bob 2 byudjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy-huquqiy va tashkiliy asoslari



Yüklə 282,34 Kb.
səhifə3/11
tarix23.05.2023
ölçüsü282,34 Kb.
#120748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlat tahlili

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishi o‘z ichiga kirish, 3 ta bob, xulosa va takliflar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini qamrab olgan.
Ushbu Kurs ishining l-bobida O‘zbekiston Respublikasining byudjet jarayonini nazariy-huquqiy jihatlari va unda ishtirok etuvchi davlat organlari va mahalliy hokimyatlariga bag‘ishlangan 2 ta paragraf va 1-bob bo‘yicha xulosa keltirilgan.
Kurs ishining 2-bobi O‘zbekiston Respublikasining byudjet loyihasini tuzish va uni ijro etilishining amaldagi holatiga bag‘ishlangan 2 ta paragrafdan va 2-bob yuzasidan keltirilgan xulosadan iborat.
Kurs ishining 3-bobi O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayonini takomillashtirishda ilg‘or xorij tajribasidan foydalanish va byudjet nazoratini samarali tashkil etish deb nomlangan 2 ta paragrafdan hamda 3-bob bо‘yicha xulasadan tashkil topgan.
Kurs ishining umumiy hajmi 63 betni tashkil etib, unda 2 ta jadval, 7 ta rasm keltirilgan.
    1. BOB. BYUDJET JARAYONI BOSQICHLARI VA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI


      1. Byudjet jarayonini tashkil etishning nazariy-huquqiy asoslari

Moliya tizimining asosini davlat byudjeti tashkil etadi. U bir tomondan resurslarni hal qiluvchi qismini o‘zida jamlaydi. Ikkinchi tomondan esa barcha moliya bo‘g‘inlari va muassasalarining o‘zaro aloqadorligini ta’min1aydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Byudjet iqtisodiyotiga ishlab chiqarish jarayoniga xo‘jalik hayotiga davlat tomonidan ta’sir o‘tkazish vositasidir hamda u davlat iste’molining moliyaviy asosi sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy monitorlash uchun foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shaklidir. Bunday tizim davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda asosiy dastaklardan biri hisoblanadi. Byudjet tizimi Respublika barcha byudjetlarining jamlanmasi bo‘lib, u davlatning siyosiy va iqtisodiy tizimlariga, respublikaning ma’muriy bo‘linishiga asoslanadi. Byudjet tizimining iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tamoyillari, tuzilishi, unda birlashib ketadigan byudjetlarning o‘zaro aloqadorligini respublika byudjet qurilmasini belgilaydi. Hozirgi davrda byudjetni ko‘rib chiqish, tuzish, hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Byudjet daromadlari hamda xarajatlarini mutanosib olib borish esa joylardagi moliya boshqarmalari, bo‘limlari hamda Moliya Vazirligining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, iqtisodiy qonunlarni bir me’yor doirasida amal qilishi ko‘p jihatdan davlatni moliyaviy siyosatini asosiy bo‘g‘ini Davlat byudjetiga bog‘liqdir. Davlat byudjeti o‘zida davlat daromadlari va xarajatlarni mujassamlashtirgan moliyaviy rejadir. Demak xalq xo‘jaligini butun tarmoqlarida, xususan noishlab chiqarish tarmoqlari (xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mudofaa va h.k.)da davlat byudjetini roli beqiyosdir. Shu o‘rinda mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev quyidagi so‘z1arini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir: “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’min1ash zarur. Bu — hammaga ravshan va rad etib bo‘1maydigan haqiqat 2. Jumladan, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining o‘z vaqtida qabul qilinishi xususida birinchi prezidentimiz Islom Karimov: “Dastur o‘ziga qamrab olgan, o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko‘rsatish, aholini ijtimoiy qo‘l1ab-
quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o‘zining amaliy
samarasini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz” 3- deya ta’kidlab o‘tgan edilar.
Byudjet mablag‘larini sarflanishini to‘g‘ri rejalashtirish, undan samarali foydalanish mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy ahvoliga bevosita ta’sir ko‘rsatib bu byudjet tizimi hamda jarayonini qayta ko‘rib chiqish ahamiyatini oshiradi. Avvalambor, byudjet jarayoniga ta’rif beradigan bo‘lsak, “Byudjet jarayoni- davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon. 4 Byudjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi hamda byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o‘ynaydi.




2O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishining asosiy yakunlari va 2017 yilga no‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ish1angan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.16.01.2017.
'I.A.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalish1ariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma’ruzasi. 2010 yil 29 yanvar.
4O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. O‘RQ-360-son. 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘p1ami, 2013 y. №52-I-son

    • Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish


    • Byudjetni ko‘rib chiqish (muhokam qilish) va tasdiqlash

    • Byudjetni ijro etish




    • Byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash

I-rasm. Byudjet jarayoni bosqichlari 5


Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi ( 1-rasm):
-byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish);
-byudjetni ko‘rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash;
-byudjetni ijro etish;
-byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish (yaratish, tuzish), uni muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)ga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet davri) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri keladi.
Byudjet jarayonini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:


Malikov T.S., Haydarov N.H. Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. O‘quv qo‘llanma / - T.: “IQTISOD MOLIYa”, 2008, 84 b.





  1. Yagonalik-yagona huquqiy baza, yagona byudjet tasnifi, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va hududlar byudjetlarini tuzishda statistik axborot tuzish uchun zarur bo‘lgan byudjet hujjatlari yagonaligi;

  2. Har bir qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimyati organi byudjet jarayonining mustaqilligi-o‘z daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo‘na1ishlarini belgilash huquqi bilan ta’minlanadi;

  3. Balans usuli-jami byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasida, shuningdek, moddiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlarni belgilashni nazarda tutadi.

Byudjet jarayoni byudjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Byudjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi byudjetlar va byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatini moliya tizmi bo‘g‘in1ari o‘rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimlash proporsiyalarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir.
Byudjet loyihasini tuzish byudjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjetining loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) bo‘yicha ishlar yangi byudjet yilining boshlanishidan ancha oldin, masalan, O‘zbekistonda 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimyati organlari, odatda, Moliya vazirligi, G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Ba’zi bir mamlakatlarda byudjet loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimyati boshlig‘i (rahbari)ning kelgusi yilga mo‘1jallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan AQSh da prezidenti amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda pul- moliya siyosatining asosiy vazifalari, kelgusi byudjet yili va navbatdagi to‘rt yil uchun federal byudjet daromad va xarajatlarining hukumat bahosi shakllantiriladi6.




6Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya.-T: “Sharq”,2010y., 470-bet.
Byudjet loyihasini tuzishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari tayyorlash uchun Qoraqa1pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlariga, hamda byudjetdan ajratiladigan mablag‘1arni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘1ari oluvchilariga byudjet so‘rovi yuborilishi kerak.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini tuzish:
Byudjet so‘rovini tuzish tartibini yuborilishini;
Byudjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich1ar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishini;
Byudjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni; Byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun byudjet so‘rovini tuzish tartibini O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash uchun byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirligi Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboradi7.
Byudjetni muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)
bosqichida mamlakatning oliy ijroiya organi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik organi bo‘1gan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, byudjetning loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo‘1gan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.




70. Ga’ybu1layev, U. O‘roqov. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni.-T: “Baktria -Press”, 2016 y., 95-bet
Mamlakat parlamentining har bir palatasida aniq byudjet masalalari bilan
shug‘u1lanuvchi maxsus qo‘mitalar va komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Ular byudjet loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zaruriy hollarda o‘zgartirish1arni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda byudjetning loyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatalarida byudjet loyihasi qabul qilinganidan so‘ng, har ikki palata o‘rtasida byudjet loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘1masa, mamlakat parlamentining byudjet to‘g‘risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o‘rtasida byudjet loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakilllaridan iborat bo‘1gan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda byudjet loyihasini muhokama etish (ko‘rib chiqish)da byudjet tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Byudjet tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan byudjet loyihasiga nisbatan o‘zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi
Byudjetni ijro etish bosqichida byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so‘ng boshlanadi. O‘zbekiston hukumati quyi ijroiya organlari va mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda byudjet ijrosi tartibini tashkil qiladi. Byudjet jarayonining bu bosqichi o‘z ichiga byudjetning daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishini qamrab oladi.
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlama xarakterga ega bo‘1ib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to‘1ovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, byudjet tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalashtirilishni taqozo etadi.
Byudjet ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag‘larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to‘liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Davlat byudjetining ijrosini ta’min1ashda quyidagi masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim:
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish; Davlat byudjeti mablag‘larini sarflash;
Qabul qilingan davlat byudjeti bo‘lmagan taqdirda byudjetni ijro etish; Byudjetdan ajratiladigan mablag‘1arga o‘zgartirishlar kiritish;
Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish; Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish; Davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash;
Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni, Soliq kodeksi, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning 31 dekabrigacha davlat byudjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat byudjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan holda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul qilingan davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Byudjet jarayonining so‘nggi bosqichi, ya’ni byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va uni tasdiqlashda davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot byudjet ijrosining yakuni (natijalari)ni o‘zida ifoda etadi. Shu munosabat bilan Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘1ari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etishi kerak. Shunga mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘1ari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etmoqlari lozim.
Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shunga mos ravishda Qoraqa1pog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 8
Byudjet munosabatlarining tashkiliy-huquqiy asoslari 2002-yildan boshlangan va bugungi kunga qadar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayotgan “Davlat moliyasini tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish, g‘aznachilik orqali ular xarajatlari to‘lovini amalga oshirish tartiblariga bevosita taalluqli me’yoriy- huquqiy hujjatlar ham takomillashib bormoqda. Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy va me’yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

    • O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, xususan:

    • 100-moddaga muvofiq mahalliy hokimyat organlari ixtiyoriga mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish kiradi;

    • 122-modda O‘zbekistonning davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat ekanlligini belgilaydi.

    • “Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida”gi Qonun-hududlarning moliyaviy resurslarini, mahalliy hokimyat organlarining byudjetga doir huquqlarini, mahalliy hokimyat organlarining byudjetga doir huquqlarini, mahalliy byudjetlarning daromadlari va sarf -xarajatlarini va boshqalarni belgilaydi.

Malikov T.S., Haydarov N.H. Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. O‘quv qo‘11anma / - T.: “IQTISOD MOLIYa”, 2008, 84 b.



    • Soliq kodeksi 23-moddasi, unda umumdavlat va maxsus qismida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har birining elementlari, ularni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi belgilangan.

    • O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to‘g‘risida” gi 2000-yil 14- dekabrda qabul qilingan 158-II Qonuni.

    • O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi;

    • Oliy Majis tomonidan har yili qabul qilinadigan “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qarorlar hamda ular asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qarorlari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjeti g‘azna ijrositizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28- fevraldagi PQ-594-son Qarori;

      • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 65- son buyrug‘I bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘1lash bo‘yicha yo‘riqnoma”;

      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3- sentabrdagi 414-son Qarori;

      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiining “Byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” 1999-yil 11-fevraladagi 66-son Qarori;

      • Boshqa hujjatlar.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotining ko‘plab soha va tarmoqlarida keng qamrovli iqtisodiy islohatlar olib borilayotgan va ularning natijalari iqtisodiy ko‘rsatkichlarga o‘zining ta’sirini ko‘rsatayotgan bir davrda davlat byudjeti qonunchiligini mustahkamlab va takomillashtirib borish davlat moliyasi tizimining isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

      1. Yüklə 282,34 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin