III.Xulosa. IV. Adabiyotlar ro’yxati KIRISH Barchaga ma’lumki, o’zbek futbolchilarining shon-shuhrati olamga taralmoqda, mahorati o’smoqda, Osiyo kubogi uchun olib borilgan kurashda o’zbek futbolchilarining dunyo miqiyosidagi musobaqalarda qatnashgani buning yorqin dalilidir.
Albatta kelajakda hozirgi ajoyib futbolchilarimizning o’rnini bosadigan, o’zbek futboli sharafi uchun kurashadigan futbolchilar etishtirish eng asosiy masalalardan biri xisoblanadi.
O’zbek futbolchilari mahoratining yil sayin o’sib borishi o’rinbosarlarni tayyorlashda murabbiylarning o’smirlar bilan ish olib borish malakasiga bog’liq. Shuning uchun ham futbol buyicha masterlar komandalari hamda O’zbekiston terma komandalari uchun yuqori malakali o’rinbosarlar tayyorlashda o’quv mashg’ulotlariga zamon talablari aso-sida yondoshmoq, yosh futbolchilar bilan ishlash jarayonida yangi shakl va metodlarni joriy qilish zarur, busiz muvaffakiyatga erishib bo’lmaydi.
O’zbekiston huzuridagi fizkultura va sport komiteti 1976 yil 29 oktyabrda «Futbol bo’yicha olimpiya rezervlarini tayyorlovchi bolalar va o’smirlar maxsus maktablari faoliyatini yanada yaxshilash tadbir-lari haqida» chiqargan qarorida futbolchilarni tayyorlashni ilmiy asoslash masalalariga katta o’rin berilgan.
O’rinbosarlarni tayyorlash umumta’lim maktablarida futbol bo’yicha kuni uzaytirilgan va o’quv mashg’ulotlari chukur uzlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol o’ynaydi. Bunda bolalar futbolga mehr qo’yadilar va futbol o’ynyash siplarini o’rganadilar.
Har bir sport maktabida futbol buyicha maxsus sinflarning ochilishi o’quv mashg’ulotlari mazmunini yana xam oshiradi. Bunda mashg’ulotlar kuniga 2 mahal o’tkaziladi.
Hozirgi zamon futbolining kun sayin rivojlanishi jismonan baquvvat va iste’dodli o’yinchilarni talab qiladi. Shuning uchun ham futbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala — umidli yoshlarni tanlab olishdir.
Dolzarbligi: Keyingi yillarda yosh futbolchilarni qiziqishiga v iste’dodiga qarab tanlashga katta ahamiyat berilmoqda 1973 yilda vengriyalik Tomash Denak murabbiylarning bolalarni futbol maktablariga tanlab olishidagi amaliy ishlari tajribasini umumlashtirib, qo’llanma yaratdi. Tanlab olishda bolalarning to’pni egallab olish qobiliyati va bir qator kontrol normativlariga qarab baho berildi
Ishning maqsadi: bolalarni futbol bo’yicha bolalar-o’smirlar sport maktablariga tanlab olish metodikasini ishlab chiqi, amaliy tavsiyalar berish va amaliyotga qllashdan iborat.
Ishning vazivasi:
BO’SM ga chuqur meditsina ko’rigi, pedagogik kuzatishlar, kontrol va maxsus sinovlardan o’tgandan bo’sh qobiliyatli bolalarni qabul qilish yuzasidan tavsiya berildi.
yosh qobiliyatli bolalarni tanlab olish yo’llarini tanlash.
bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari hisobga olish va shu asnoda tanlash.