Maqsadli fondlarsiz davlat byudjetining xarajatlari (mlrd so‘m)19
Ko‘rsatkich1ar
|
2012-yi1
|
2013-yil
|
2014-yi1
|
2015-yil
|
2016-yi1
|
so‘m
|
%
|
so‘m
|
%
|
so‘m
|
%
|
so‘m
|
%
|
so‘m
|
%
|
Davlat byudjeti
xarajatlari
|
21190
|
100
|
26312
|
100
|
31582
|
100
|
37967.
7
|
100
|
40 930
|
100
|
Ijtimoiy soha va
aholini ijtimoiy qo‘1lab- quvvatlash
|
12338
|
58.3
|
15573
|
59.2
|
18873
|
59.7
|
22457
|
59.1
|
22770,
7
|
55.6
|
Iqtisodiyot
xarajatlari
|
2338
|
11
|
2791
|
10.6
|
3385
|
10.7
|
4119.7
|
10.1
|
4 335,9
|
10.6
|
Markazlashgan
investetsiyalami
moliyalashtirish
|
1174
|
5.5
|
1300
|
4.9
|
1500
|
4.7
|
1800
|
4.7
|
2 131,8
|
5.2
|
Davlat
hokimyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari
|
844
|
3.9
|
825
|
3.1
|
1000
|
3.1
|
1199.9
|
3.1
|
1 790,8
|
4.37
|
Boshqa
xarajatlar
|
4495
|
21.2
|
5813
|
22.0
|
6903
|
21.8
|
8391.1
|
22.0
|
8 553,8
|
20.9
|
Iqtisodiyot xarajatlari es 2011-yilda 1938 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, jami byudjet xarajatlarida 11.5 foizni tashkil etgan. 2015-yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat byudjeti xarajatlaridagi salmog‘i 10.1 foizni tashkil etgan. Lekin ushbu xarajatlar nominal mazmunda o‘sib borgan. Markazlashtirilgan investetsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish uchun 2011 yilda 1037 mlrd so‘m, 2012-yilda 1174 mlrd so‘m, 2013-yilda 1300 mlrd so‘mni, 2014-yilda 1500 mlrd so‘mni va 2015-yilda 1800 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida,
19O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’1umotlari asosida talaba tomonidan tayyorlanadihozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodyotni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog‘liq yirik va strategikahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda byudjet investetsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.
Davlat hokimyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2011-yilda jami byudjet xarajatlari tarkibida 2011-yilda jami byudjet xarajatlari 3.7 foizni, 2015-yi1ga kelib esa bu xarajatlar 3.1 foizni tashkil etmoqda. Demak, nominal mazmunda ushbu xarajatlar qariyb 2 barobardan ko‘p o‘sgan bo‘lsada, ularning byudjet xarajatlaridagi salmog‘i kamayib borgan.
Yuqoridagi jadval ko‘rsatkichlari byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘l1ab- quvvatlash masalalari ustuvor ekanligi kuzatilmoqda.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo‘lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta’minlangan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat byudjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko‘rsatib bermoqda.
Ta’kidlash joizki, barcha davlatlar o‘z funksiya va vazifalarining uzluksiz hamda to‘liq ravishda amalga oshirish orqali taraqqiyotni ta’min1ash uchun zarur mablag‘1arni shakllantirishda soliqlarga murojaat qiladi. Shu sababli bugungi kunda jahon amaliyotida davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli amalda qo‘1lanilmagan.
O‘zbekiston Respunlikasi davlat byudjeti hamda maqsadli jamg‘atmalar byudjeti daromadlari bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i va boshqa daromadlardantashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi byudjet daromadlarini yillar bo‘yicha o‘sish tendensiyasini ko‘zatadigan bo‘lsak, bunda bilvosita soliqlarning hajmi doimo yuqori bo‘lgan.
2-bob bo‘yicha xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan byudjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
o‘tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar;
davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Davlat byudjeti daromadlari soliq, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofıq shakllantiriladi.
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o‘ttiz birinchi dekabrigacha Davlat byudjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi kerak.
Byudjet mab1ag‘1ari oluvchilarning xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag‘1ar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek byudjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida: respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘1inmalari tomonidan to‘lanadi.
XULOSA
Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat byudjetining o‘rnini uning mablag‘1aridan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishda foydalanish ko‘1am1ari, investitsiyalarni qo‘shma moliyalashtirishdagi davlat byudjetining xissasi, zararga ishlovchi ayrim korxona va tarmoqlarga beriladigan subsidiyalar hajmlari bilan izohlash ilmiy va nazariy jihatdan to‘g‘ri emas, albatta. Aslida davlat byudjeti dastak va vositalaridan iqtisodiyot taraqqiyotining ildam o‘sish sur’at1arini rag‘batlantirish, modernizatsiya va tarkibiy qayta qurishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, asoslangan va samarali moliyaviy va iqtisodiy imtiyozlar tizimini qo‘llash, ijtimoiy sektorning samarali ishlashini ta’minlovchi zarur mablag‘larni jamlash va ularni so‘nggi ijobiy natijalarni ko‘zlagan holda oqilona sarflashda foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning: “Albatta, Davlat byudjeti o‘1chovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu — hammaga ravshan va rad etib bo‘1maydigan haqiqat 2’- deb ta’kidlagan fikrlarida o‘z ifodasini ko‘rsatdi.
Mazkur Kurs ishida amalga oshirilgan tahlillar natijalariga asoslangan holda quyidagi ilmiy xulosalarni va amaliy tavsiyalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik:
-Byudjet jarayoni-Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni
-Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi:
2’ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017-y. Xalq so‘zi gazetasi.
byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish); byudjetni ko‘rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash; byudjetni ijro etish;
byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
-O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayonini takomillashtirishda respublikmizda bir qancha qonunlar tizimi ishlab chiqilgan.
Byudjet jarayonida uning tamoyillariga to‘la rioya qilinishi turli omillar va manfaatlar hisobga olingan holda iqtisodiy hayotda samarali boshqaruvni, bir maromdagi rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Byudjet jarayonining byudjet loyihasini ishlab chiqish, uni ijro etish asosiy va muhim bosqichi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaziy va mahalliy davlat hokimyati idoralarining barcha bo‘g‘inlari o‘z byudjetlarini tayyorlash va ijro etishda mustaqil bo‘lsalarda, byudjet loyihasini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash, qabul qilish va ijro etish masalalarini tartibga soluvchi protsessual huquqiy qoidalar, barcha byudjet bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lgan tartiblar belgilab qo‘yilgan.
Byudjet loyihasini tuzish va ijro etishda vakolatli davlat organlari jumladan Vazirlar Mahkamasi, Moliya Vazirligi, faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat byudjeti ijrosini ta’min1aydi, respublika byudjetini ijro etadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijro etilishiga rahbarlik qiladi.
Bugungi kunning eng rivojlangan iqtisodiyotiga ega bo‘lgan AQSh va Xitoy Xalq Respublikasining byudjet jarayoni tahlili O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoniga o‘xshash jihatlarini ko‘rsatadi.
-Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etishda davlat byudjeti nazoratini samarali tashkil etish byudjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri taqsimlanishini, mablag‘1arning maqsadli va rejali bajarilishini, o‘z vaqtida yetkazilishini amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi.
-O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti xarajatlari 2016-yilda 40 930 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘ning yarmidan ko‘pi ijtomiy sohaga, 10
foizdan ziyodrog‘i iqtisodiy xarajatlarga sarflanishi ushbu tarmoqlarning mamlakatimizda g‘oyatda ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Qilingan xulosalar asosida Kurs ishi ob’ekti va predmeti bo‘yicha quyidagi xulosalar berildi:
O‘zbekiston Respublikasining byudjet daromadlarinining asosiy qismi soliqlar evaziga shakllantirilishi barchamizga ma’lum, shunday ekan aholining soliq, moliya savodxonligini oshirish lozim. Har bir fuqaroning to‘layotgan soliq mablag‘1ari xalq farovonligi uchun o‘zlariga qaytib borishini anglab yetishi davlat byudjetini shakllantirishda o‘zining samarasini ko‘rsatadi.
Davlat byudjetining shakllantirilishi va ijro etilishida fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganuvchi maxsus komissiyalar tashkil etilishi va soliq to‘lovchilar uchun byudjet jarayoni natijalarini kuzatish imkoniyatini yaratilishi, xususan byudjet jarayoni ochiqligi (shaffofligi)ni ta’minlash maqsadida har chorakda yoki yarim yillikda byudjet ijrosi yuzasidan erishilgan natijalalar haqida ma’lumot yetkazish, ya’ni xalqni xabardor etib borish byudjet jarayonini samaradorligini oshirishning yo‘llaridan biri deb hisobladik.
Dostları ilə paylaş: |