Nazorat uchun savollar: Katta guruhlarda qanday shakldagi predmetlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi?
Tayyorlov guruhlarda qanday shakldagi predmetlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi? Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish Fazoda mo„ljal olish tushunchasining mazmuni. Insonning fazoda mo‘ljal olish muammosi keng va ko‘p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, obektlarning shakli, oTchami, fazoviy yo‘nalishlari, fazoda joylashgan o‘rni, hajmi, bo‘yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasidir. Fazoda mo‘ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o‘tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham “fazoda mo‘ljal olish” tushunchasining mazmunini aniqlashda ba’zi mualliflar u atrof tevarakdagi buyumlarning holatlari, o‘zaro masofalari, kattaliklari shakllari, o‘zaro joylashuvlari va ularning mo‘ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o‘z ichiga oladi, deb hisolaydilar. Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo‘ljal olish” ifodasi joyda mo‘ljal olish deyilganda, quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni subektning uni o‘rab olgan obektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o‘ng Tomonda turibman va h.k. b) atrofdagi obektlarni fazoda mo‘ljal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o‘ngda turibdi, eshik esa mendan chap Tomonda; v) buyumlarning bir - biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash. Faol harakat qilish fazoda mo‘ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson fazoda “joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o‘tishini amalga oshirish uchun” fazoda mo‘ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo‘ljal olish amalda har doim quyidagi uchta topshiriqqa bog‘liq harakat (yo‘nalishi) ni tanlash; shunga rioya (amal) qilish (yo‘nalishni saqlash); harakat qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan harakatlarning o‘zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo‘ljal olganligi muhim komponentlar va shu bilan birga. Insonning fazoda mo‘ljal olishini egallashning ko‘rsatkichi ekanligi ko‘rinadi. Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubitining asosiy yo‘nalishlarini qaraymiz. Bolalar bog‘chasida tarbiya va tahlil dasturining “Fazoda mo‘ljal olish” bo‘limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda tevarak -atrofda 9uy sharoiti, guruh “onasida, buyumlarning, o‘yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda katta qiziqini qiziqish bilan amaliy orientir (mo‘ljal) olish bo‘yicha har xil tajriba to‘plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, uxlash xonasi, yuviniladigan xona, hojatxona), buyumlarning, narsalarning, o‘yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo‘yicha erkin mo‘ljal olishga o‘rgatishi kerak. Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba’zi o‘zgarishlarni hech bir qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat qilish yo‘li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi. Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham aks eta boshlaydi (“Mana”, “bu erda”, “u erda”, “bunda”). Buning ustiga so‘zlar harakat yo‘nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko‘rsatuvchi imo - ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar “o‘ziga”, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal (orientir) olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo‘g‘irchoqning ko‘zlari, og‘zi, biqini, qo‘lchalari qayerdaligini mamnuniyat bilan ko‘rsatadilar. Uch yoshga qadam qo‘ygan bolalar, masalan, o‘zlarining chap va o‘ng qo‘llarini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan iborat.