Asotsial axloqning mazmun-mohiyati, uni bartaraf etish yo‘llari
Asotsial axloq - bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf soluvchi, axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuz-kor axloq, jinsiy deviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqalar, fohisha-bozlik, yomon yo’lga kirish, vuaerizm, eksgibisionlik va boshqalar), pulga azart o’yinlarga tortilish, daydilik, boqimandalik sifatida namoyon bo’ladi.
O’smir yoshida uydan chiqib ketish, daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta’lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa), graffiti (devorga uyatsiz xarakterdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (sleng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.
Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, g’iybat qilish, yolg’on, o’g’rilik, ta’magirlik (tilanchilik) kabi ko’rinishlarda uchraydi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ijtimoiy tarbiya tushunchasi mohoyatini yoriting?
2. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari?
3.«Tarbiyasi qiyin» yoki «tarbiyasi og‘ir» bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni?
4. Asotsial axloqning mazmun-mohiyati, uni bartaraf etish yo‘llari.