Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə28/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

1. Katta guruh. Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va shakllarni tekshirish ko‘nikmasi tako‘lillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarning geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o‘rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlardan doira. Uchburchak, kvadrat shaklini topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, stol ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday geometrik figurani, eslatadi, deb so‘raydi. Tarbiyachi “Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3-4 tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan figuraga o‘xshash figurani izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik figuralardan har xil naqshlar, o‘zlariga tanish buyumlar uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomabil, kvadratlar va chburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzidilar.
Katta guruhda bolalar yangi tushuncha -“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalaniladi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi. Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu figuralar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini har qaysi kvadratda qancha Tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan figurani uchburchak deyiladi, agar figurada 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtbuchak deb atash mumkin. O‘zlarida nechta uchburchak va
nechta to‘rtburchak borligini so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak -kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar; ikkala figurani taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uun ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklar chizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng to‘rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan Tomoni teng to‘rtburchak chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi buyuchlarni topish va aytishni;№ 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik figuralarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan, masalan, “Tavsifi bo‘yicha top”, “Har qaysi figurani o‘z joyiga qo‘y”, “Shakli bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchak bilan kvadratni va nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotning birinchi qismida geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma- ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan figurani stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasini topishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga - yuqoriga, chapga, o‘ngga bir xil kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi. Oval bilan ham xuddi shunday ish bajariladi. Bolalar odatda doira bor xil, oval esa uzoqroq, cho‘ziqroq kengayishini ta’kidlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma -ket savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagicha o‘tkazilishi mumkin:

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin