I.BOB. BOLALAR VA O’SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YOSH FUTBOLCHILARNI TANLASH 1.1. Bolalar sporti – o’zbek sportining kelajagi Sportda tanlashning maqsadi o’quvchilarning sportning biror turi talablariga javob beradigan shaxsiy qobiliyatlarini va nimaga qodir ekanliklarini har tomonlama o’rganishdan iborat.
Sportda tanlashning muhim asoslaridan biri tanlab olish bosqichlari masalasidir. Sportda tanlab olish uch davrga bo’linadi. Ularning har biri o’zining tashkil etish va tanlab olish metodikasiga, layoqatli va iste’dodli sportchilarning qobiliyatini oldindan bilish kabi xususiyatlarga ega.
Birinchi davr- sport maktablariga qabul qilish va gruppalarni to’ldirish. Ikkinchi davr - oddiy, maktabda tayyorgarlik ko’rgan layoqatli sportchilarni oldindan aytib berish va uchinchi davr- sport mahoratini yaxshi o’zlashtirib olgan sportchilar orasidan mamlakat o’smirlar, yoshlar va milliy terma komandalariga nomzodlar tanlab olishdan iborat.
Tanlab olish sistemasi sportchilar faoliyatini chuqur va atroflicha o’rganish va shu sport turining sportchi psixologayasiga va organizmiga qo’yiladigan talablarini aniqlashga bog’liq bo’ladi.Shuning uchun ham tanlabolishning birinchi davri bir-ikki mashg’ulotdan tortib bir oygacha, ikkinchi davr — ikki yilgacha, uchinchi davr esa uch-to’rt yilgacha davom qilishi tavsiya etiladi. Uchinchi davr hammadan muhim, chunki unda iste’dodli sportchilar orasidan eng yaxshilarini, kelajakda xalqaro klassdagi sport masterlari talablarini bajara oladigan sportchilarni olishi mumkin bo’ladi. Sport mutaxassislarining fikricha, tanlab olishning asosiy prinsiplaridan biri komplekslilik va serqirralikdir, unda:
Shaxsni har tomonlama chuqur o’rganish, psixologik holatlarni aniqlash, nerv sistemasi tipologik xususiyatlarini baholash, jismoniy sifatlar rivojlanishining darajasini aniqlash katta ahamiyatga ega.Umidli sportchilar hozirgi zamon metodikasiga binoan og’ir nagruzkali mashg’ulotlardan so’ng o’z kuchini tez va yaxshi tiklashi lozim. Sportchining kelajagiga baho berishda bunga ahamiyat berish zarur.
Uzoq yillar davomida muntazam ravishda mashq qilish natijasida bu ko’rsatqich yaxshi rivojlanadi, biroq bunda tabiiy qobiliyat muhim o’rin tutadi.
To’g’ri tanlab olish va kelajakni ishonch bilan aytish shug’ullanuvchilarning dastlabki va oxirgi natijalari o’rtasidagi aloqadorlik bilan aniqlanadi, bunda ularning o’sish darajasi ham hisobga olinadi.Sportda tanlashning nazariy asoslari, kelajagi porloq sportchilarni tanlab olish metodi ilmiy jihatdan o’rganishni tashkil etishga imkon berdi.Oldindan aytib berishning nazariyasi konkret sport turining talablarini xarakterlovchi ko’rsatkichlarning almashib turishini o’rganishga va bu talablarga javob bera oluvchi sportchilarni tanlashlarga asoslangan. Uni keyinchalik ishlab chiqish sport turini klassifikatsiya qilishga bog’liq bo’ladi.
Asoslangan klassifikatsiya sportning bitta yoki bir nechta turi bilan shug’ullanuvchi shaxsning qobiliyatiga to’g’ri baho berishga, trenirovkaning u yoki bu metodi samaradorligini kuzatish imkonini beradi. Klassifikatsiyaga harakat, funksional va psixik malakalar uchun umumiy bo’lgan talablar asos qilib olingan. Sportchi harakatining juda yaxshi rivojlanishi sport mahorati cho’qqilariii egallashga imkon yaratadi. SHu asosda sportning 30 turi uch gruppaga bo’linadi. Birinchi gruppaga 9 ta davriy turi kiradi, ikkinchisi texnik jihatdan qiyin bo’lgan 12 turidir, unda koordinatsiya qobiliyatlari asosiy hisoblanadi. Uchinchi gruppaga yakka kurash turlari va sport o’yinlari kiradi, bunda sportchilar kelajagini aniqlashda ruhiy holat va qobiliyat asosiy rol o’ynaydi.
Binobarin, yuqori malakali futbolchilar bilan yosh futbolchilar tayyorgarligining natijalari o’rtasidagi farqni tahlil qilish g’oyat muhimdir. Olingan ma’lumotlar X Van Der Vardenning noparametrik o’lchovidan foydalanib taqqoslanadi. Matematik analizning bu metodi V. M. Zatsiorskiy va Kao Van Txi ilmiy ishlarida keng qo’llangan.
Yuqori malakali sportchilar bilan unchalik kuchli bo’lma-gan sportchilar tayyorgarligi belgilari taqqoslab ko’rilganda, fizik va texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlari farqini bilib olish mumkin.
1975 yilda 15 ta yuqori malakali (MASK masterlar komandasi) va 15—16 yoshda bo’lgan 20 yosh futbolchilarni tekshirib ko’rildi. Tekshirish 16 alohida ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan edi, keyinchalik bu ko’rsatkichlardan turli malakadagi futbolchilar tayyorgarligi o’rtasidagi farqni aniqlashda foydalanildi (1-jadval).
1-jadval