O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoninining olib borilishida tegishli davlat organlarining asosiy vazifalari
Eng umumiy tarzda, byudjet jarayonining ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi:
Mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari;
Ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat sub’ektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, byudjet daromadlarini undirish bilan shug‘ullanadigan organlar va
boshqa vakolatli organlar);
Pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
Davlat va mahalliy nazorat organlari;
Davlat nobyudjet fondlari;
Byudjet mablag‘larini Bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va boshqalar
Budjet jarayonini amalga oshiruvchi organlar
Umumdavlat organlari
Maxsus (ixtisoslashgan) organlari
O’zbekiston Respublikasi Prezident aDDarati
O’zbekiston Respublikasi Moliva Vazirliui
Davlat Soliq Qo’mitasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Oliv Majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Boixona Oo‘mitasi
Markaziy Bank
O’zbekiston Respublikasi G’aznachiliui
2 rasm. Byudjet jarayonini amalga oshiruvchi organlar9
9O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga asosan talaba tomonidan tayyorlanadi
Mamlakat byudjet tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘na1ishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalish1ari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
O‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Byudjet kodeksining 144, 145 va 149-modda1arida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zahira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 25-modda).
Byudjet jarayonida Hisob Palatasining vazifalari quyidagilarni qamrab oladi:
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda banklarning byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazadi;
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 26-modda)
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari ham byudjet tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir:
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofıq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig‘im1ar va to‘lovlar miqdorlarini hamda ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilash;
qonun hujjatlariga muvofıq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Qoraqa1pog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va tegishli hokimiyatlar esa:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish;
Tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Byudjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofıq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;
Byudjet kodeksining 146-148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqa1pog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o‘zgartirish1ar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘1iq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Byudjet mablag‘1arining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqa1pog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining zahira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonun hujjatlariga muvofıq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 28-modda).
O‘z navbatida, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir:
Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash;
Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilash hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
Respublika byudjetining xarajatlarini amalga oshirish;
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ruyxatdan o‘tkazish;
Byudjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat byudjeti mab1ag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Hududiy moliya organlarivazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Soliqlar va boshqa majburiy to‘1ovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zahiralarni aniqlaydi;
Byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjet mab1ag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Byudjet kodeksining 146 - 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;
Tegishli byudjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
hokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘1ari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Qoraqa1pog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:
Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yetkazadi;
byudjet ssudalarini beradi.
Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofıq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (BK.30-modda)' 0.
Umuman olganda jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari o‘zlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarini o‘z vaqtida hamda belgilangan me’yoriy normativlar asosida to‘g‘ri ado etishlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjet jarayonini tashkil etishadi.
I bob bo‘yicha xulosa
Byudjet jarayoni — Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.
Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z
1 0O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi
21
ichiga oladi:
-byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish);
-byudjetni ko‘rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash;
-byudjetni ijro etish;
-byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet jarayoni davlat byudjet loyihasini tuzishdan boshlanadi. Byudjet loyihasini tuzish byudjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanib, davlat byudjetining loyihasini tuzish (yaratish , ishlab chiqish) bo‘yicha ishlar yangi byudjet yilining boshlanishidan 7 oy oldin boshlanadi va byudjet jarayonining so‘nggi bosqichi, ya’ni byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va uni tasdiqlashda davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot byudjet ijrosining yakuni (natijalari)ni o‘zida ifoda etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etishda davlat organlari faoliyatini takomillashtirish masalalalarini ko‘rib chiqish, me’yoriy-huquqiy qonun hujjatlarini davr talabiga moslashtirib, rivojlantirib borish byudjet jarayonining samarali ijrosini ta’min1ashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ushbu bobda biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoni qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli davlat organlarining, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hamda maxsus organlar, jumladan Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligining byudjet jarayoniga tegishli vazifalarini to‘laqonli ado etishlari orqali yuzaga kelishini o‘rganib chiqib, samarali byudjet jarayonini tashkil etish uchun byudjet tizimida vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimlarini hisobga olgan holda byudjet qonunchiligini takomillashtirib borish, byudjet jarayonida ishtirok etuvchi barcha vakolatli davlat organlari vazifalarini zamon talablariga moslashtirib borish, butun mamalakat miqyosida byudjet jarayonini qamrab oluvchi mahalliy hokimyat organlari faoliyatida byudjet jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi muammoli masalalarni bartaraf etish yo‘1larini o‘rganib chiqish kerak degan xulosaga keldik.
Dostları ilə paylaş: |