Ijodiy o’yinlar turlari
Syujetli-rolli o’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin turlaridir. Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks yettiruvchi faoliyatdir. Tevarakatorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib hizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin syujetidan tashkil topadi va har xii buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
O’yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea- hodisalar yig’ indisidir.
Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O’yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o’ynayolganda har hil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, ingichka taxta ustidan o’tadi, yengashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o’z xoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar bolaning ko’zatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O’yinda bola o’z oldiga maqsad qo’yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag’onlikka o’rgatadi. O’yin jarayonida juda ko’p gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib berishga to’g’ri keladi. Bolalar o’zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko’p o’ylab, fikrlashishlariga to’g’ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va hayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bola o’z o’yinida
borliqni aks yettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu h issiyotni boshdan kechiradi.
Masalan, Dilnoza ona-bola o’yinida ona rolini o’ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo’lib yerkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o’qib beradi. Bu o’yin bolada muloyililik, g’amxo’rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg’otadi.
Rolli-syujetli o’yinlarning o’ziga xos xususiyati. Rolli o’yinlarning boshqa o’yinlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va hayol qilingan vaziyatning mavjud bo’lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to’g’risida yetarlicha tasavvurga ega bo’lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar "paroxod" o’yinini o’ynamoqchi bo’lishdi. Bunga o’yinning qanday borishi to’g’risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog’liq bo’ladi. Bolalarda avval g’oya paydo bo’ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba’zan bolalar o’yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi" bo’lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko’rinib turi bdiki, rolli o’yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar.
Rolli o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasida asosan syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynaydilar. Rollarga bo‘linib o’ynaladigan o‘yinlarda bolalar tevarak atrof-muhitdagi narsalarni aks ettiradilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kattalarning oilaviy hayot sharoitlariga doir hodisalarni, mehnat faoliyatlarini, yirik tarixiy hodisalarini, kishilar orasidagi muloqot munosabatlari, urf - odatlar, bayramlarni aks ettiradi.
Ko‘pincha bolalar aks ettirayotgan tashqi muhit hodisalari ular o‘yin faoliyatining syujetini tashkil etadi. Bolalar aks ettirayotgan muhit qanchalik keng va xilma-xil bo‘lsa, bolalar o‘yinining syujeti ham shunchalik keng va xilma - xil bo‘ladi. Ana shuning uchun o‘z - o‘zidan ma’lumki, kichik maktabgacha yoshdagi
bolalar o‘yinlarining syujeti nihoyatda tor bo‘ladi. Bolalar o‘sib ulg’aygan sari ular o‘yinining syujeti tobora boyib, xilma - xillashib boradi. O‘yin mazmuni sifati syujetlar xilma - xilligi bolalarning umumiy psixik taraqqiyot darajasiga bog’liqdir. Bolaning umumpsixolog taraqqiyoti faqat o‘yin jarayonidagi (A.Leontev) amalga oshishini inobatga olib ularning o‘yinlarining mazmunan boyitishiga katta
e’tibor qaratishimiz lozim.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlari deyarli hamma vaqt jamoa holda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining o‘ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yo’naltirishini talab qiladi. Bu esa, o‘yin faoliyati davomida bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular ko’zatuvchan, tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur tahlil qiladigan bo‘ladilar.
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, harakter hislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, maktabgacha yoshidagi bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi.
I bob yuzasidan xulosalar:
Bitiruv malakaviy ishimizning I bobi “kichikbolalarda syujetli-rolli o’yinlar va ularning ahamiyati” deb nomlanib, unda kichikbolalarda syujetli-rolli o’yinlarning bola hayotidagi ahamiyati, o’yinning asosiy maqsad va vazifalarini o’rganildi, shuningdek kichik maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlari mazmuni va bolalarda syujetli-rolli o’yinlarning ahamiyatlari nazariy jihatlariga atroflicha to’xtalib o’tildi va ilmiy, o’quv va uslubiy qo’llanmalardan foydalangan holda yoritildi.
Dostları ilə paylaş: |