O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid
O'QITISHDA YANGI PADAGOGOK TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH Ta’lim taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogik texnologiya tushunchasining kirib kelish zaruriyati, uning mazmuni va mohiyati.
Jamiyatning har bir faol fuqarosi XXI asr bo’sag’asida turar ekan, o’tgan yillarni baholashga va kelajak hayotining turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta'lim sohasidagilar ham bundan mustasno emas. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, balki madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan keyingi o’n yilliklarda pedagog olimlar diqqatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu muammoga qiziqish ortganligini quyidagicha izohlash mumkin:
ba'zi olimlarning pedagogikadagi «yangi yo’nalish» deb an'anaviy yondashishlari va o’z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo’l urishlari (H.Abdukarimov, K.Zaripov, T.Nazarova, U.Nishonaliev);
boshqa guruh tarafdorlari ta'limning bugungi ahvoliga qayg’uradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar. (I.Ya.Lemer, F.Fradkin, Dj.Bruner, T.Sakamato);
uchinchi guruh olimlar texnologiyalashtirishni ob'yektiv jarayon deb, yangicha sifatiy muammolami yechish uchun ta'limni evolyutsion bosqichga ko’tarish shartlaridan biri ekanligini e'tirof etadilar (V.P.Bespalko, M.V.Klarin, M.Klark, T.A.Ilina).
Biz ham keyingi fikrga qo’shilgan holda PTga taraqqiyot yo’lidan borayotgan davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatining bosh vazifasi sifatida qarab kelinganligini ta'kidlaymiz. Bunday yondashish YuNESKO tomonidan ham ma'qullandi. 1971 yilda uning direktori Rene Mais Fransiyaning sobiq bosh vaziri (ayni paytda ta'lim vaziri ham) Edgaro Foraga murojaat etib, ta'lim sohasida tuzilgan xalqaro komissiyaga rahbarlik qilishni va jahonda ro’y berayotgan o’zgarishlar asnosida ta'limning maqsadini, rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash vazifalarini yukladi. Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do’konlarida “Mavjudlik uchun o’qish. Tarbiya dunyosi bugun va ertaga” nomli kitob paydo bo’ldi va unda “yangi texnologiya ta'limni yangilashda harakatlantiruvchi kuch” ekanligi qayd etildi. Muhimi shundaki, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ta'limning Milliy modeli yaratildi va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi. Uning ikkinchi va uchinchi bosqichida «O’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» jiddiy vazifalardan biri ekanligi ko’rsatildi. Xo’sh, pedagogik texnologiya nima? Uning ilmiy asosida qanday nazariyalar yotadi? Amaliyotga tadbiq etish shartlari nimalardan iborat? Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha — «texnos» - hunar, san'at va «logos» — fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda yangi texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, yohud texnologik jarayon — bu mehnat qurollari bilan mehnat vositalari (xom ashyolari)ga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish sohasidagi mehnat jarayoni hisoblanadi. Demak, bu ta'rifni tadqiqotimiz mavzusiga ko’chirish mumkin, unda: PT — bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vosi-talari yordamida o’quvchilarga ta'sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarish shakllantirish jarayoni deb ta'riflasak xato bo’lmaydi. Asrimizning 40-50 yillarida o’quv jarayoniga texnik vositalarning (radio, kino. nazorat vositalari) joriy etilishi PTga tenglashtirildi. Faqat 60 yillarning o’rtasida, 70 yillarda bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarida (AQSh, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etila boshlandi va uning ilmiy-tadqiqot natijalariga ko’ra ikki yo’nalishi ko’rsatildi. Birinchi yo’nalish PTni «o’qitishning texnik vositalar»ini qo’llash sifatida belgilasa (M.Klark, Xokridj — Buyuk Britaniya; K.Cheduik, D.Fini — AQSh, S.G.Shapo’alenko — Rossiya), ikkinchisi — «o’quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi (T.Samakato — Yaponiya, K.Brusling — Shvyetsiya, T.A.Ilina — Rossiya). Tizimli yondashish ta'siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga aniqlik kiritila borildi va rus olimasi N.F.Talizina uning mohiyatini «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning usullarini aniqlashdan iborat» deb tushuntirdi. Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki, o’tgan yillarda PT o’quv jarayonini belgilangan ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalash deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to’g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko’zga tashlanadi yoki bunday yondashishda o’quvchi shaxsi inkor etilyapti. Bu kamchilikni birinchi bo’lib V.P.Bespalko payqadi va o’zining yirik asarida «PT — bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta'rifladi (qarang: V.P.Bespalko “HedaroruKa u npoepeccueuue mexuoaoruu odyueuun”, M., 1995). Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillardayoq V.P.Bespalko tomonidan «pedagogik texnologiya»ning ilmiy maktabi yaratildi va maqola muallifi ham shu dargohda tahsil olganligini alohida faxr bilan tilga oladi. Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanishi yangi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo’l ochadi. Bizning fikrimizcha, yangi PTni pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlami birlashtirish doirasidagi faoliyat yo’nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati — pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o’rganish asosida yangilashdan iborat. Sababi, har qanday o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT — amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasidir. Unda pedagogik tizim tarkibi nimadan iborat? Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo’lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo’lishi kerak. Agar maqsad o’zgarsa, tizim ham o’zgarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo’ydi. Demak, Milliy dastur bizda ta'lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinyapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta'lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar) ta'lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi. Quyida barcha ta'lim turlari uchun umumiy bo’lgan pedagogik tizim loyihasini keltiramiz. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko’rsatib beradi: 1- talabalar; 2- ta'lim (tarbiya) maqsadlari; 3- ta'lim (tarbiya) mazmuni; 4- didaktik jarayon; 5- tashkiliy shakllari; 6- pedagog yoki O’TV. Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo’lgani kabi, quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart- sharoitlar hamda bu faoliyatlar uchun axborotlar (mazmun) bo’lishi kerak. Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat bo’lsa, shart-sharoitlar — talabalarning boshlang’ich sifat ko’rsatkichlari, axborot esa o’quv predmetining mazmunidir. WaCTWMOMii