bob 2 byudjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy-huquqiy va tashkiliy asoslari


rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayoni 2



Yüklə 282,34 Kb.
səhifə6/11
tarix23.05.2023
ölçüsü282,34 Kb.
#120748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlat tahlili

rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayoni 2


O‘zbekiston respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar o‘rtasida mab1ag‘larni byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar, shu jumladan tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika byudjeti, Qoraqa1pog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag‘lar miqdori belgilanadi.




"V.Sh. Nuritdinova, M.A. Sharapova. Moliyaviy nazorat.O‘quv qo‘l1anma. 2014 y. 226-bet


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda keying moliya yili uchun byudjet so‘rovini quyidagilarga jo‘natadi:

  1. respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilarga-ular uch kun davomida byudjet buyurtmalarini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida buyruq chiqardi;

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyatiga-ular tomonidan tegishli hududlar byudjetlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish uchun.

Byudjet so‘rovini olgach, respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun ariza (buyurtma) tuzadilar. Bu loyihalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    1. Daromadlar bo‘yicha-soliqlar yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar kontinigenti hamda davlat byudjetiga boshqa daromadlar bo‘yich hisob-kitoblar tegishli mintaqalar va daromadlarning har biri turi bo‘yicha alohida tuziladi;

    2. Xarajatlar bo‘yicha—ko‘rsatkichlar ro‘yxati, uning asosida byudjet mablag‘1arini oluvchilar byudjetdan ajratilgan mablag‘larni olish uchun buyurtmalar tuzishi kerak, yana tarmoqlar, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha ko‘rsatkich1ar tuziladi.

Byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni oluvchilar byudjetdan mablag‘lar ajratilishi uchun buyurtmalar belgilangan muddatlarda tegishli moliya orgnlariga taqdim etadilar. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar buyurtmalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyati moliya boshqarmalariga joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirilmagan holda,respublika byudjetidan moliyalashtiriladiganlar esa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirilmagan holda jo‘natadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyati, davlat maqsadli jamg‘arma1arini taqsimlovchi organlar keyingi moliya yili uchun mo‘ljallangan tegishli byudjet loyihalarini tuzadilar va ularni O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda, ammo joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirilmagan holda taqdim etadilar.
Respublika byudjetdan mablag‘ oluvchilarning arizalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjeti loyihasini tayyorlaydi va Qoraqalpog‘iston respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari loyihalari hamda davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari ko‘rib chiqilishini hisobga olib, keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning o‘n beshinchi sentabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat byudjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti loyihasini byudjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat byudjetining tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar loyihalariga muvofıq tayyorlaydi.
Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasi:

      1. byudjet tasnifıga muvofiq aks ettiriladigan Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini;

      2. umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur byudjetlarning daromadlari, shu jumladan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;

      3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining aylanma kassa mablag‘i me’yori miqdorlarini;

      4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zahira jamg‘armasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari zahira jamg‘arma1arining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli byudjet mablag‘lari yo‘naltiri1ishi mumkin bo‘1gan doiradagi miqdorlarini;

      5. Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;

      6. davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamg‘armaning eng yuqori miqdorlarini o‘z ichiga oladi.

Kelgusi moliya yiliga mo‘lja1langan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan byudjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

  1. mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;

  2. o‘tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;

  3. kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;

  4. mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;

  5. mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar;

  6. davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  7. kelgusi moliya yiliga mo‘1jallangan Davlat byudjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.

Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Byudjet jarayonining ko‘rib chiqilayotgan bosqichi muhim elementi byudjet ko‘rsatkichlari va byudjetni ijro etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni yetkazish muddatlari hisoblanadi. Bunda ular byudjet ko‘rsatkichlarini yetkazish jarayoni rejalashtirilayotgan moliya yili boshlanguniga qadar tugallanishi, yangi moliya yilining birinchi kunidan boshlab byudjetni amalda ijro etishga kirishish uchun byudjetni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddatlari bilan amalda bog‘langan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinib, uning parametrlari O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Moliya Vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyati, viloyatlar va Toshkent moliya boshqarmalariga quyidagilarni ma’lumot uchun yetkazadi:



O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
Qoraqalpog‘iston
II Respublikasi Moliya Vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar moliya boshqarmalari

Byudjet loyihasi ( 1 -iyuldan kcclıiktiı’ıray)
Buyurtma (l-iyuligacha
kcclaiktirmay)



Byudjet loyihasi (25-iyundan kechiktirınay)


Buyurtma
( 1 -iyunigacha
kechiktirınay)

Buyurtma (1-iyunigacha kechiktirmay)





Tuman va shahar moliya idoralari
Byudjet mablag‘1arini oluvchiilar
    1. rasm. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash muddatlari l'


Qoraqalpog‘iston Respublikasibyudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdori;

"O‘. Ga’ybul1ayev, U. O‘roqov. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni.-T: “Baktria -Press”, 2016 y., 107-bet.


Respublika byudjetidan keyingi moliya yili uchun ularga berilayotgan byudjet dotatsiyalari (subvensiyalari) hajmlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti zahira jamg‘armasi miqdori;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti aylanma kassa miqdorlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasibyudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjetiga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlari.
Bunday axborot, ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy moliya bosh boshqarmasi tomonidan uch kunlik muddat ichida yetkaziladi. Ularga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar vakillik organlari davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli byudjetlarni qabul qilishadi.
Davlat byudjeti daromadlarining tasdiqlangandan yillik va choraklik hajmlari byudjet tasnifi bo‘limlari, paragraflar bo‘yicha tegishli hududlarga bo‘lingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yetkazib beriladi.
Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet mab1ag‘larini oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha byudjet tasnifiga muvofiq xarajat bo‘limlari, boblari, paragraflari, guruhlari, turlari va ob’ektlari, bo‘yicha ular uchun belgilangan shakllar bo‘yicha ular uchun belgilangan xarajatlar hajmlari o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha ular uchun nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlar hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘ oluvchilar kabi, bir xil muddatda oladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muuddat ichida joylardagi davlat soliq xizmati organlariga - ko‘rsatilgan byudjetlar
tasdiqlangan daromadlar hajmlarini, ushbu byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga esa-ular uchun belgilangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini ma’lumot uchun yetkazadilar. Respublika (Qoraqa1pog‘iston) va viloyatlarga qarashli tumanlar va shaharlar byudjetlari, shuningdek shahar (tumanga qarashli shaharlar) tarkibiga kuruvchi tumanlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin byudjetlar ko‘rsatkichlari tegishli soliq organlariga tegishli byudjetlardan byudjetdan ajratiladigan mablag‘1arni oluvchilarga xuddi shunday tartib va muddatlarda yetkazib beriladi.

Yüklə 282,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin