Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə37/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

3.O„rta guruh. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarning aktiv lu g‘atlarida sutka qismlarining nomlarini mustahkamlaydi,
bolalarning vaqtning bu oraliqlari haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e’tiborlarini sutka qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashinishnni, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishinn bilib oladilar.
Sutka qismlarining ketma-
ketligini bilishlarini mustahkamlash
uchun rasmlarni qarashni, ular b o‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofnq. Rasmlar qarab bo‘linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshnrig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umuml ashgan tasavvurlarni berish va “ sutka” so‘zining mazmunini ochib berish mumkin.
O‘rta guruhda bolalar «kecha», «bugun», «ertaga» tushunchalarini farqlashni o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli n o‘llardan har doim foydalanish bunnng uchun eng yaxshi sharontdir. Masa-lan, bolalarga yangi o‘yinchoqni ko‘rsatishdan oldin tarbnyachn _ularga bugun u yangn o‘yinchoq ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ ynashlari haqida ogohlantirishy kerak. Yeki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mash-g‘ul bo‘lgapliklarnni, bugun ertalab nima qilganlik-larini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: «Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasanmiz, ertaga esa, rasm chizamiz». Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka boramiz» va h.k. Maktabgacha yoshdagi bola-lar tarbiyachi bilan har doim shunday muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Konkret misollarda «tez-sekin» tushunchalari bilan tanishadilar.
O‘ rta guruhda bolalarda vaqt b o‘yicha mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish ishini kichik guruhda qanday o‘tkazilgan bo‘ lsa, shunday o‘tkaziladi; tarbiyachi o‘yin usullaridan, illyustrativ materialdan keng foydalanadi, bolalarning u yoki bu vaqt orali g‘i uchun xarakterli bo‘lgan tabiat hodisalari, odamlarning harakatlari haqidagi tasavvurlarini faollashtiradi-O‘rta guruhda sutka qismlarpning ketma-ketligini yaxshi eslab qolish uchun endn ramziy ayoniylik elementlaridan foydalanish mumkin. Chunonchi sutkaning qismlari har xil rangdagi doirachalar bilan tasvirlanadi. Masalan, oq doiracha kunduzini, qora doiracha kechasnni, sariq doiracha ertalabni, ko‘k doiracha kech-qurunni bildiradi.
Dastlab bolalar xotirasida sutka qismlarining xarakterli belgilarini faollashtirish va bolalarni sekin-asta ular ketma-ketligini egallashga olib kelish maqsadga muvofiq. Mash g‘ulotni, masalan, bunday o‘tka-zish mumkin.
Ayiq keladi, bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi nega u g‘amgin ekanini s o‘raydi. Ayiq rasmlar olib kelganini, bolalarga tartibi bilan: ertalab, kechqurun, kunduzi, kechasini k o‘rsatmoqchi ekanini, ammo hammasini aralashtirib yuborganini, endi ertalab qayerda, kunduzi qayerda, kechqurun qayerda, kechasi qayerda ekanini bila olmayotganini aytadi. Tarbiyachi rasmlarni tartibga solishda ayiqqa yordam berishni taklif qiladi, bolalardan rasmlarni qanday joylashtirish kerakligini so‘raydi. Doskaga tartibsiz joylashtirilgan rasmlar orasidan bolalar ertalab, kunduzi, kech- qurun, kechasi tasvirlangan rasmlarni topadilar va ularni kerakli tartibda joylashtiradilar. Bolalar rasmlarni tartibga solib olgunlaricha, tarbiyachi ularga sutkaning har xil qismlari haqida topishmoqlar aytadi. Topishmoqlar k o‘proq qiziqarli bo‘lishi uchun ularni she’rlar shaklida olish ma’qul.
Mash g‘ulot oxirida tarbiyachi doim ertalabdan keyin kunduzi kelishi, keyin kechqurun kelishi, s o‘ngra kechasi, kechasidan keyin yana ertalab kelishini ta’kidlaydi.
Keyinroq bolalar sutka qismlari ketma-ketligini, ularning istalganidan boshlab aniqlashni o‘rganadilar, «sutka» tushunchasini o‘zlashtiradilar. Bu ishda har xil rangdagi doirachalardan sutkaning har xil qismlarini aniqlash uchun belgilar sifatida foyda-lanish mumkin.
Tarbiyachi mash g‘ulotda oldin bolalarning sutka qismlarining ketma-ketligi haqidagi bnlimlarini aniqlashtiradi: «Er talab o‘tishi bilan nima boshlanadi? Ertalab qachon boshlanadi?» Shundan keyin doirachalarni ko‘rsatadi va ular bilan ertalabni, kechqurunni, kunni va kechasini belgilash mumkinligini aytadi. Oq doiracha kunduzini bildiradi. Qora doiracha kechasini bildiradi. Kechasi qorong‘u bo‘ladi. Sariq doiracha ertalabni bildiradi. Ertalab quyosh chiqadi. K o‘k doiracha kechqurunni bildiradi.
Tarbiyachi doirachalarni ushbu tartibda joylash-tiradi: sariq, oq, ko‘k, qora va bolalardan doirachalar rangini aytish va ular nimani bildirishnni tushuntirib berishni s o‘ raydi. Shunday doirachalar hamma bolalarga ham beriladi- Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, ular kunduzni, kechani, ertalabni, kechqurunni bildiruvchi doirachalarni k o‘rsatnshadi.
Keyingi mashg‘ulotda bolalarda sutka qismlarining istalganidan boshlanadigan ketma-ketligi haqidagi bilimlarni shakllantirishga doir ish qilinadi. Pa’noga har xil rangdagi doirachalar q o‘ yiladi. Bolalar har qaysi doirachaning rangi nimani bildirishini eslashadi va ularni rangi b o‘yicha sariq, oq, ko‘k, qora (ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi) tartibda joylashtiradilar. Bolalar sutka qismlarining ularning istalganidan boshlangan ketma- ketligini o‘rnatish b o‘yicha shu usulda mashq qiladilar.
Tarbiyachi bunday deydi: «Ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi — bularning hammasi sutkannng qismlaridir. Sutka har doim shu to‘rtta qismdan iborat. Endi siz sutkaning qaysi qismlarini bilasiz? Ertalabdan keyin sutkaning qaisi qismi keladi? Ularni Tartibi bilan ayting. Kechqurundan keyin sutkaning qaysi qismi keladi? Ularnn tartibi bilan ayting. Ertalab, kupduzi, kechqurup va kechasi birgalikda nimani tashkil qiladi? (sutka)».
Shundan keyin bolalar sutkalarning almashinishi bilan tanishadilar, «kscha», «bugun», «ertaga» tushunchalarini o‘zlashtiradilar. Doirachalar — sutka qism-larining ramzidan foydalanib, bolalar qaysi qismdan xohlashsa, o‘sha qismdan boshlab sutkaning hamma qismini tartibi bilan aytadilar-
Tarbiyachi bolalarga sutkalar har doim bir-biri bilan almashnnishini tushuntiradi.
Kechasi soat zang urganda bir sutka tamom bo‘lib, ikkinchi sutka boshlanadi. Soat zang urguncha bo‘lgan sutqa kecha deb ataladi. U o‘tib bo‘lgan bo‘ladi. Soat zang urgandan keyin boshlangan sutka bugun deb ataladi. Soatning zang urishidan keyin keladigan sutka ertaga deb ataladi. Sutkalarning hammasida to‘rtta qism mavjud: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi.
Bolalar kecha ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilganlarini va ertaga nima qilishlarini gapirib beradilar. Kepingi mash g‘ulotlarda bu bilimlar mustahkamlanadi.
O‘ rta guruhda bolalar sutkalar va ularning qismlarini farqlashnigina emas, balki harakat tezliklarini, ya’ni tez, sekinni umumiy tarzda aniqlaydilar. Masalan, stol yoniga chaqirilgan ikkita bola sayr qilish uchun qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar, yaproqlardan namunaga qarab gul tuzadilar va h.k. Qolgan bolalar bu ishni kim tezroq, kim sekinroq bajarganini kuza-tyb turadilar. Bolalar mavjud tasavvurlariga taya-nnb, nima tezroq uchishini (chopishini, suzishini), tayyorami (samolyotmi) yoki qushmi, o‘rdakmi yoki baliq-mi, itmi yoki sigirmi va h.k. taqqoslashadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin