Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi bo‘lib, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida byudjet jarayonini tashkil etishda vakolatli davlat organlari faoliyatini, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda mahalliy hokimyat organlarining byudjet jarayonining tashkil etishdagi ishtiroki shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayonida byudjet nazoratini samarali tashkil etishning ahamiyatini oshirish yuzasidan xulosa hamda tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, Kurs ishida quyidagi vazifalar belgilangan:
byudjet jarayonini tashkil qilishning nazariy-huquqiy asoslarini o‘rganish;
davlat byudjeti jarayoni tashkil etishda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;
byudjet jarayonini tashkil etishda ishtirok etuvchi davlat organlarining asosiy vazifalarini ko‘rib chiqish;
byudjet jarayonining davlat byudjet loyihasini tuzish hamda uni tasdiqlash bosqichini tahlil qilish va unda ishitok etuvchi vakolatli davlat organlari faoliyatini o‘rganib chiqish;
byudjet jarayonini takomillashtirishda ilg‘or xorij tajribasi tahlilini o‘rganish;
byudjet jarayonini amalga oshirishda byudjet nazoratining ahamiyatini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqish va hokazo.
Kurs ishning ob’ektibo‘lib, byudjet jarayoni hamda byudjet ijrosida ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi tegishli organlari, jumladan Moliya vazirligining byudjet jarayonidagi faoliyati hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi byudjet loyihasini tuzish va ijro etishda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyatibo‘lib, Kurs ishida byudjet jarayoni nazariy jihatdan ochib berilganligi ya’ni byudjet jarayoning nazariy hamda huquqiy asoslari, uning ishtirokchilari va amaliy jihatdan byudjet jarayonining byudjet loyihasini tuzish hamda uni ijro etish va ushbu jarayonda faoliyat ko‘rsatuvchi vakolatli organlar vazifalari yoritilganligi hisoblanadi.