Bobur adabiy muhiti va uning manbalari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 452,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix18.12.2023
ölçüsü452,76 Kb.
#183989
1   2   3   4   5   6   7   8
121 Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna 974-981

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
979 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
“Tarix”da ham keltiriladi. Musiqiy va boshqa san’atlarda uning xonadonida ungacha 
bunday iqtidorli kishi bo‘lmagan”.[7. 250] Ushbu parchalardan ma’lum bo‘ladiki, 
Bobur shijoatli, muruvvatpesha inson bo‘lgan. Shoir, adabiyotshunos, tarjimon, fiqh 
bilimdoni, o‘zbek nasrining noyob va go‘zal namunasi bo‘lgan “Boburnoma”dek 
asarning muallifidir. E’tiborlisi shundaki, Muhammad Haydir Mirzo o‘z asarini 
yaratishda Boburning “Boburnoma”sidan bevosita o‘rni bilan foydalangan. Bu esa 
Muhammad Haydar mirzoning Bobur adabiy merosiga izdoshlik asosida 
yondashganligini ko‘rsatadi.
Boburiylar davri madaniyatiga oid qimmatli ma’lumotlarni qamragan yozma 
yodgorliklardan biri Abdusattor bin Qosim Lohuriyning 1612 yili Agra shahrida 
yozgan “Majolisi Jahongiriy” nomli asari.[Qarang: 2] Asarda Hindistonning o‘sha 
paytlardagi Yevropa va Movarounnahr davlatlari bilan siyosiy-diplomatik hamda 
madaniy aloqalari borasidagi ma’lumotlar havola etilgani holda, saroy muhitida 
turkiy (o‘zbek) tiliga alohida e’tibor qaratilganligiga ham urg‘u berilgan. Bu haqda 
adabiyotshunos Ismoil Bekjon shunday yozadi: “Chindan ham, o‘z tug‘ilgan vatani 
va ona tili mavqeini davlat, madaniy hayot maqomida tutgan Bobur vafotidan so‘ng 
Afg‘oniston, Hindiston kabi o‘lkalarda tug‘ilib o‘sgan keyingi boburiylar avlodida bu 
xislatlarning paydo bo‘lish jarayonini, bir tomondan, temuriylar sulolasining tarixiy 
shuhrati tufayli deb tushunib, ikkinchi jihatdan, bu holatni “Boburnoma”ning 
tarbiyaviy ahamiyati bilan bog‘lasak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”. [2] Olim o‘z 
fikrlarini davom ettirar ekan, Jahongir bin Akbar “Jahongirnoma” asarida Kobulga 
ziyorat uchun borgani xotiralarini bayon etish asnosida Jahongirning katta bobosi 
Bobur podshoh tomonidan o‘z xati bilan ko‘chirilgan “Vaqoe’”sini o‘qib chiqqanini, 
Hindistonda tug‘ilib-ulg‘ayganiga qaramasdan, turkiycha so‘zlashish va yozishdan 
benasib emasligini ta’kidlagan, saroyda turkiy tilni o‘qituvchi muallimlar haqida ham 
ma’lumot bergan. Ko‘rinadiki, Hindiston turkiy adabiyotining saroy atrofida rivoj 
topishida boburiy hukmdorlarning xizmati beqiyos bo‘lgan. 
Manbalardan yana biri «Nafoisul-maosirot» nomli tazkira. Bu asar biz uchun 
yana shu bilan ham qimmatliki, unda Hindistonga safar qilgan hamda u yerda 
turg‘un bo‘lib qolgan ko‘pgina mashhur o‘rtaosiyolik shoir va mutafakkirlar, 
jumladan, Bazmiy, Manzariy Samarqandiy, Judoiy Termiziy, Sahmiy Buxoriy, 
Mavlono Baqoiy Buxoriy, Badi’i Samarqandiy, Mushfiqiy, Nixoniy va boshqalar 
haqida ma’lumot va axborot yozib qoldirilgan.[8.50-51] «Nafoisul-maosirot» 1904 
yili Xorazmda yetuk olim Mulla Sayyid Abdullo bin Avazxo‘ja Eshon tomonidan 
o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Asarning tarjimasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
O‘zFAShI xazinasida (inv.№810) saqlanadi. 



Yüklə 452,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin