3. Manfaatdor tomonlarning maqsad va vazifalari Menejerlar maqsadlarni belgilashda mutlaq erkinlikka ega emaslar: ular turli guruh manfaatdorlar manfaatlarini ham hisobga olishlari kerak. Menejerlar manfaatdor tomonlarning agenti sifatida ishlaydi, ularning ta'siri tashkilotdan tashkilotga farq qiladi.
Shunday qilib, biznesdagi agentlik munosabatlari tashkilotning egalari (aktsiyadorlari) "asos" va tashkilotni ularning nomidan boshqaradiganlar (kompaniya direktori) ya’ni aksiyadorlar "agentlari" sifatida ajratilishini anglatadi.
Kompaniya rahbarlari o’z faoliyatlarini aktsiyadorlar manfaatlariga (o'z manfaatlarini ko'zlamagan holda) to'g'ri keladigan tarzda olib borishlari kerak. Menejmentning manfaatlari tashkilotning maqsadlariga mos kelishi muhim, shunda ular aktsiyadorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga foyda keltirish ehtimollari oshadi.
Agentlik tushunchasi, ayniqsa, kompaniya egalari va uning menejerlari o'rtasida katta bo'linish mavjud bo'lgan yirik tashkilotlar uchun dolzarbdir.
Keys
Shiseido
(Financial Times'dan).
1872-yilda tashkil etilgan va dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo'lgan Yaponiya kosmetika kompaniyasi Shiseido investor manfaatlariga yo'naltirilgan strategiyaga amal qiladi: o'z kapitalining daromadliligini oshirish maqsadiga ega va ma’lumotlar oshkoraligi prinsipiga qat’iyan amal qiladi.
2015 yil yakunllariga binoan daromadning 55 foizi Yaponiyadan tashqarida kelgan va 53 000 investorning deyarli 40 foizi chet elliklar edi.
Xalqaro aktsiyadorlar global standartlarga muvofiq axborotni tobora ko'proq qidirmoqdalar.
- aktivlar va kapitalning rentabelligi, aktivlarni boshqarish samaradorligi va boshqalar bilan baholanadi. Bundan tashqari, ular o'z samarasini bermayotgan sarmoyalarni qat’iyat bilan shubha ostiga qo’yadilar.
Tashkilotda manfaatdor tomonlarning uchta asosiy turi mavjud, xususan:
• Ichki manfaatdorlar (xodimlar, rahbariyat)
•Aloqador manfaatdor tomonlar (aksiyadorlar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, moliyalovchilar)
• Tashqi manfaatdor tomonlar (jamiyat, hukumat, bosim guruhlari)
3.1 Ichki manfaatdor tomonlar: xodimlar va boshqaruv
Xodimlar va rahbariyat kompaniya bilan chambarchas bog'langanligi sababli, ularning manfaatlari kompaniyaning keyingi faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ularni quyidagi savollar qiziqtiradi.
(a) tashkilot faoliyatining davomiyligi va rivojlanishi. Ayniqsa rahbariyat va xodimlar tashkilot faoliyatining davomiyligan manfaatdor.
b) shaxsiy manfaatlar va maqsadlar. Menejerlar va xodimlar tashkilot maqsadlariga moslashtirilishi mumkin bo'lgan individual manfaatlar va maqsadlarga ega.