Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


II. BOB. FUTBOL BO’YICHA MAXSUS SINFLAR O’QUVCHILARINING O’QUV MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH



Yüklə 303 Kb.
səhifə9/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Ситора 05.06.2022

II. BOB. FUTBOL BO’YICHA MAXSUS SINFLAR O’QUVCHILARINING O’QUV MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH

    1. 9-10 yoshar qobiliyatli bolalarni tanlab olish

Tayyorgarlik ishlarini yaxshi o’ylab tashkil etilsa, futbol bilan shug’ullanish uchun o’quvchilarni ko’plab jalb etish mumkin. Dastlab bolalarni maktabga jalb qilish va ommaviy ravishda kelishlari uchun tadbirlar ishlab chiqish kerak. Bu nihoyatda muhim va mas’uliyatli ishdir. Uquv yili boshlanishidan 1-2 oy ilgari radioda, musobaqa davrida stadionda, umumta’lim maktablarida, JEK larda, televideniyeda, gazetalarda sport maktabiga qabul qilish haqida xabarlar berib boriladi. Bu sohada umumta’lim maktablarining o’qituvchilari katta yordam beradilar.
Lekin tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalarni ommaviy ravishda maktabga jalb qilish uchun tanlab olishdan 4-5 kun avval murabbiylar maktabga kelib o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazsalar, futbol haqida gapirib, unga qiziqtirsalar juda yaxshi bo’ladi.
Qabul imtihonlari topshirish uchun o’quvchilar sog’liqlari haqida maktab vrachidan spravka olib kelishlari lozim, chunki sport maktabida bir vaqtning o’zida ko’plab o’quvchilarni dispanserizatsiya ko’rigidan- o’tkazish imkoni bo’lmaydi. Sog’lig’ida o’zgarishlar bo’lgan bolalar garchand juda qobiliyatli bo’lsalar ham, keyinchalik futbolni tashlab ketishga majbur bo’ladilar.
Bolalarni tanlab olishdan oldin kerak bo’ladigan asbob-anjomlar, mashg’ulot o’tkaziladigan joy (sinov mashg’ulotlari uchun stansiyalar va o’yin maydonchalari) taxt qilib qo’yilishi lozim. Ko’rsatilgan natijalarni yozib borish uchun protokollar tayyorlanadi va son jihatidan etarlicha qabul komissiyasi tuziladi.
Tanlab olish jarayonida ikkita asosiy vazifani hal qilish kerak bo’ladi:
a)bolaning futbol bo’limiga kirishi haqida xulosa
yozish va uning kelajakda yaxshi o’qishi mumkinligi haqida fikr aytish kerak;
b)o’qishga qabul qilingan bolalar orasidan layoqatli o’quvchilarni ajratib olish va ancha qobiliyatsiz bolalarni chiqarib yuborishadi. Shuning uchun ham dastlabkitanlab olish uzoq muddatga mo’ljallanadi, chunki trenirovka ta’sirida bolalar qobiliyati o’zgarib, rivojlanib boradi. Tanlab olish protsessi ikki yilga cho’zilishi mumkin, shu davr ichida yosh futbolchining asosiy sifati dinamikasini kuzatib borish zarur. Testlar bo’yicha tekshirishlar yiliga kamida 2 marta o’tkazilishi lozim. Kontrol normativlarning o’quv yili boshidagi va oxiridagi natijalarini solishtirib ko’rish ana shu natijalarning o’sib borishini ko’rsatadi.
Tadqiqotlar va eksperimentlar natijalariga ko’ra ko’rsatkichlar kompleksi ishlab chiqildi, undan dastlabki tanlab olishda foydalanish mumkin. Unga 7 test va ko’rsatkichlar kiradi:

  1. YUgurish tezligi ko’p jihatdan muhim tug’ma va kompensatsiyalanmaydigan sifat hisoblanadi. Tezkorlik sifatlariga baho berish uchun 30 metr masofaga yugurtirish tavsiya etiladi.

  2. Bolalarning qobiliyatini rivojlantirishda tezkorlik va kuchlilik imkoniyatlari muhim rol o’ynaydi, uni yugurib kelib ikkala oyoq bilan depsinib qanchalik balandlikka sakrashga ko’ra baholash mumkin.

  3. Chaqqonlik ham juda muhim bo’lib, deyarli kompen-satsiyalanmaydi, buning ustiga 12—13 yoshdan keyin qiyinlik bilan rivojlanadi. CHaqqonlik ko’p jihatdan keyinchalik texnik mahoratning o’sishiga olib boradi. Bolalarni tanlab olishda ham umumiy, ham alohida chaq-qonlikni hisobga olish kerak. Umumiy chaqqonlikni aniq-lash uchun maxsus ishlab chiqilgan testlar kompleksidan foydalanish tavsiya etiladi.

  4. Maxsus koordinatsiya to’p bilan dribling (doirani 5 marta aylanib o’tish) qilish orqali baholanadi.

  5. Eng asosiy ko’rsatkichlardan biri «o’yindagi tajo-vuzkorlik va jangovar sifatlar»dir.

Yaxshi o’ynab kontrol sinovlarni bajarish natijalari asosida jismoniy sifatlar o’sishining individual sur’ati mos kelishi bolaning o’yinga qobiliyati borligini ko’rsatadi.
Pedagogik kuzatishlar va kontrol tekshirishlar layoqatli va mehnatsevar bolalarni tanlab olishda o’ziga xos mezon bo’lib xizmat qiladi. Tabiiyki, gruppalardan ozod etilgan bolalar kollektivdan ketishdan qattiq eziladilar, shuning uchun murabbiylar nihoyatda ziyrak bo’lishlari va bolaga shirin gapirib, ko’nglini o’ksitmasliklari kerak. Murabbiy bolaga qobiliyatiga yarasha sportning boshqa biror turini tanlashida yordam berishi zarur.
Futbol mashg’ulotlarini endigina boshlayotgan bolalarning jismoniy tayyorgarligi holatini tekshirish to’rtta maxsus mashqlar (1—4), yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini tekshirish esa beshta test orqali (5—9) bajarilishi kerak.
1. Yuqori startdan 30 m ga yug’urish. Vaqt oddiy prujinali sekundomerda o’lchanadi. 2 marta yugurishga ruxsat etiladi, protokolga eng yaxshi natija yoziladi.

  1. Ikkala oyoqda depsinib turgan joydan balandga sakrash. 2 marta sakrashga ruxsat etiladi — protokolga eng yaxshi natija yoziladi.

  2. Ikkala oyoqda depsinib turgan joydan uzunlikka sakrash. 2 marta sakrashga ruxsat etiladi. Protokolga eng yaxshi natija yoziladi.

  3. Umumiy chidamlilikni baholash uchun 300 m ga yugurish.

  4. Kuchli oyoq bilan to’pni uzoqqa tepish, ikki urinishning yaxshisi hisobga olinadi.

  5. «Charm «to’p» klubining texnika uchun testi. Jarima maydonining har ikki burchagidan 2 urinib ko’rishga ruxsat beriladi, o’rtacha natija yoziladi.

  6. Maxsus chaqqonlik testi. To’pni orasi 5 m dan bo’lgan uchta to’siq orasidan o’tkazib, keyin orqaga qaytiladi, ikki marta urinib ko’rishning yaxshisi hisobga yoziladi.

  7. Kontrol o’yinlarda yosh futbolchining tez fikr yuritishi 3 ta murabbiy tomonidan baholanadi.

  8. Futbolchining o’yin jarayonidag’ya ayeoyeiy harakatlariga xarakteristika berish (undagi kamchiliklar va ijobiy xislatlar).




Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin