Futbol buyicha maxsus sinflar o’quvchilarining o’quv mashg’ulotlarini planlashtirish va tashkiletish Futbolchlning shaxsiy pasportidagi so’nggi bo’lim yosh futbolchini terma komandaga yuborayotgan murabbiylarning ko’shimcha xulosalari uchun ajratilgan. Bu bo’limning ahamiyati shundaki, birorta ham to’g’ri tanlangan testlar kompleksi murabbiyning qo’shimcha xulosasisiz terma komanda nomzodi haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. Unda yosh futbolchi xarakteriga xos bo’lgan shaxsiy xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar qisqa va aniq ko’rsatilishi lozim: vazminlikmi yoki ta’sirchanlikmi, uning dilkashligi (kollektivga aralashishi), mehnatsevarligi, tirishqoqligi, jangovarlik sifatlari, qiyin vaziyatlarda yordamga kelishi va hokazo. Bundan tashqari, o’yinni olib borishdagi xususiyatlari ham ko’rsatiladi: o’z darvozasini himoya qilishda o’rin tanlashi, hujumda o’z o’rnini topishi, texnik-taktik jihatdan ustaligi, o’yin davomida kuchini taqsimlay olish mahorati. Bu bo’limda yosh futbolchining o’yin olib borishdagi uslubi va shaxsiy xarakteristikasiga juda aniq baho berish lozim, aks holda terma komanda rahbarlari bu sportchi haqida to’g’ri ma’lumotga ega bo’lmasliklari mumkin.
Shunday qilib, «Yosh futbolchnning shaxsiy pasporti» respublika va mamlakat terma komandalariga nomzodlar uchun dastlabki unifikatsiyalashtirilgan hujjatdir.
Futbol bo’yicha maxsus sinflar umumta’lim maktablari bazasida ochiladi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
moddiy-sport bazasi yoki unga yaqin joyda bo’lishi kerak;
aholi yashaydigan joyga yaqin bo’lishi, toki o’quvchilarning maktabga kelishlari va uyga qaytishlari uchun vaqt kam ketishi lozim;
kuni uzaytirilgan gruppalar bilan ish olib borish uchun sharoit bo’lishi;
Yosh futbolchilarni ikki mahal ovqatlantirish uchun bufet yoki oshxona ishlab turishi;
Futbol bo’yicha maxsus sinflar o’qish va mashg’ulot protsessini ratsional qo’shib olib borishga sharoit yaratib beradi. Bunday sinflar joylarda umumta’lim maktablarida ochiladi (u mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’zining shaxsiy yoki ijara sport bazasiga ega bo’lgan), biroq bolalar-o’smirlar sport maktabi bo’lishi kerak.
Maxsus sinflarda ish olib borish uchun xarajatlar umumta’lim maktablaridagi kuni uzaytirilgan gruppalar uchun qabul qilingan kontingent va ajratilgan mablag’lar planiga ko’ra ishlatiladi. Bolalar-o’smirlar sport maktabi mashg’ulot va yig’inlar o’tkazish, musobaqalarda ishtirok etish, asbob-anjomlar, kiyim-kechak, poyabzal bilan ta’minlash uchun ketadigan xarajatlarni o’z ustiga oladi.
Maxsus sinflarga iste’dodli va kelajagi bor futbolchilar qabul qilinadi. Xalq maoriflari bo’limlari ruxsati hamda ota-onalar roziligi bilan bunday sinflarga boshqa maktablarning o’quvchilari ham o’tkazilishi mumkin. Maxsus sinflar oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda murabbiylarning roli nihoyatda katta. YOshfutbolchilarning o’qish va sportdagi yutuqlari ko’p jihatdan murabbiylar sostavi, sinf rahbarlari va tarbiyachilarning to’g’ri tanlashiga bog’liq bo’ladi. SHu sababli, murabbiylar yuqori malakali mutaxassis bo’lii» bilan birga, yaxshi pedagog, tashkilotchi va o’z ishining jonbozi bo’lmoqlari kerak.
Futbol bo’yicha ixtisoslashgan sinflarning ochilishv muhim ahamiyatga ega bo’ldi, chunki yosh futbolchilar yangi, oshirilgan talablar asosida kuniga ikki marta mashg’ulotlar o’ta boshladilar. YAngi sharoitda yosh futbolchilarning kundalik rejimini va mashg’ulotlarni puxta o’ylab o’tkazish kerak. SHunda yosh futbolchilar o’z vaqtida yaxshidam oladilar hamda trenirovkalardan so’ng bemalol kuch-larini tiklaydilar. Bu albatta yosh futbolchilarningg sport mahoratini oshirishda katta rol o’ynaydi.
Tabiiyki, mashg’ulotlardan so’ng umumta’lim predmetlari bo’yicha darslar boshlanganda, so’ng keyingi darslarga tayyorgarlyk ko’rib, yana bir yarim soat futbol mashg’ulotlarida qatnashish ancha qiyin bo’ladi, faqat mehnatsevar, sabotli, g’alaba uchun kurasha oladigan, chidamli va futbolni chin dildan sevadigan yosh sportchiga muvaffaqiyat yor bo’ladi.
Futbol bo’yicha maxsus sinflar uchun kundalik rejim tuzayotganda iqlim va mahalliy sharoitlarni: aholi soni, aholi punktining zich joylashgani, rayon aholisi joylashishi, aholi qatnashidagi asosiy transport xarajatlari, sport inshootlari soni va ularning shu joydan uzoqligi va boshqalarni hisobga olish kerak.
Xulosa Ushbu bitiruv malakaviy ishda futbolchilar bilan ish olib borishning barcha sohalariga to’xtalib o’tmadik, balki qobiliyatli va kelajagi bor yosh futbolchilarni tanlab olish bo’yicha ma’lumotlarni yoritib berdik xolos. Birinchi davrda testlarning maxsus programmasi bo’yicha futbolga mos keladigan qobiliyat nishonalari bo’lgan ma’lum bolalar tanlab olinadi. Dastlabki o’rgatish jarayonidan so’ng mehnatsevar, tirishqoq, mashg’ulotlarga qiziqish bilan qaraydigan, o’yinning texnik va taktik elementlarini yaxshi va tez o’rgana oladigan bolalar gruppalari olib qolinadi. Bu erda qiziqishdan tashqari sport-texnik ko’rsatkichlarning o’sish tezligi hamda yosh futbolchi maxoratining oshib borish darajasi katta ahamiyatga ega. Keyinchalik , gruppalardan ketib qolgan bolalar o’rnini kelajagi bor yosh o’yinchilar bilan to’ldirib boriladi. Ular ham murabbiylarning puxta nazorati ostida bo’ladilar . 15-16 yashar futbolchlarni tanlab olish ayniqsa ma’suliyatli vazifa hisoblanadi, chunki bunda murabbiy seleksionerlaraning asosiy harakati qobiliyatli bolalarni qidirib topish va ularni terma jamoalarga hamda master komandalarga tanlab olishga qaratilgan. O’rgatish protsessida kelajagi bor yosh futbochining tanlab olish maqsad va vazifalari shubxasiz ma’lum o’yinda ishtirok etish uchun o’yinchilarni aniqlab tanlab olish maqsad va vazifalardan farq qiladi. Yosh futbochilarni tanlab olishga tayyorgarlik ko’rish: tarbiya protsessi o’quv mashg’ulot protsessi; musobaqalar moddiy – texnik ta’minot va boshqalarga bevosita bog’liqdir . Shunday qilib yuqori klassli futbolchilarni tayyorlash sistemasida uzluksiz bo’lishi lozim: tanlab olishni to’g’ri tashkil etish va yosh futbolchilarni o’qitish, o’quv-trenirovka mashg’uloti protsessini takomillashtirishga hamda yuqori malakali futbolchilarni musobaqalarda ishtirok etishlariga xizmat qiladi.