bob 2 byudjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy-huquqiy va tashkiliy asoslari


rasm.Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari ijrosini tashkil etishl 5



Yüklə 282,34 Kb.
səhifə8/11
tarix23.05.2023
ölçüsü282,34 Kb.
#120748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlat tahlili

rasm.Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari ijrosini tashkil etishl 5


Byudjet kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, byudjet tizimi byudjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yi1maydi.
“Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunga muvoviq davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, joylardagi ijroiya organlari va Moliya vazirligi vakolatiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining VII bo‘1im, 19-bob, 109-moddasi asosida



  • Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish




  • Kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan byudjetlararo transfertlarni o‘tkazish


  • Hisob va hisobot



    1. rasm.Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari ijrosini tashkil etish l 6


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining ijro etilishini tashkil qiladi. Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining davlat byudjetini ijro etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va joylardagi ijroiya organlari mablag‘1arning tegishli byudjetlaga to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi va ularning belgilangan maqsadlarda xarajat qilinishi ustidan nazoratini amalga oshiradi.
Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni bevosita ijro etish moliya organlari tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hokimyatlar moliya boshqaemalari va bo‘limlari) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari davlat byudjeti va tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonunchilikda belgilangan parametrlari doirasida ijro etilishi uchun mas’ul hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining VII bo‘1im, 19-bob, 120-moddasi asosida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti ijrosini ta’minlaydi, respublika byudjetini ijro etadi, Qoraqalog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijro etilishiga rahbarlik qiladi. Bu organ davlat byudjetida nazarda tutilgan barcha daromadlarning kelib tushishini ta’min1ash hamda byudjetdan ajratilgan mablag‘larning qat’iy belgilangan maqsadlardan oqilona va tejamkorlik bilan ishlatilishi yuzasidan chora-tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjetining vazirliklar, idoralar, byudjet tashkilotlari va xo‘ja1ik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ijro etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarning byudjet kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi, kapital qo‘yi1malar va byudjetdan ajratiladigan mablag‘1ar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarning banklar tomonidan moliyalanishini nazorat qiladi. Yo‘naltirilgan sertifikatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobini yuritish tartibi hamda turli darajadagi byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi va h.k.
Davlat byudjetining ijro etilishida soliq va bojxona xizmati organlari katta rol o‘ynaydi. Soliq organlari soliqlar, majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab yozilishi, ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘rmasiga, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qiladi. Bojxona organlari zimmasiga bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat etish vazifasi yuklatilgan.
Davlat byudjetini ijro etishda byudjetning kassa ijrosi, ya’ni pul mab1ag‘laini qabul qilish, saqlash va byudjetdan ajratilgan mab1ag‘larni oluvchilarga berish, “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Respublika banklari davlat byudjetiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kassa operatsiyalarni bajarishadi:

  • Respublika va mahalliy byudjetlar daromadlariga kelib tushadigan mablag‘1arni qabul qiladi va tegishli hisobvaraqlarga kiritadi;

  • Davlat soliqlari va daromadlari bo‘yicha tushumlardan mahalliy byudjetlarga mablag‘1ar ajratadi;

  • Respublika va mahalliy byudjetlar mab1ag‘1arini hisobvaraqlarda mavjud bo‘1gan summalar doirasida beradi va h.k.

Banklar ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarar ekan, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, belgilangan muddatlarda respublika byudjetining daromadlar bo‘yicha kassa ijrosi to‘g‘risida hisobot; korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan byudjetga soliqlarni o‘tkazish uchun topshiriqnomalar hamda davlat mqsadli jamg‘armalariga badallarning o‘z vaqtida taqdim etilishi nazorat qiladi; respublika va mahalliy byudjetlarda turgan muassasalar va tashkilotlarga hisob-kitob va kassa xizmatini ko‘rsatadi, Markaziy bankning amaldagi ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar berilishini nazorat qiladi.
2006-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda davlat byudjetini ijro
etishning g‘aznachilik tizimi joriy etildi.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvarag‘idan to‘lashdan iborat.
Davlat byudjetining ijro etilishida g‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Davlat byudjetining kassa ijrosi;

  2. Davlat byudjeti mablag‘larini tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  3. Davlat byudjeti mab1ag‘larini boshqarish;

  4. Davlat byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;

  5. Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  6. O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish va h.k.

G‘aznachilik yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va g‘aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mab1ag‘larini ularni davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo‘naltirish, shuningdek davlat byudjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga, shuningdrk davlat maqsadli jamg‘armalariga byudjet ssudalari berish yo‘li bilan boshqaradi.



Vazirlar Mahkamasi

l-maygacha


Oliy Majlis

15-maygacha




Hisob Palatasi

Moliya Vazirligi

Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar



Yüklə 282,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin