiluvchi bo'ladi. Uni bunday o'qish mumkin: birinchi qo'shiluvchisi 8 va 4 sonlarining ko'paytmasi, ikkinchi qo'shiluvchisi esa 20 bo'lgan yig'indi ko'pkarra mashqlar jarayonida o'qituvchining intonatsiyasini diqqat bilan tinglab va gapning tuzilishini tahlil etib, o'quvchilar murakkab ifodalarning yozilish usulini egallaydilar, ikkala komponenti (tashkil etuvchisi) ifodalar orqali berilgan ifodalar yoziladi va hisoblanadi (5*3+8:2, 26:2-3*4)

  1. bosqich. Bu bosqichga qavslarni o'z ichiga oladigan ifodalar xosdir. Qavslarni kiritishga doir dars shu qo'llanmaning <> bobida kiritilgan edi. Bu dars bo' lagining variantlaridan biri mana bunday: Katakli taxtachada




7-2

2+7

7+2

almashtiradi va


kartochkalari qo'yilgan
Topshiriq: kartochkalardan foydalanib ifodalar tuzing ularni aytib berig.




7

+




2

2

+

7

O'quvchilar tuzadilar:
(2va7 sonlarining







7




-

2

yig'indisi)





(7va2 sonlarning ayirmasi). O'qituvchi bu ifodalarni
kartochkalar bilan kartochkalarni qo'shadi.
Keyin bu ifodalarning qiymatlarini qanday hisoblanishi aniqlashtiriladi. O'qituvchi tuzilgan ifodalardan sonlar yig'indisi (ayirmasi) <> qamalgan deb tushuntiradi.
Daftarlarda bunday uychalarni chizish noqulay. Shu saababli uychaning poilni va shiftini olib tashlaymiz, devorlarini esa bir oz egriroq qilamiz qavslarni hosil qilamiz. Ifodalar bunday ko'rinishni oladi:
10+(7+2), (7-2)+10, 10-(7+2).
Amallar tartibini aniqlash oson-avval qavslar ichidagi, keyin ikkinchi amalni hisoblaymiz, bu ifodalarni o'qishni o'rganamiz: so'ngi amalni ajrat, natijaning nomini ayt va keyin ifodani o'qi.

  1. 10 soniga 7 va 2 yig'indisini qo' shish kerak

  2. 7 va 2 ayirmasiga 10 sonini qo'shish kerak

  3. 10 soni bilan 7 va 2 sonlari yig'indisi orasidagi ayirmani topish kerak.

Amallar tartibini bajarishda bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida ushbu mashqlar takilf etiladi:

  1. Qavslarni shunday qo'yingki tengliklar to'g'ri bo'lsin:

25-15:5=2, 3*6-4=6, 48:8-2=4.

  1. Yuldizchalar o'rniga <<+ yoki ->> belgilarini shuday qo'yingki to'g'ri tengliklar hosil bo' sin.

38*3*7=34, 38*3*7=42,

  1. Yulduzchalar o'rniga amallar ishoralarini shunday qo'yingki, Tengliklar to'g'ri bo'lsin.

12*5*2=4,12*6*2=24.

  1. Yozilgan misollar juftliklaridan amallar tarkibi qoidalari bo'yicha hisoblangan misollarni ko'chirib oling:

60-20:4=10, 4*3+20:5=16.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin