Suhbat Qishning asosiy belgilari; qishki o‘yinlar; insonlar va hayvonlarning qishga tayyorgarliklari.
Leksik – grammatik mashq va o‘yinlar “Qanday?” Qish so‘ziga mos bo‘lgan so‘zni topish: sovuq, erta, kechki, qorli, yovuz, qattiq, qaxraton, issiq, shamolli, quvnoq, bezatilgan va h.k.
“So‘z o‘ylab top”. O‘zakdosh so‘zlarni hosil qilish: qor – qorli – qor parcha – qor odam – qor ko‘chki – qor bo‘ron –qorbobo – qor qiz. Muz – muzdek – muzli – muz parcha – muz bo‘lak – muzlatgich.
“Nima qilyapti?” Qor so‘ziga mos bo‘lgan kesimlarni topish: yog‘yapti, eriyapti, uchyapti, aylanyapti, tushyapti, yarqirayapti, yaltirayapti, g‘ijirlayapti, yopishyapti.
Logoped yana nima erishi (muzqaymoq, muz), uchishi (samalyot, kapalak), yog‘ishi (yomg‘ir, do‘l), yaltirashini (tilla, piston),g‘ijirlashi (olmani tishlaganda, qog‘oz) mumkinligini aniqlashtiradi va h.k.
“Nima bo‘lmaydi?” Bosh kelishikka oid so‘zlarni o‘zlashtirish
Bolalar qishda nima bo‘lmasligi haqida gapirib, gap tuzadilar: “Qishda saraton (barg, xazonrezgilik, gullar, o‘tlar, uchib ketuvchi qushlar, hasharotlar) bo‘lmaydi”.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish Logopedning savollariga tayangan holda “Qish mehmonda” hikoyasini qayta so‘zlab berish. So‘zlarning ko‘chma ma’nosini o‘zlashtirish.
“Kuz tugadi. Yurtimizga qish mehmon bo‘lib keldi. U yer yuzini oppoq gilam bilan yopti.
Shamol to‘polon qilmoqda. Bo‘ron o‘z jahlini ko‘rsatmoqda. Muzlarning taqillagan ovozi eshitilmoqda.
Qish quruq qo‘l bilan kelmagan. U sovg‘alar: qor, shamol, muz, izg‘irinlar olib kelgan. Ushbu sovg‘alar insonlar chana, konkilarda uchishlari uchun kerak. Yana qor odam yasasa, qo‘rg‘on qurishsa, qorbo‘ron o‘ynasa bo‘ladi. Bu qish o‘yinlari hisoblanadi. Biz qishni juda yaxshi ko‘ramiz”.
Qayta so‘zlab berish uchun savollar:
Nima mehmonga keldi?
Bundan oldim qaysi fasl hukumron edi?
Qish yer yuzini nima bilan qopladi?
Shamol (muz, izg‘irin, bo‘ron) nima qiladi?
Qish qanday sovg‘alar olib keldi?
Ushbu sovg‘alar insonlarga nima uchun kerak?
Qishki o‘yinlar nima?