Davlat byudjetini ijro qilish —uning daromad qismida rejalashtirilgan
to‘lovlarning har bir manba bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishini ta’minlash, shuningdek, uning xarajat qismida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni
uzluksiz moliyalashtirilishidir 4
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Byudjet ijrosini tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘1arni moliya yili tugaguniga qadar sarflaydilar.
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi.
1 4 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, VII bo‘lim, 19-bob, 109-modda.
Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Byudjet kodeksining 117-moddasida byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi nimalarni o‘z ichiga olishi ko‘rsati1gan.
Tushumlarni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritish.
Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarz to‘lash evaziga hisobga olish
Dostları ilə paylaş: |