Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


Tayyorgarlikni tekshirish buyicha testlarga bo’lgan talablar



Yüklə 303 Kb.
səhifə8/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Ситора 05.06.2022

1.4. Tayyorgarlikni tekshirish buyicha testlarga bo’lgan talablar
Kompleks tekshirishdan maqsad —har bir sportchining tayyorgarlik darajasini har tomonlama tekshirishdan iborat. Bunday tekshirishlarni bosqichli kompleksli tek-shirishda o’tkaziladi: futbolchilarning jismoniy va ruhiy ko’rsatkichlari, texnik-taktik mahorati darajasi, musobaqa faoliyatining sifat va son xarakteristikasi hisobga olinadi.
Kompleks tekshirish programmasida yosh futbolchi tayyorgarligiga har tomonlama baho beriladi hamda talab qilinadigan informatsiyani olish uchun minimum testlar albatta ko’zda tutiladi.
M. A. Godik fikricha, yosh futbolchilar tayyorgarligini kompleks tekshirish programmasi o’ziga xos qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Birinchidan, uning mazmuni o’yinchining barcha harakat va psixik sifatlarini imkoni boricha aks ettirishi kerak. Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina nagruzkalarni planlashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi.
Kompleks tekshirish uchun testlar tanlab olishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

  • o’lchash muolajalarini bir standartga solishni ta’minlash;

  • yuqori darajaga va aniq informatsiyaga ega bo’lgan testlardan foydalanish:

  • testlar orqali yuqori natijalarga erishishni ta’minlash;

  • testlarda yuqori ko’rsatkichlarga erishish sistemasiga ega bo’lish;

Jismoniy tayyorgarlikni tekshirish uchun yuqorida bayon etilgan shartlardan tashqari yana ularning ikkitasini bajarish majburiydir;

  • texnikasi oson bo’lgan va natijalarga deyarli ta’sir etmaydigan testlardan foydalanish lozim;

  • testlarni shu qadar yaxshi o’zlashtirish kerakki, ularni o’tkazishda asosiy e’tibor harakatni texnik jihatdan to’g’ri bajarishga emas, balki maksimal natijani qo’lga kiritishga qaratilgan bo’lishi kerak.

Yuqorida bayon etilgan shart-sharoitlarni bajarish majburiydir, biroq testni o’tkazish jarayonida normativ topshiruvchilar uchun shunday ruhiy kayfiyat yaratish kerakki, toki ular bunday sharoitlarda o’zlarining barcha harakat imkoniyatlaridan keng foydalanadigan bo’lsinlar. Bunday vaziyatda normativ qabul qilishni musobaqa tarzida olib borish maqsadga muvofiqdir, chunki bunda sportchilar o’zlariying eng yuqori natijalarini ko’rsatishga harakat qiladilar. Futbolda ko’plab testlar ishlatiladi, lekin ularning hammasi ham axborot uchun va ishonch maqsadlarida tekshirib ko’rilmagan.
Axborot uchun berilgan ma’lumotlar ma’lum sifat ko’rsatkichlari uchun beriladigan baholarning aniq bo’lishiga xizmat qiladi. Masalan, maxsus chaqqonlik sifatlarini aniqlash maqsadida to’pni 20 metr masofada ustunchalarni katta tezlikda aylanib o’tish va 16 metr masofadan to’pni darvozaga tepishni axborot uchun qabul qiladigan bo’lsak, turgan joyda va harakat davomida to’pni erga tushirmasdan o’ynash natijalari axborot uchun beriladigan ma’lumotlar uchun kerak bo’lmaydi.
Testning axborot uchun kerak bo’lgan materiallari testni qabul qilish va o’yin natijalarini taqqoslab ko’rish yo’li bilan aniqlanadi. Bir sportchining standart sharoitlarda bir xil mashqlarni ketma-ket bajarishi va takrorlanayotgan natijalarning bir xil bo’lishi testlarning ishonchli bo’lishini ko’rsatadi.

Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin