150.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (о‘zaro tо‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi? a) psixoanaliz; b) bixeviorizm; c) madaniy-tarixiy konsepsiya;d) faoliyat nazariyasi.
151. Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bо‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida rо‘y berishini isbotlaydi? a) kumulyativlik qonuniyati; b) geteroxronlik qonuniyati; c) senzitivlik qonuniyati; d) kompensatsiya qonuniyati.
152.Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi? a) 1-trimestrda; b) 2-trimestrda; c) 3-trimestrda; d) embrional rivojlanishning hech bir bosqichida bunday hodisa kuzatilmaydi.
153.Kichik maktab yoshi davrida biror odamdagi qanday emotsional holatning idrok etilishida adekvatlik ayniqsa yuqori bо‘ladi? a) qо‘rquv; b) jahl; c) quvonch; d) a va b javoblar tо‘g‘ri.
154. Hissiyotlar namoyishining boshqarilishida ilk о‘spirinlik va о‘smirlik davrlari о‘rtasidagi tafovutni aks ettirgan quyidagi qaysi mulohaza tо‘g‘ri? a) ilk о‘spirinlikdan farqli ravishda о‘smirlik davrida shaxs о‘z hissiyotlarini yetarlicha yashira olmaydi; b) ilk о‘spirinlikda о‘smirlikdan farqli ravishda shaxs о‘z hissiyotlarini nafaqat yashirishga, balki niqoblashga qodir bо‘ladi; c) ilk о‘spirinlik davridan farqli ravishda о‘smirlik davrida shaxs о‘z hissiyotlarini noverbal vositalar orqali ifodalashga qiynaladi: d) ilk о‘spirinlik davrida о‘smirlikdan farqli ravishda shaxs ijobiy hissiyotlarni namoyish etishda о‘zini boshqarishga qiynaladi