«o‘ziga» va «o‘zidan» harakatlari yo‘nalishini tushunadi;
turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
Bilish jarayonini rivojlanishi
Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud Kutilayotgan natija:
atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).