Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 975
w www.oriens.uz November 2021 (Gulbadanbegim), "Tarihi Rashidiy" (Mirzo Haydar), "Muzakkiri ahbob" (Hasanhoja Nisari), "Majolisi Jakhongiriy" (Kasim Lokhuriy), "Ravzat us-salotin" (Fakhriy Khirawi), "Nafoisul-maosirot" and other historical and historical sources. Comments were also given during the research. Keywords: literary environment, literary environment of Babur, Great Kingdom of Baburi, Turkish literature in India, bilingualism, literary and historical sources. KIRISH Ma’lumki, adabiy muhit muayyan saroy atrofida ijod etgan yirik shoir va adiblar
ta’sirida yuzaga keladi. Adabiy muhitning vujudga kelishi, albatta, yirik ijodkorlar
faoliyati, ular yaratgan ijodiy maktablar bilan bog‘liq. O‘zbek adabiyoti tarixida Hirot,
Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Samarqand va Xorazm adabiy muhiti va adabiy davralari
mashhurdir.
Adabiy muhit o‘zbek adabiyotining Alisher Navoiydan keyingi yirik vakili
Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ham bog‘liq. XVI asrda Zahiriddin
Muhammad Bobur tomonidan Hindistonda o‘rnatilgan “Buyuk Boburiylar saltanati”
qariyib uch asrdan ko‘proq vaqt mobaynida Hindistonda har tomonlama ravnaq
topgan davlat sifatida gullab yashnadi. Bobur nafaqat siyosiy arbob, shuningdek,
ijodkor sifatida o‘zidan katta va qimmatli meros koldirishi bilan birga, o‘z atrofida
ilm-fan, ijod ahlini birlashtirdi. Buning natijasida XV asrning oxiri XVI asrning
birinchi choragidagi siyosiy va ijtimoiy voqealar hamda iqtisodiy tanglik girdobida
bo‘lgan Hindistonga Movarounnahr va Xurosondan fan, san’at va adabiyot
namoyandalaridan iborat yangi bir guruh kirib keldi.
Ma’lumki, 1526 yil 27 apreldan Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonning
Panipat shahri atrofida Dehli saltanati hukmdori Sulton Ibrohimni (1517—1526)
yengib, Shimoliy Hindistonda o‘z hukmronligini o‘rnatgach, Kobulga xat yozib, u
yerda qolgan barcha qarindosh-urug‘lari, din peshvolari va davlat arboblari, olimu
shoirlar hamda butun haram ahlini Hindistonga chaqiradi. Bu tasvir “Humoyunnoma”
asarida shunday ifodalangan: “Tevarak-atrofdagi hamma viloyatlarga elchilar
jo‘natilib, kimda-kim agar bizga kelib mulozimat qilsa, har tomonlama ra’iyat
qilamiz, agar ular ichida ota-bobolarimizga xizmat qilgan kishilar bo‘lsa, katta
mukofotga sazovor bo‘ladilar; Sohibqiron va Chingizxon avlodidan bo‘lgan har bir
kishi bizning dargohimizga qaytib kelsin; Xudo bizga Hindiston mamlakatini ato
qildi, kelsinlar, to bu davlatni birga so‘raylik, degan qat’iy buyruq yuborildi”. [4.37]
Gulbadanbegimning hikoya qilishicha, Kobuldan Hindistonga tashrif buyurganlar
ichida Zahiriddin Bobur xonadoniga mansub 96 ta ayol ham bo‘lgan. Ularning