2.3. O’quv-trenirovka mashg’ulotlarining haftalik mikrotsiklini planlashtirish Chet ellarda va mamlakatimizda to’plangan ilg’or taj-ribalarni umumlashtirish shuni ko’rsatdiki, tayyorgarlikning boshlang’ich davridagi o’quv mashg’uloti ishlari quyidagi prinsiplar asosida olib borilishi lozim.
1. O’quv-trenirovka mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat o’ynab o’rganolmayotgan yo bo’lmasa qo’pol xatolar qilib o’rganayotgan texnik priyomlar va taktik harakatlar bilan shug’ullantirish lozim. O’yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosini tashkil etuvchi harakatlarni alohida-alohida o’rgatiladi.
2. Taktik va texnik tayyorgarlik bo’yicha o’quv materiallarini bosqichma-bosqich emas, balki spiralsimon urgatish kerak. Bunda albatta quyidagi vazifalar qo’yilishi lozim:
a)futbolchilarning texnik priyemlari va taktik harakatlarining turli-tumanligi haqida keng ko’lamda tushuncha berish;
b)eng muhim texnik priyemlar va taktik harakatlarni mahorat va malaka darajasiga ko’tarish:
v)yosh futbolchilarni tayyorlashning dastlabki bosqichida o’yin o’quv mashg’ulotlarining samarali vositasidir.
G’alaba qozonish ilmi bolalikdan o’rgatiladi.
Avtorlar fikricha, yosh futbolchilarning harakat aktivligini oshirishda va ularning har tomonlama tayyorlanishida quyidagilarni amalga oshirish zarur;
musobaqalarni blits-turnir shaklida (tez) o’tkazish.
Ishga bunday yondoshish bolalarga o’yin vaziyatlarida kerak bo’ladigan nostandart holatdagi maxsus mashqlarni katta hajmda o’rganishga olib keladi. Afsuski, bolalar va o’smirlar sport maktablari uchun tuzilgan programma-larda standart holatlarga ko’proq o’rin ajratilgan, bunda boshlovchilar to’pni olib yurish, to’xtatish, oshirish, turli holatlarda to’p tepishnigina o’rganadilar.
Analiz bolalar va o’smirlarni futbolga o’rgatishdagi mavjud ishlarning uyg’un emasligini yaqqol ko’rsatadi. Bizning fikrimizcha, kamida uch omilni bir-biriga moslamoq kerak. Bular standart mashqlar; o’yin sharoitidagi mashqlar; o’tkazilgan o’yinlar soni.
Bular hammasi yoshni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
Maxsus sinflar o’quvchilari uchun o’quv mashg’ulotlari planlashtirish futbol bo’yicha ORM BO’SM uchun tuzilgan programma asosida o’tkaziladi.
5-7 sinflar o’quvchilari mashg’ulotlarda o’rta hisobda haftasiga 20 soatgacha qatnashadilar, keyinchalik nagruzkalar 24 soatgacha oshiriladi. Shunday qilib, yosh futbolchilar kuniga 3—4 soatdan mashq qiladilar.
Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi darelarni o’quvchilar olgan nagruzkalarni hisobga olgan holda hamda shu kuni o’tiladigan mashg’ulotlarni hisobga olgan holda o’tkazishi kerak. Haftalik mikrotsikl mashg’ulotlarini planlashtirishda jismoniy sifatlar ko’rsatkichini hi-sobga olinadi. Bunda ko’p kuch va chidamlilik talab etuv-chi tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini o’rgatish qiyin~ roq bo’ladi. Ma’lumki, 10—14 yashar bolalarda dastlabki ikki sifat tezroq rivojlanadi. SHu sababli, hafta kun-lari uchun mashg’ulotlar quyidagi sxemaga mo’ljallangan bo’lishi lozim: birinchi mashg’ulotlar texnik-taktik mashq-lar, keyingnsida tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga, undan keyingisida esa tezkorlikka chidamlilik; kuch va umumiy chidamlilikni oshirishga qaratiladi.
Ko’p yillik mashg’ulotlar jarayonida nagruzkalar hajmi va jadalligi tinmay oshib boradi. 6—8-sinflarda nagruzkalar hajmi, 9—10-sinflarda esa ularning jadallashishi ortadi.
Bolalar va o’smirlar futboli nazariya va amaliyotida tavsiya etilayotgan miqrotsikllar barcha davrlarda mos keladigan yillik plan uchun universaldir. Lekin bunda tayyorgarlik turlari uchun vosita va vaqtni taqqoslash protsenti o’zgaradi, xolos. 5—6-maxsus sinflar o’quvchilari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik davridagi vaqt va 25% ga teng bo’lsa, maxsus jismoniy tayyorgarlikka 25%, texnik tayyorgarlikka 25%, taktik tayyorgarlikka esa 20% to’g’ri keladi.