Muammoning o’rganilganlik darajasi: Mustaqillik yillarida ushbu muammoga bag’ishlangan bir qator ilmiy – tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Faylasuf va sotsiolog olimlardan S.SHermuhamedov, N.Komilov, M.Imomnazarov, Q.Nazarov, J.Tulenov, A.Begmatov, M.Bekmurodov, I.Karimov, A.Umarov, N.Jo’raev, T.Mahmudov, e.B.YUsupov va boshqalar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda ijodiy o’yinlarning mohiyati kabi masalalarni atroflicha tadqiq qilganlar.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi:Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda kichikbolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni nazariy o’rganish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: kichik bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning vazifalarini o’rganish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: kichik bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirishning vazifalarini tashkil etish yo’llari, vositalari va shart – sharoitlari.