Bob. Investitsion risklarning mazmun mohiyati hamda ularni boshqarishning nazariy va uslubiy jihatlari


II BOB. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni baholash va boshqarish amaliyoti tahlili



Yüklə 488,19 Kb.
səhifə8/10
tarix11.05.2023
ölçüsü488,19 Kb.
#111475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
23 29Institutsional oʼzgarishlar va ularning YaIMga taʼsiri

II BOB. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni baholash va boshqarish amaliyoti tahlili

    1. Rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni boshqarish va baholash amaliyoti tahlili


Rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiyada) investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlar bo'yicha kredit riskini boshqarish bir qator aniq tamoyillarga asoslanadi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:



      1. Investitsion loyihalar bo'yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi.

Biznes rejalarning mukammal ishlanganligi uning har bir bo'limi bo'yicha investitsion risklarning to'liq hisobga olinganligida, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish strategiyasining to'g'ri tanlanganligida, investitsion loyihaning samaradorligiga ta'sir qiluvchi har bir asosiy omilning ta'sir mexanizmining inobatga olinganligida namoyon bo'ladi.
Biznes rejada mahsulot sotiladigan bozor chuqur tahlil qilingan bo'lishi lozim. Chunki rivojlangan sanoat mamlakatlarida tovarlarning taqchilligi mavjud emas, balki tovarlarni sotish muammosi mavjud. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda investitsion loyihalar bo'yicha tuzilgan biznes rejalarda asosiy e'tibor mahsulot sotiladigan bozorlarni o'rganishga qaratiladi.
Biznes rejalardagi asosiy bo'limlardan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etilishidir. Ishlab chiqarishning to'g'ri tashkil etilganligi pirovard natijada mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada oshib ketishining oldini oladi. Bu esa, ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda, biznes rejalarni tuzishda investitsion loyihani boshqarish samaradorligiga alohida e'tibor qaratiladi. Buning sababi shundaki, rivojlangan mamlakatlar bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 98 foizi korxonaning o'ziga bog'liq sabablar tufayli yuz bergan, 2 foizigina esa, korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan omillar ta'sirida yuz bergan. AQShda o'tkazilgan shu boradagi tadqiqotlarning natijalari investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat ekanligini ko'rsatdi:
-boshqaruvchilarning uquvsizligi - 45 %;
-mahsulotning ushbu assortimentini ishlab chiqarishda tajribaning yetarli emasligi - 9 %;
-boshqarish tajribasining yetishmasligi - 18 %;
-nisbiy tajriba doirasining torligi - 20 %;
-o'z majburiyatlarini bajarmaslik - 3 %;
-aldash - 2 %;
-tabiiy ofatlar - 1 %.

      1. Tijorat banklari tomonidan beriladigan investitsion kreditlarning ta'minoti uchun yuqori likvidli garov ob'ektlarining mavjudligi.

Rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida yuqori likvidlilik darajasiga ega
bo'lgan garov ob'ektlari birinchi toifali garov ob'ektlari deb ataladi va ularga quyidagilar kiradi: yer, hukumatning qimmatli qog'ozlari, markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar, korxonalarning hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog'ozlari.
Yer garov ob'ekti sifatida amaliyotda juda qadrlanadi. Odatda, yerning bahosi doimiy ravishda o'sib boradi va u barqaror hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda yerning bahosi sezilarli darajada yuqori sur'atlar bilan o'sib bormoqda, shuning uchun ham yerni garovga olish asosida kreditlash moliyalashtirishning nisbatan xavfsiz shakli hisoblanadi. Bunda banklar istalgan vaqtda garovga olingan yerni sotish yo'li bilan kredit va uning foizini undirib olishlariga qattiq ishonadilar. Lekin shuni alohida ta'kidlash lozimki, yerni garov sifatida foydalanish uchun huquqiy asoslar yetarli bo'lishi lozim.
Hukumatning qimmatli qog'ozlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuqori likvidli garov ob'ektlari sifatida tijorat banklari tomonidan tan olinadi. Lekin ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda, masalan, Braziliya, Argentina va Rossiya davlatlarida hukumatning qimmatli qog'ozlariga nisbatan sezilarli darajada ishonchsizlik kayfiyati mavjud. Bu kayfiyat ushbu mamlakatlar hukumatlarining defolt holatlariga yo'l qo'yganligi bilan izohlanadi. Lekin bunday davlatlar ko'pchilikni tashkil etmaydi.
Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar, shubhasiz, yuqori likvidlilik xususiyatiga egadir. Chunki tijorat banki Markaziy bankdan o'ziga ajratilgan qayta hisobga olish kontengenti doirasida istalgan vaqtda trattalarni topshirib, pul mablag'lari olishi mumkin. Markaziy bank esa, odatda, to'lovga qobil sub'ekt hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida, xususan, G'arbiy Yevropa davlatlari xo'jalik amaliyotida sanoat korxonalarining hukumat tomonidan kafolatlangan obligatsiyalari mavjuddir. Har qanday qimmatli qog'ozning to'lovini hukumat tomonidan kafolatlanishi uning likvidlilik darajasini oshiradi.
Rivojlangan mamlakatlarning fond bozorida tijorat banklari qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish bo'yicha hukumatdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Tijorat banklari to'lovga qobillik nuqtai-nazardan korporatsiyalarga nisbatan ustuvor mavqega egadir. Tijorat banklarining kredit riskini kamaytirishda garov ta'minoti muhim rol o'ynaydi. Bunda asosiy e'tibor bank kreditlari uchun garov sifatida qabul qilinayotgan ob'ektlarning likvidlilik darajasiga qaratiladi.

      1. Investitsion kredit oluvchilarning to'lovga qobilligini moliyaviy koeffitsientlar asosida baholash tizimining takomillashganligi.

Rivojlangan mamlakatlarda investitsion kredit oluvchilarning to'lovga qobilligini moliyaviy koeffitsientlar asosida baholash tizimi o'z ichiga quyidagi koeffitsientlarni oladi:

  1. Debitor qarzdorlikni qoplashning o'rtacha muddati (DQQUM). Ushbu ko'rsatkich quyidagi formula orqali hisoblanadi:

DQQUM =Debitor qarzdorlik x Yildagi kunlar soni (1) Tovarlarni kreditga sotishning o'rtacha yillik miqdori
Ushbu ko'rsatkich debitorlar to'lanmaydigan o'rtacha kunlar sonini ko'rsatadi.

  1. Debitor qarzdorlikni aylanish koeffitsienti (DQAK). Bu ko'rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

DQAK=Yil davomida tovarlarni kreditga sotish hajmi (2) Debitor qarzdorlik

Ushbu koeffitsientlar bir-biriga teskari hisoblanadi. Shu sababli mazkur ikkala koeffitsientdan birini qo'llash ham kifoya qiladi. Agar tahlil qilinayotgan davr mobaynida kreditga sotilgan tovarlar miqdori ma'lum bo'lmasa, unda sotilgan tovarlar umumiy miqdorini ishlatish mumkin. Odatda, hisob-kitoblarda debitor qarzdorlikning yil oxiridagi summasi olinadi. Lekin, shunday korxonalar borki, ularda debitor qarzdorlikning o'sishi moliyaviy yilning ma'lum davrida ko'zatiladi. Bunday sharoitda debitor qarzdorlikni yil oxiriga olish noto'g'ridir, balki uning o'rtacha miqdorini har oyning oxirgi kuniga olish lozim. Agar yil davomida tovarlarni sotishning sezilarli darajada o'sishi kuzatilsa, debitor qarzdorlikning yil oxiridagi qoldig'i sotish hajmiga nisbatan noreal tarzda katta bo'ladi. Buning natijasida debitor qarzdorlikni qoplashning o'rtacha davri soxta tasavvur beradi, bunday sharoitda debitor qarzdorlikning yil boshidagi va yil oxiridagi qoldig'ining o'rtacha miqdorini olish maqsadga muvofiqdir.



  1. Kreditor qarzdorlikni qoplash muddati (KQQM).

KQQM = Qisqa muddatli kreditor qarzdorlik x 365 Xarid bo'yicha xarajatlar (3)

Agar xarid to'g'risida ma'lumot olishning imkoni bo'lmasa, u holda bir yil davomida sotilgan tovarlarning tannarxini olish mumkin. Masalan, savdo shoxobchalarida sotilgan tovarlarning tannarxi xarid xarajatlari miqdoriga to'g'ri keladi. Tovar ishlab chiqaruvchilarda esa tannarxga yangi qiymat qo'shiladi, shu boisdan, sotilgan mahsulot tannarxini xarid xarajatlari bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham mazkur koeffitsientni hisoblaganda imkoniyat qadar xarid xarajatlari to'g'risida to'liq ma'lumot olish zarur. Agar korxonada mazkur koeffitsient o'rtacha tarmoq ko'rsatkichidan yuqori bo'lsa, mijozning o'z majburiyatini vaqtida bajarmaslik ehtimoli yuqori hisoblanadi.



  1. Zahiralarning aylanish koeffitsienti (ZAK). Mazkur koeffitsient quyidagi tartibda hisoblanadi.

(4) ZAK= Sotilgan mahsulotning tannarxi Zahiralarning o'rtacha qiymati
Kasrning sur'atidagi miqdor, odatda, bir yil uchun olinadi. Kasrning maxrajidagi miqdor esa, zahiralarning yil boshidagi va yil oxiridagi qoldig'ining o'rtachasi sifatida olinadi.

Mazkur koeffitsient korxonani o'z resurslaridan samarali foydalanish darajasini ko'rsatadi. Uni baholash uchun o'rtacha tarmoq ko'rsatkichi bilan solishtirish lozim. Rivojlangan davlatlarda investitsion risklarning darajasini pasaytirishning muhim vositasi sifatida kompaniyalarni ISO 9000 standarti bo'yicha xalqaro sertifikatlashtirishdan foydalanilmoqda. Bunday sertifikatlarni beruvchi nufuzli


xalqaro kompaniyalarga quyidagilar kiradi:

  • ABS Quality Evaluations (Buyuk Britaniya).

  • Veritas Quality International (Frantsiya).

  • Det Norske Veritas (Norvegiya).

  • Germanischer Lloyd (Germaniya).

  • Lloyds Register Quality Assurance (Buyuk Britaniya).

  • SGS International Certification Services (Shveytsariya).

  • NUV Zeertifizierungsgemeinscahft (Germaniya).

Mazkur kompaniyalar tomonidan beriladigan sifat sertifikatlari dunyoning ko'plab mamlakatlarida amal qiladi, ya'ni tan olingan. Hozirgi davrda AQSh va G'arbiy Evropada kompaniyalarning kamida 80 foizi sertifikatlashgan. Xitoyda esa, sertifikatlashgan korxonalarning salmog'i 40 foizga yetdi.9
Sifat sertifikatlarini olish korxonalarni jahon bozorlariga chiqishiga imkon beradi, ularning tovarlarini sotilishini tezlashtiradi. Xalqaro amaliyot tajribalarini o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, faqat reputatsiyasi (nufuzi) yuqori bo'lgan kompaniyalarning sifat sertifikatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, Rossiyada bir qator investitsion loyihalar bo'yicha sifat sertifikatlaridan foydalanish kutilgan natijani bermadi, ya'ni yetkazib berilgan

investitsion tovarlarning haqiqatdagi sifati sertifikatlarda ko'rsatilgan sifat ko'rsatkichlariga mos kelmadi. Buning natijasida mazkur investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlar o'zini oqlamadi.


Germaniya, Avstriya va Shveytsariya mamlakatlarining tijorat banklari tomonidan Sharqiy Evropa mamlakatlarida XX asrning 90-yillarida amalga oshirilgan investitsion loyihalarni kreditlashda investitsion risklardan himoyalanish maqsadida quyidagi ikki usuldan keng ko'lamda foydalanildi:

  1. Berilgan investitsion kreditlar bo'yicha kredit riskining darajasini pasaytirish maqsadida Sharqiy Evropa mamlakatlari hukumatlarining kafolatlari olindi.

  2. Berilgan investitsion kreditlar bo'yicha valyuta riskining darajasini pasaytirish maqsadida forvard valyuta shartnomalari tuzish usulidan foydalaniladi. Xalqaro kreditlar bergan tijorat banklari qaytariladigan kredit va unga hisoblangan foiz summasiga boshqa tijorat banklari bilan forvard shartnomalari tuzishdi. Forvard shartnomasi tuzilayotgan paytda valyuta kursi belgilab qo'yiladi

va bu kurs shartnoma ijro etilgunga qadar o'zgarmasdan qoladi.
Polsha tijorat banklarida investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni boshqarish usullaridan foydalanish mexanizmi sezilarli darajada takomillashgan.
Kedit riskini boshqarishda quyidagi usullardan keng foydalanilmoqda:
-kredit bo'yicha qarorlar qabul qilishning aniq belgilangan jarayonining mavjud bo'lishi;
-aniq belgilangan monitoring qoidasining mavjud bo'lishi; -kredit portfelini boshqarishning turli xildagi usullarining mavjudligi; -balli baholashning ichki modellarini rivojlantirish;
-kredit jarayonini va riskni boshqarishning joriy, xolis baholash sharoitining mavjudligi.
Polsha banklarida kredit konversiyasi bo'yicha quyidagi koeffitsientlar belgilangan:
-akkreditivlar bo'yicha berilgan kafolatlar - 100%;
-qisqa muddatli shartli majburiyatlar - 20%;
-tenderli shartnomalarni bajarish bo'yicha berilgan kafolatlar - 50%;
-istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin bo'lgan akkreditivlar - 0%;
-muddati bir yilgacha bo'lgan boshqa majburiyatlar - 20%;
-muddati bir yildan ortiq bo'lgan bo'lgan boshqa majburiyatlar - 50%10. 2005 yildan boshlab Polshada qarzdorning kredit qobiliyati har bir mijozga beriladigan bankning ichki reyting tizimi bilan baholanadigan bo'ldi. Bunda, to'lovga qobiliyatlilik reytingi qancha past bo'lsa, o'z kapitali miqdoriga bo'lgan talab shuncha yuqori bo'ladi. Mustaqil ishlab chiqarish reyting tizimidan foydalanish tijorat banklari uchun kreditlashga har tomonlama qarzdor bilan bog'liq risk darajasi va turiga qarab yondoshish imkonini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda risklar doim diversifikatsiya qilinib borishi hamda bank oldida mazkur risklarni baholash uslublarini har doim yaxshilab borish vazifasi turadi. Ushbu


masalani hal qilish uchun banklarning o'zlarini hamda nazorat organlarini, maslahat beruvchi firmalarni, reyting agentliklarining harakatlarini muvofiqlashtirish lozim bo'ladi.


Polsha Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lgandan so'ng xalqaro Bazel qo'mitasi tomonidan risklarni baholash va boshqarishga nisbatan belgilangan talablarga to'liq qo'shiladigan bo'ldi. Risklarni baholash va boshqarish strategiyasi banklar kapitalini etarliligiga qo'yiladigan talabni yangilash yo'li bilan nazorat faoliyatini mukammalashtirishga qaratilgan. Nazorat organlarining maqsadi bankning kapital bazasi holatini nazorat qilish bo'lsa, ularning strategiyasi-kapitalni bankning risk umumiy tuzilmasiga muvofiqligini ta'minlashi lozim bo'ladi. Shu sababli, nazorat organlari banklarning o'z kapitali etarliligi me'yorining eng kam talablarini bajarishini talab qilish huquqiga ega bo'lishi, shuningdek, kapital bazasini baholash jarayoni va reytingi ishlab chiqilgan bo'lishi lozim.
Kapital yetarliligi darajasini hamda kapitalni qo'shimcha miqdorlarini (kapitalning ikkinchi darajasi) baholashda bank va nazorat organlari iqtisodiy jarayonlarning bog'liqligi hamda umumiy makroiqtisodiy holatni e'tiborga olishni Bazel qo'mitasi taklif qilgan.
Bank holatiga yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan jarayonlarni oldini olish maqsadida istiqbolli testni o'tkazish lozim bo'ladi. Shuningdek, Bazel qo'mitasi bank tomonidan qabul qilingan strategiya, uning kapitali va to'lov qobiliyatini saqlash imkonini bermasa, nazorat organi uning faoliyatiga aralashish huquqi berilishi borasidagi taklifi bilan chiqqan.
Aktiv va passivlar sezgirligi asosida yotuvchi kredit-depozit operatsiyalari bo'yicha foiz riski bankning likvidliligi va kapitalga jiddiy xavf bo'lib hisoblanadi. Bank uzoq va qisqa muddatli foiz stavkalari o'rtasidagi farq ko'rinishida qo'shimcha daromad olishga intilishi bilan, kutilmaganda, pul bozoridagi baholarni o'zgarishiga bog'liq bo'lib qoladi. Mablag'larni joylashtirish va jalb qilish muddatlari o'rtasida farq bo'lmagan taqdirda ham yo'qotishlardan to'liq qutulib bo'lmaydi, chunki quyilmalar va qarzlar bo'yicha foiz stavkalari bir-biri bilan uzviy bog'lanmagan.
Bank faoliyatida foiz riskining paydo bo'lishini hisobga olgan holda, Bazel qo'mitasi, mazkur turdagi riskni ikkinchi komponent doirasida hisobga olishni maslahat bergan. Agarda nazorat organlari shuni aniqlasaki, banklar foiz riski darajasi miqdoriga mos ravishda kapitalni etarli darajasiga ega bo'lmasa, unda ular bank faoliyatiga aralashish orqali yoki riskni kamaytirishni yoki o'z kapitali miqdorini oshirishni talab qilishlari mumkin bo'ladi. Qo'mita shuni tushunib etdiki, bunday banklarni topish uchun milliy miqyosda ma'lum darajada erkin faoliyat ko'rsatishi hamda ssuda-depozit operatsiyalari bo'yicha foiz riskini hisoblash uslubini ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Bazel qo'mitasining kredit riskini baholashning yangi tartibiga ko'ra, kredit riskining maksimal darajasi 150 foizni tashkil qiladi. A.Simanovskiyning fikriga ko'ra, kreditning yuqori darajada riskka tortilishi kapitalning adekvatlilik darajasini sun'iy darajada oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Bizning fikrimizcha, mamlakatning va mijozning kredit reytingiga bog'liq ravishda kredit riskini 150 foizgacha darajada baholash kredit reytingi nisbatan
past bo'lgan mamlakatlarning hatto to'lovga qobilligi yuqori bo'lgan mijozlarining kredit olish imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yuzaga keladigan moliyaviy risklarni boshqarishning mukammal ishlab chiqilgan tizimi shakllantirilgan bo'lib, ulardan O'zbekiston Respublikasi amaliyotida foydalanish yo'llarini ishlab chiqish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.



    1. Yüklə 488,19 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin