bob 2 byudjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy-huquqiy va tashkiliy asoslari


Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar



Yüklə 282,34 Kb.
səhifə9/11
tarix23.05.2023
ölçüsü282,34 Kb.
#120748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlat tahlili

Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar





Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya Vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari




Tuman (shahar) moliya bo’1im1ari



    1. Tumandagi budjet tashkilotlari
      rasm. Davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobot taqdim etish tartibi l 7


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika byudjetidan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot
l’ O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi
davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqa1pog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mab1ag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning

  1. apreligacha yuboradi. Hisob palatasi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘arma1ari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mitalarida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqilgan yillik hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi, shundan keyingina davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘arma1ari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy web-saytiga joy1ashtiriladi.' 8
Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo‘ja1ik sub’ektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko‘payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko‘ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo‘q, aksincha, byudjet tomonidan moliyalashtirilishi ob’ektiv zaruriyat bo‘1gan, mohiyat jihatidan yangidan-yangi tadbirlar, loyihalar, yo‘nalishlar paydo bo‘1di. Ularni to‘liq hajmda moliyalashtirish yanada ko‘proq mablag‘larni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan balanslangan bo‘lishiga har doim ham erishib bo‘lmaydi.
Davlat byudjeti xarajatlari tom ma’noda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moliyaviy mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlili ko‘rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib borayotganligini kuzatish mumkin.lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keying 5 yil mobaynida jami byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012-yilda 58.3 foizdan 2015- yilda 59.1 foizgacha o‘sib borgan.Ushbu holat jahondagi barcha davlat orasida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi. Ushbu xarajatlarning o‘sib borishi bilan birga, ularning davlat byudjeti xarajatlaridagi yuqori salmoqni tashkil etadi.


8 Moliya huquqi. E.Hojiyev, 0. Kamalov, B.Artikov.-T.:O‘zbekiston Respublikasi HV akademiyasi, 2012. 130-bet.
1-jadval

Yüklə 282,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin