sog‘liqni saqlash va ijgimoiy xizmatlar ko‘rsatish
5,1
4,6
4,5
4,5
san’at,ko‘ngil ochish va dam olish
0,6
0,5
0,5
0,5
boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish
17,1
17,1
17,3
17,4
Ta’kidlash joizki, mehnat resurslarining 24,5 foizini iqtisodiy nofaol aholi, ishsizlik darajasining 5,8 foizga yaqinni tashkil etishi mehnat resurslaridan unumli foydalanish borasida foydalanilmayotgan zahiralar hamda muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Shu boisdan mehnat resurslaridan to‘liq, oqilona va samarali foydalanish omillaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni (Qonunning 7-moddasida belgilangan) ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash va ayrim turdagi ishlarni (kasblarni) ehtiyot tariqasida saqlab turish, mehnat bozoridagi axvol barkarorlashuviga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:
^Yangi ishlab chikarish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjud quvvatlaridan unumli foydalanish, korxonalarni kengaytirish;
Kichik va o‘rta biznes korxonalarini tashkil etish;
Fermer va aholi xo‘jaliklari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish;
Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirishdan iboratdir.
Mehnat bozorida aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar esa quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
Yoshlar, ayollar va boshqa toifadagi ishsizlarni aniq ro‘yxatini olish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish;
O‘ Xaq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;
O‘ Kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va qayta tayyorlash;
O‘ Ishlovchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash;
O‘ Bo‘sh ish o‘rinlari va ish qidiruvchilar haqidagi yangilanib turuvchi elektron ma’lumotlar banki imkoniyatlaridan keng foydalanish;
> Raqobatlasha olmaydigan aholi toifalariga e’tiborni kuchaytirish.
Mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan aholi toifalarining ish bilan bandligini ta’minlash choralari (ish o‘rinlarini zahira qilish va boshqa aniq choralar) ni amalga oshirish bandlik siyosatining muhim vazifalaridan iboradir. Endilikda, yangi ish o‘rinlarini yaratishga real yondashuv ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Sh.M.Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerakligini ta’kidlagan14.