Bob. Ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari


Davlatning daromadlar siyosati va aholi turmush darajasining o‘sishi



Yüklə 83,77 Kb.
səhifə5/8
tarix30.09.2023
ölçüsü83,77 Kb.
#150928
1   2   3   4   5   6   7   8
13-маъруза

Davlatning daromadlar siyosati va aholi turmush darajasining o‘sishi

Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat:

  • daromadlar, ish haqi minimumi; bandlik, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • soliqlar, narxlar; ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy munosabatlar (shu jumladan, ish beruvchi va yollanib ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlar), ijtimoiy ta’minot;

  • huquqiy ta’minot (xavfsizlik, hayot, mulk va jamg‘armalarni himoyalash).

Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning bosh maqsadi ularni davlat budjeti orqali qayta taqsimlashdan iboratdir. Shu bilan birga, kam ta’minlanganlarning daromadlarini oshirish, ularning ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish omillarining turlicha ekani tufayli yuzaga kelgan disproporsiyani bartaraf etish, ish bilan bandlikni tartibga solish va ijtimoiy tanglikning oldini olish kabi muammolar ham hal etiladi. Ko‘rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy budjetdan qilingan ijtimoiy xarajatlar hajmi bilan o‘lchanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda davlatning imkoniyatlari budjet tushumlari bilan cheklanadi.
Daromadlar siyosati konstitutsiya va unga tenglashtirilgan qonuniy hujjatlarda belgilangan ma’lum tamoyillar asosida yuritiladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy adolat;

  • ijtimoiy hamkorlik va aholi barcha qatlamlarining birdamligi;

  • o‘z moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;

  • mehnat huquqi va uni munosib rag‘batlantirish;

  • kasaba uyushmalari huquqi;

  • iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va boshqalar.

Ma’lumki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga so-
lishning eng yuqori shakli iqtisodiy dasturlashdir. Uning vazifasi iqtisodiy siyosatning barcha elementlaridan global maqsadlarda har tomonlama foydalanishdir. Bunday dasturlarning ob’ektlari sifatida tarmoqlar, hududlar, ijtimoiy soha, ilmiy tadqiqotlarning turli yo‘nalishlari va shu kabilar tanlab olinishi mumkin. Mazkur dasturlarning barchasi (bevosita va bilvosita) aholi daromadlariga bog‘liq va ularga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning daromadlar siyosatida yollanma ishchilarni himoya qilish vositalaridan biri sifatida eng kam ish haqini belgilash hisoblanadi. Eng kam miqdordagi ish haqi ishchi kuchining jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlab qolmasdan, shu bilan birga uning mehnat qilish qobiliyatini tiklashi va rivojlantirishi uchun u iste’mol savatchasiga muvofiq kelishi lozim.
O‘zbekistonda davlat tomonidan belgilanayotgan eng kam ish haqi miqdori hozirgi vaqtda iste’mol savatchasiga muvofiq emas. Shu boisdan O‘zbekistn Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida “Biz ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot darajasi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi” tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash va uni amalda ta’minlash mexanizmlarini yaratishimiz lozim. Ayni vaqtda aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘riladi“15,deb ta’kidlagan.
Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, ish haqi va pensiyalar o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi (qarang:jadval).

  1. jadval.


Yüklə 83,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin