dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
3. O„rta guruh. “Fazoda mo‘ljal olish” bo‘yicha ishlash bir necha yo‘nalishda o‘tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo‘lib qolishadi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o‘rnatilgan tartibga amal qilishadi. O‘rta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o‘rgatiladi, o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashg‘ulotga tayyorlash o‘rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o‘quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bolalar endi binoda va bolalar bog‘chasi uchastkasida erkinroq mo‘ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, vrach xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi atrofni o‘rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo‘ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo‘nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o‘qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilishadi.
O‘rta guruhda o‘quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o‘yinlarda, dasturning boshqa bo‘limlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda har xil hayotiy situasiyalarda qo‘llashga o‘rgatadi. “Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturining “Fazoda mo‘ljal olish” bo‘limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o‘ziga nisbatan yo‘nalishni aniqlashni, berilgan yo‘nalishda harakat qilishni (oldiga - orqaga, yuqoriga - pastga, o‘ngga -chapga), o‘ziga nisbatan buyumlarning holatini so‘zlar bilan tushuntiradi. Ammo oldin bolaga nsibatan qarama- qarshi yo‘nalishda turgan, ya’ni oldida orqasida, o‘ngda - chapda turgan 1-2 ta o‘yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga doir topshiriq beriladi. O‘yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta -sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o‘z oldida chapida va o‘ngida qanday buyumlar turganini aytadi. shundan keyin tarbiyachi boladan o‘ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo‘nalishda turganligini aytishni so‘raydi. Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling -chi, nima o‘zgaribdi?” tipidagi) mo‘ljal olishga doir mashqlar o‘yin xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Bolalarda berilgan yo‘nalishda harakat qilish malakasini tarbiyalash maqsadida “Qayerga borsang, shuni topasan”, “Buyumni top”, “Bayroqchani top” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bolalar o‘yin topshiriqlarni bajarishda asosiy fazoviy yo‘nalishlarni farqlashni va ularni belgilashni, mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi bolalar yo‘qligida o‘yinchoqlarni xonaning har xil joyiga (rasm orqasiga, gilam ostiga, shkafga va h.qga) berkitadi. O‘yin boshlanishidan oldin, u bolalarga berkitilgan o‘yinchoqlarni qidirishlarini aytadi. shundan keyin, u bolalarni navbati bilan stol yoniga chaqiradi, o‘yinchoqni qaysi yo‘nalishda qidirish kerakligini aytadi. Izlanishni boshlashdan oldin bola qanday o‘yinchoq va qaysi yo‘nalishni takrorlashi kerakligiga alohida e’tibor beriladi. Ishning mazmuni aniq va ixcham ifodalangan. Uni sharhlaymiz. Besh yoshga qadam qo‘ygan bolalar fazoviy yo‘nalishlarni farqlashlarigina emas, balki unga amal qilishlari ham kerak. “Dasturda” bolalarni berilgan yo‘nalishda harakat qilishga o‘rgatish kerakligi ta’kidlanadi. Shunday qilib, bilimlar bolalar tajribasida akslanishi, asosiy yo‘nalishlarni hisobga olgan holda mo‘ljal olish malkalarida sezilishi kerak. Bu yangi masala. Mana shuning uchun ham o‘quv -o‘yin topshiriqlarining bajarilish sur’ati dastlab sustroq bo‘ladi. Axir bola berilgan yo‘nalishni aniqlashdan oldin, ikki taklifdan birini tanlab olishi uchun (“Qayerga borasan? nima topasan?” deb ataluvchi mashhur o‘yin namunasida) oldin o‘ylab olishi kerakda. Dasturga muvofiq o‘rta guruhda bolalar ko‘proq fazoda o‘zlaridan mo‘ljal olishlari kerak, fazoda buyumlarning “o‘ziga nisbatan” joylashganligini elementar tasavvur qilishlari kerak. Bu mazmun elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda didaktik vositalar - didaktik o‘yinlar, qiziqarli mashqlar, “Nima o‘zgardi?” tipidagi o‘yin -mashqlar yordamida ro‘yobga chiqadi. O‘yinchi oldida turgan vazifa o‘yinchoqlarning joylari o‘zgartirilmasdan va o‘zgartirilgandan keyingi joylashuvlarini topishdan iborat. Buyumlar oldin bir - biridan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. Ushbularni aniqlash kerak, uy qanday rangda, u qayerga joylashgan, boladan boshlangan yo‘lning oxiridami, boladan oldindami, orqadami, undan o‘ngdami yoki chapdami, uyga borishda yo‘lda qanday o‘yinchoqlar uchraydi, ulardan qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan va h.q atrofdagi buyumlarning fazoviy xarakteristikalarini tushunishlari, uning fazodagi xususiy joylashuviga bog‘liqligi asta - sekin mana shunday oydinlashtiriladi. Bu xil o‘yin - mashqlar real buyumli atrofni alohida buyumlar joylashuvining fazoviy xarakteristikasi bilan birgalikda idrok qilishga tayyorlaydi.