Bola rivojlanishida muhitning tasiri



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü27,14 Kb.
#178632
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu Ijtimoiy pedagogika

Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.

“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.

Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.

Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.

Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.

Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi. Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi. Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi. Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin. Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)


Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin