Jismoniy daqiqa – logoritmika
“Qishda” deb nomlangan nutqiy harakatli o‘yin. Harakatlarni improvizatsiya qilish.
Qor yog‘diyu, qor yog‘di, (Qo‘lning kaftlari bilan qor
Yumshoqqina par yog‘di. parchalarining yog‘ishini ko‘rsatish.
Daraxtlar-u , dalaga, Qulochni keng yozib atrofni ko‘rsatish,
Tomga barobar yog‘di. oyoqni baland ko‘tarib yurish.)
Koptok qilib otaman. (Qorni ikki kaft bilan dumaloq qilish,.
Yuguraman, botaman. qorga botib yugurish harakati,.
Yumshoq parga o‘ralib, Qorda dumalab yotish harakati,
Mazza qilib yotaman. qorda dumalashdan zavqlanish.)
Voy muncha sovuq ekan, (Kaftlarni og‘iz oldida isitish,
Yer oynadek muzlagan oyok uchida yurish qo‘llar belda.
Yumshoqgina par desam, Bir-biriga ajablanib qarash,
Sanchib oldi-ya tikan. butun tanani isitishga urinish.)
[V] tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. V harfi.
Tovushning tavsifi (undosh – cho‘zib aytib bo‘lmaydi, jarangli, yuqorigi tishlar va pastki lablar ishtirokida talaffuz qilinadi).
“Rasmni top”. Doskada bir qator qilib bir qancha rasmlar qo‘yilgan. Bolalar ular orasidan nomida [v] tovushi bor bo‘lgan rasmni topadilar.
“So‘zni top”:
sa-sa-sa, vat-vat-vat, hosil bo‘ladi . . . (savat);
hol-hol-hol, va-va-va, hosil bo‘ladi . . . (holva);
to-to-to, vuq-vuq-vuq, hosil bo‘ladi . . . (tovuq);
An-an-an, var-var-var, hosil bo‘ladi . . . (Anvar);
sho‘r-sho‘r-sho‘r, va-va-va, hosil bo‘ladi . . . (sho‘rva);
di-di-di, van-van-van, hosil bo‘ladi . . . (divan).
“So‘zni to‘g‘rila”:
rakvar – varrak;
vorafav – favvora;
busavto – avtobus;
dikagvoz – gvozdika.
“So‘zni qadam tashlab ayt”. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish.
Logoped boshlaydi:
Bolalar bilan biz qadam tashlaymiz,
So‘zlarni biz qismlarga ajratamiz.
Va-li, voy, av-to-bus, hol-va, va-gon-lar, fav-vo-ra, to-vus, al-fa-vit, di-van, vaf-li, qo-voq, van-na, ver-tol-yot va h.k.
V harfi bilan tanishtirish: konturi bo‘ylab yozish, barmoq bilan partada yozish, alfavitdan izlab topish.
L o g o p ye d. V harfi qaysi tomonga “qarab” turibdi? (O‘ng tomonga.)
So‘zlarni o‘qish: savat, holva, sho‘rva; tovuq, tovus, qovus; Anvar, Sarvar, Sarvara; vafli, Vali, Valida, Vasila.
“So‘zni top”. Logoped tovush modellarini ketma-ket qo‘yadi: ko‘k-qizil-ko‘k-ko‘k-qizil. Keyin esa: “Suyuqqina taom, hush ko‘rishar uni har on”. (Sho‘rva.)
Gap tuzish, uni o‘qish va tahlil qilish: “Valining qo‘lida holva. Mana tovus. Vasila sho‘rva tayyorladi”.
“Jonli harflar” (vafli, tovuq, tova).
Mashg‘ulotlar kombinatsiyalashgan harakterga ega bo‘lib, faqatgina bolalar lug‘at boyligini oshirishni emas, balki nutqning grammatik tuzilishini korreksiyalash, tovushlarni tahlil qilishni, nutq apparati motorikasini rivojlantirish, oliy psixik jarayonlarni faollashtirishni ham nazarda tutadi.
Mashg‘ulotlar ishlanmasidan joy olgan materiallar ko‘p qirrali bo‘lib, o‘yin va mashqlar soddadan murakkabga qarab joylashtirilgan. Ular bolalarda fonematik idrokini, talaffuz malakalarini, eshituv diqqatini, verbal xotirasini, artikulyatsion motorikasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Oliy psixik jarayonlarni kompensatsiya qilishni nazarda tutuvchi mashqlar, topshiriqlar iloji boricha verballashtirilgan. Shu bilan bir qatorda, logopedlarga va ota-onalarga taklif etilayotgan mavzulardan o‘yin texnologiyalarini qo‘llagan holda ijodiy yondoshib mashg‘ulotlarni olib borish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |