Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə38/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Katta guruh. Katta guruhda aso siy e’tibor haftadagi o‘zgarishni, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini ongli o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysn kun ekannnn, ertaga qan-sn kun bo‘lishini, haftadagi kunlar sonini, ularniNg tartibinn aytishni o‘rganadilar. Bundai tashqari, bolalar Gshl fasllarining xarakterli belgilarini o‘zlarnning bu vaqtdagi o‘ yinlarini, odamlarning ta-biatdagi mehnatlarini annqlaydilar.
Ma’ lumki, bolalar hafta kunlarnni bir tekisda o‘zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanba-mi eng yaxshi eslab qoladilar.
Yakshanba - xursandchiliklar bo‘ladigan kun, yaqinlar bilan, ya’ni ota-opa, buvi va boshkalar bilam birga bo‘ladigan kun.Bu kun yaia shunisi bplai ham g‘ay-rioddiy kunkp, ba’ziia bola hayotinipg odatdagi tar-tibi o‘zgaradi: buvisining uyida tushlik qplish, meh-monlar kelishi, kinoga borish va h. k.
Shanba ham yakshanbaga o‘xshagan kun. Bu kunlar-ning bola tomonidan haftaning boshqa kunlaridan alohida ajratilishining sababi shundan iborat bo‘lsa kerak.Shu narsa ham payqaldiki, bolalar bog‘chada butun sutka davomida bo‘lishlari munosabati bilan shanba va yakshanba bilan birgalikda,| chorshanbani ham ajratishadi. Nega? Odatda, ota-onalar bolalarini chorshanbada uylarga olib ketadilar. Ular shuning uchun ham bu kunni yaxshi biladilar, uni kutadilar. bolalalar d u s h a n b a n i ham yaxshi biladilar, chunki shu kuni ular, yakshanbadan keyin bog‘chada bo‘lishlarining birinchi kunidir. Seshanba, payshanba va juma kunlari alohida ahamiyatli voqealar bilan belgilanmagan. T o‘g‘risi, juma kunini bolalar dam olish arafasi sifatida, bolalar bo g‘chasida bo‘lishlarining dam olinadigan kunlardan oldingi oxirgi kun sifatda yaxshiroq biladilar va ajratadilar. Shunday qilib, kichik bolalarning haftaning har xil kunlarini bilishdek bilimlarni o‘zlashtirishlarida ularning faoliyatlari va hayajonli kechinmalarining roli haqida gapirish uchun ba’z i asoslar bor.
Shu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan tanishtirishni haftaning hamma kunlarini o‘zlashtirish emas, balki kecha qaysi kun bo‘lganini, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashdan boshlash ma’qul. Bunda tarbiyachi oldin haftaning yakshanba, dushanba kunlarini, so‘ngra esa, asta-sekin haftaning boshqa kunlarini o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini aytibgina qolmay, balki ularga oid elementar ta ’vsifnomalar berishlari muhimdir.
Masalan, tarbiyachi mash g‘ulot davomida ushbularni suraydi: Kecha qaysi kun edi?» «Ertaga qaysi kun bo‘l adi?» Agar bolalar haftaning kunlarini aytishda qiynalishsa, tarbiyachining o‘zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni ekanini aytadi. Shu kuni hamma dam oladi. Bolalar bo g‘chaga borishmaydi. Yakshanbadan keyin dushanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan keyin bolalar bo g‘chaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun va h.k.
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni xaftaning kunlari bilan ketma-ket tanishtiradi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab qolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi bog‘lanishga qaratish kerak- Masalan, chorshanba — haftaning o‘rtasi payshanba— haftaning t o‘ rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va h.k.
Bolalar hafta kunlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi b o‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarin i, ular haftada nechta ekanligini so‘raydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va h.k.
Ta’limning bu bosqichida hafta kunlari tartibini yaxshi eslab qolish uchun rasmlardan - haftaning hamma kunlari tasvirlangan simvollardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bolalarga k o‘rsatish uchun katta doira (diametri 35 smli) olish mumkin. Unda har xil rangli doirachalar (diametri 8 sm. li) tartibi bilan terib q o‘yilgan. Bu doirachalarning ichiga esa 1 dan 7 gacha sonlar yozilgan kichik doirachalar (hafta kunlari tartibig a mos ravishda 7 ta doiracha) joylashtirilgan. Har xil rangli doirachalar bunday joylashtirildi: qora, kulrang, k o‘k, yashil, sariq, nimrang, qizil. Katta doira o‘rtasiga harakatlanadigan strelka joylashtirilgan.
Har qaysi bola alohida hafta kunlarini belgilovchi rangli doirachalar oladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin