Davlatning bandlik siyosati va ishsizlik tahdidini kamaytirish yo‘llari
Mehnat bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismidir. Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi8, chunki mehnat kishilarning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo‘shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko‘rsatiladi9. Uning sub’ektlari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish vositalari egalari, ish beruvchilar va ularning manfaatlarini ifodalovchi uyushmalar (Savdo sanoat palatasi, tadbirkorlarning uyushmalari);
yollanma ishchi, xodimlar, ya’ni ishchi kuchi egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi tashkilotlar, kasaba uyushmalari;
davlat. Davlat o‘zining turli boshqarish organlari orqali ish beruvchi va yollanma xodimlar o‘rtasida vositachi bo‘lib, ular o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha bo‘ladigan mehnat munosabatlarini tartibga soladi.
Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
ishga yollashning minimal standartlarini qonuniy belgilash;
ish vaqtining uzunligi, ish haqi, boshqa to‘lov va imtiyozlar;
mehnat sharoiti va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi norma (me’yor) larni qonuniy belgilash;
shaxslarni ma’lum turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga qonuniy ruxsat berish va cheklash;
ish beruvchi va xodimlarning faoliyatini fuqarolik huquqi hamda mehnat qonunchiligi asosida tartibga solish (qarang: 15.3.1-rasm).
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash strategiyasi quyidagilarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
fuqarolarning mehnat qilish, tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat sohasi va turini hamda kasbni tanlash erkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash;
mehnat faoliyati motivatsiyasining kuchli mexanizmini joriy etish, aholi iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish;
amalda mehnat bozorini shakllantirish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari bo‘yicha erkin taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun sharoitlar yaratish10
йўналишлари11 Давлат меҳнатга лаёқатли аҳолининг иш билан таъминланиши даражасига ҳамда меҳнат, яъни ишчи кучи бозорига фаол ёки пассив таъсир кўрсатади. Пассив таъсир чораларига ишсизлик бўйича турли нафақа ва тўловлар киради. Меҳнат бозоридаги фаол сиёсатни амалга оширишнинг асосий чоралар тадбири эса қуйидагилар:
иш изловчиларни ишга жойлаштириш бўйича хизматлар кўрсатиш;
ишловчи ва ишсизларни ўқитиш, касбга қайта тайёрлаш;
bevosita ish joylarini yaratish;
doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish;
tadbirkorlikni, shu jumladan, o‘z korxonalarini, ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash;
jamoat ishlarini tashkil etish.
Ushbu umumqabul qilingan vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda 1992 yil 31 yanvarda “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” Qonun qabul qilingan bo‘lib, unga 1993-1995 yillar davomida qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi. 1996-1998 yillarda qabul qilingan Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiqlashtirish maqsadida 1998 yil 1 mayda ushbu Qonun yangi tahrirda qabul qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekistonning deyarli barcha xududlarida ishchi kuchi ortiqchaligi mavjud va ishchi kuchi bozorida taklif talabdan yuqoridir. Shu bois ishlashni xohlovchilarning mehnat bozorida erkin harakat qilishlari va mustaqil ish bilan ta’minlanishlari uchun davlat fuqarolarga bir qancha kafolatlarni nazarda tutadi. Ya’ni davlat:
ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanish;
maqbul ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish;
har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlari, mehnatga haq to‘lash, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratish;
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat organlari yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirish;
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lash;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
O‘zbekistonda aholining ish bilan bandlik darajasi 2000 yildagi 72,3foizdan 2017 yilda 72,4 foizga o‘sdi. Ishsizlik darajasi 5,4% dan 5,8% ga o‘sdi. Shu davrda aholining iqtisodiy faollik darajasi 72,0 % dan 76,9% ga oshdi. Aholining iqtisodiy nofaollik darajasi 25,5% dan 23,1% ga tushdi (qarang: 15.3.1-jadval).
jadval.
Mehnat bozorining asosiy indikatorlari (yillik o‘rtacha)12
Iqtisodiyotda bandlarning o‘rtacha yillik soni, ming kishi
8983,0
11628,4
12223,8
13520,3
Bandlik darajasi, % da
72,0
66,9
66,6
72,4
Ishsizlar soni, ming kishi
658,2
658,2
626,3
837,0
Ishsizlik darajasi, % da
5,4
5,4
4,9
5,8
Iktisodiy nofaol axoli, ming kishi
3575,6
4439,4
4714,2
4315,2
Iqtisodiy nofaollik (passivlik) darajasi, % da
27,7
25,5
25,7
23,1
Mazkur jadval ma’lumotlariga ko‘ra iqtisodiyotda ish bilan band mehnat resurslari iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoatda band bo‘lganlarning ulushi 2010-2017yillarda 13,8 % dan 13,6% ga tushdi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida band bo‘lganlar ulushi esa 26,8 % dan 27,3% ga ko‘tarildi.
Qurilish hamda tashish va saqlash, savdoda band bo‘lganlarning ulushi oshdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida ish bilan bandlarning iqtisodiyotda band bo‘lganlarning umumiy sonidagi ulushlari tahlil davrida pasayish tendentsiyasiga ega bo‘ldi (15.3.2-jadval).
15.3.2-jadval.