bob 2 byudjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy-huquqiy va tashkiliy asoslari


BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BYUDJET LOYIHASINI TUZISH



Yüklə 282,34 Kb.
səhifə5/11
tarix23.05.2023
ölçüsü282,34 Kb.
#120748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlat tahlili

BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BYUDJET LOYIHASINI TUZISH


VA IJRO ETILISHINING AMALDAGI HOLATI

      1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash Mamlakat aholisini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning

ehtiyojlarini talab darajasida qondirishda, ilmiy-texnika jarayonini fan va madaniyatni rivojlantirishda, mamlakat mudofaasini saqlashda davlat byudjeti asos bo‘1ib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzishga doir ishlar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzishga doir ishlar O‘zbekistin Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hokimyatlar moliya boshqarmalari (bo‘limlari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tuzishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi.
Davlat byudjet loyihasini tuzish jarayoni O‘zbekistonning amaldagi byudjet qonunchiligi normalarida belgilab qo‘yilgan quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  • Byudjet so‘rovini jo‘natish;

  • Tegishli hududlar byudjetlari hamda maqsadli davlat jamg‘armalari so‘rovlari va loyihalarini berish;

- Davlat byudjeti va byudjetnomalari loyihasini tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunning 25 moddasiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari loyihalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mab1ag‘lari oluvchilarga byudjet so‘rovi yuboradi.
Byudjet so‘rovi-kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga bo‘lgan ehtiyojini asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo‘1ib, u quyidagi ma’lumot1arni o‘z ichiga oladi:

        1. Byudjet tashkiloti, byudjet mablag‘1ari oluvchi va byudjet mab1ag‘larining taqsimlovchining byudjet tizimi byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot;

        2. Xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘1adigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reyestri;

        3. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi;

        4. Byudjet mablag‘1arini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan keying yil uchun byudjet buyurtmasi.''

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida byudjet daromadlarining ularni tashkil etish manbalari bo‘yicha kelib tushishi prognozi hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti makroiqtisodiy rivojlanish parametrlari loyihasida nazarda tutilgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish nisbatlarga rioya etish uchun xarajatlar prognozini belgilash ta’minlanadi.
Muayyan davr uchun mo‘ljallangan byudjet xarajatlarining daromadlaridan rejali ortishi (defitsit) faqat Respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutilishi mumkin. Uni qoplash manbalari ichki va tashqi qarzlar natijasida jalb etilgan

0. Ga’ybul1ayev, U. O‘roqov. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni.-T.: “Baktria -Press”, 2016 y., 95-bet


mablag‘1ar, moliya yili boshidagi respublika byudjeti mab1ag‘1ari qo1dig‘i hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimi,Dav1at maqsadli jamg’arma1ari idoralari

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi


Byudjet so‘rovi





Qoraqa1pog’iston Respublikasi Moliya Vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimi,moliya boshqarmalari

Tuman va shahar hokimlari


Byudjet so‘rovi



Budjet mablag’larini oluvchilar

Tuman va shahar moliya idoralari
Byudjet so‘rovi

V


    1. Yüklə 282,34 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin