Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


Yosh futbolchildrni tanlab olish turlari



Yüklə 303 Kb.
səhifə7/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Ситора 05.06.2022

1.3. Yosh futbolchildrni tanlab olish turlari
Futbol amalyyotyning tarkibiy qismlarini analiz qilish natijasida unda diagnostikaning ilmiy asoslangan sistemasi hamda yosh futbolchi kelajagini aniqlash masalalari ko’rsatib o’tilmagani aniqlanadi, Ayni vaqtda tanlab olish, pedagogik kontrol va o’yinchilarni o’rgatish protsesslari doimo takomillashib boradi. Asosan tanlab olishning uchta turi ishlatiladi:

  1. Bolalarni ularda futbolga qiziqish endi boshlanib kelayotgan paytda birin-ketin tanlab olinaveradi. Tanlab olish priyemlari takomillashtirish va trenirovkaning oddiy sharoitlari davrida va uyushmagan holda o’yinlar o’ynash davrida boshlanadi. Bunda futbolga ishqibozlik va yaxshi o’ynash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. O’yinchi qanchalik yaxshi o’ynasa, uning futbolga bo’lgan havasi shunchalik ortadi va aksincha. Tanlab olishda yosh futbolchilarning yutuqlarini bir-birlariga taqqoslab ko’riladi, keyinchalik ularning xarakteristika-lari mashhur futbolchilar xarakteristikalari bilan solishtiriladi. SHunday ham bo’ladiki, o’smirlar tayyorgarlikning ba’zi jihatlarida orqada qoladilar, lekin bu ularning yaxshi o’yin ko’rsatishlariga to’sqinlik qilmaydi. Ular o’zlari uchun ta’bir joiz bo’lsa, kompensatsion omil yaratadilar. Masalan, shunday o’yinchilar borki, ular o’zlari sekin yugursalarda yoki kam harakat qilsalarda, o’yinning borishini juda yaxshi sezadilar va o’z vaqtida to’pni aniq oshirib boradilar.

  2. Emsirik tanlab olish — bunda murabbiylar tomonidan tajriba asosida tanlab olishning eng ko’p qo’llaniladigan turi. Bu erda gap pedagogik tadqiqotni belgilash (yoki ekspert baho) haqida boradi. ekspertiza ko’p jihatdan shundan iboratki, murabbiy ma’lum bir o’yinchini «bebaho model» bilan taqqoslab ko’radi. Bu model ehtimol bo’lmasligi mumkin, balki u jahonga mashhur o’yinchidir. ekspertiza sifati murabbiyning bilimi va tajribasiga, uning «bebaho model» ni tushunishiga bog’liq. Birinchi o’rinda futbolchining xatti-harakatidan kelib chiqadigan umumiy taassurotlar turadi. Ko’pgina murabbiylar talantlarni tanlab olish qobiliyatiga ega bo’ladilar, ular asosan o’kinchilarni shu yo’l bilan tanlab oladilar.

Ekspertiza yordamida o’yinchining eng yaxshi tomonlarini aniqlab olish mumkin, lekin oldindan biror narsa deyish qiyin bo’ladi. O’smirlar komandalarida a’lo o’yin ko’rsatgan o’yinchilar katta futbolga o’tganlaridan so’ng o’rtacha o’yinchi bo’lib qolganliklari va aksincha, avval o’rtacha o’yinchi keyinchalik a’lo darajadagi futbolchiga aylanganligi haqida misollar ko’p. O’yinchini tajribaga asoslanib tanlab olishda ham xatoliklar bo’lishi mumkin.
Bir vaqtlari MASK komandasida o’ynagan A. Krutikov va Moskva «Dinamo»sidan YU. Gavrilovlar o’zlarining kelajaklari yo’qligini sezib «Spartak» komandasiga o’tdilar. Keyinchalik ular spartakchilarning etuk o’yinchilariga aylanib, taktik harakatlarda ajoyib novatorlar sifatida o’zbek futbolida o’chmas iz qoldirdilar. Uz navbatida «Spartak» komandasida o’z imkoniyatlaridan foydalana olmagan e. Malofeyev va L: Adamovlar keyinchalik Minsk dinamochilari sostaviga, qo’shilib futbol olamiga tanildilar.
O’yinchilarni tanlab olishda an’anaga ko’ra jismoniy sifatlar va to’pni olib yurish texnikasiga katta e’tibor beriladi, o’yin davomida fikrl-ash esa keyingi planda qolib ketadi.
Murabbiy ko’pincha o’yinda fikrlashni futbolchining tak-tik mahoratiga qarab baholaydi, tanlab olishning eng asosiy davri yosh bo’lgan va hali mahorat etishmagan vaqtga to’g’ri keladi. Bunday holatda o’yindagi fikrlashning o’sib borishini aniqlash qiyindir. Lekin taktik mahorat oshib borgan taqdirda ham o’yin davomidagi fikrlashni baholab bo’lmaydi, chunki taktik mahorat yaxshi o’yin ha-rakatlaridan kelib chiqadi, o’yin harakatlari esa ko’plab faktorlarga egadir.
3. Kompleks tanlab olish — bunda murabbiy, vrach va psi-xolog ishtirok etishi ko’zda tutiladi. Ko’plab tadqiqot ishlari va testlarni analiz qilish natijasida biz yosh talantning kelajakda o’sishi haqida aniq fikr ayta olamiz. Futbolchilarning sport mashg’ulotlarini yaxshi o’tkazishi ko’p jihatdan ular tayyorgarligining o’sishini to’g’ri kontrol qilib borish bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda sportchilarning qanday tayyorgarlik ko’rayotgan-liklarini kuzatish metodikasiga katta ahamiyat berilmoqda. Murabbiy kontrol sistemasiga mashg’ulotlarning eng kerakli tomonlarini kiritadi, ba’zi vaqtlarda u . buning uchun maxsus apparaturalardan ham foydalanadi.
Ko’p hollarda kontrol sinovlar va testlardan foydalaniladi. Pedagogik kontrol tezkorlik sifatlari, kuch, umumiy va maxsus jismoniy chiniqish, epchillik, texnik priyomlarni egallash va boshqalarning o’sishini o’z ichiga oladi. "
Bir necha o’yinlar davomida pedagogik kuzatishlar olib borish tanlab olishning asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodika orqali faqat texnika va taktika ko’rsatkichlari hisobga olinadi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlariga esa e’tibor berilmaydi. Bundan tashqari, pedagogik kuzatishlar ko’rsatkichlari ko’pgina hollarda shartli hisoblanadi, chunki u sportchini ma’lum sharoitlarda, tekshiruvchining o’zi ishtirok etayotgan komanda sostavi hamda raqib komanda sostavlari chegaralanib qo’yishini xarakterlaydi. Tanlab olishning boshqa metody bo’yycha murabbiylar sportchilarga anketalar tuzadilar. Informatsiyaning nisbatan ko’p bo’lishidan qat’i nazar, bu metod ancha-muncha kamchilyklarga ega va u sub’ektiv xarakterdadir. Bu sub’ektivlik murabbiyning o’z shogirdini tarbiyalashda, ayniqsa «o’zi yaxshi ko’rgan» o’quv-chisiga e’tibor berishida sezilady. Murabbiy baholaydigan vaziyatlardagi boshqa bir sub’ektivlik o’sha murabbiyning shaxsyy holatiga, uning ish tajribasiga hozirgi zamon futboli holatini to’g’ri va chuqur tushunishiga bog’liqdir.
P. V. Ostashevning fikricha, futbolga bo’lgan qobiliyat strukturasida quyidagn asosiy komponentlarni tafovut qilish kerak: jismoniy qobiliyat, bunda o’yinning texnik va taktik priyemlarini hamda o’yin faoliyatida yuksak samaraga erishish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratadigan yuqori darajada ish olib borish uchun funksional qobiliyat, harakatning masofasi, vaqti va kuchi xarakteristikalarini aniq baholay olish; o’yin priyemlarini tez o’rganib olish uchun va ulardan musobaqa sharoitida unumli foydalanish uchun yordam berish, o’yindagi vaziyatlarda voqealarni oldindan aytib berishga ko’maklashish; o’yindagi aktivlik va tajovuzkorlik; o’zi bajarayotgan mashg’ulotlarni va o’yin faoliyatini to’g’ri baholash hamda ularga tanqidiy nazar bilan yondoshish.
Murabbiylardan anketalar orqali olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, ularning ko’pchiligi (22 kyshi) taktik tayyorgarlik; koordinatsiya bo’yicha qobylyyat, jismoniy sifatlarni muhim deb hisoblaydilar.
Murabbiylarning bir qismi (12 kishi) birinchi o’rinda — koordinatsiya bo’yicha qobiliyat, ikkinchi — taktik tayyorgarlik, uchinchi — jismoniy sifatlar turishi kerak, degan fikrni aytadilar.
Murabbiylarning ozchilik qismi (7 kishi) birinchi o’ringa jismoniy sifatlarni, keyin taktik tayyorgarlikni, undan so’ng esa koordinatsiya bo’yicha qobiliyatni qo’yadilar.
Istiqbolli futbolchilar bilan unchalik kuchli bo’lmagan o’yinchilar o’rtasidagn farqni anirashdagn asosiy omillarni bilish masalasida murabbiylar bilan suhbatlar o’tkazildi, jami 61 kishi bilan suhbat olib borildi. Natija shuni ko’rsatdiki, yosh futbolchining kelajatiga tajriba asosida yoki ba’zan sub’ektiv baho berilganda, ko’plab murabbiylar kelajagi bor yosh futbolchining taktik jihatdan yaxshi fikr yurita oladigan, epchil va yuqori tezlikda yuguradigan (to’p bilan va to’psiz) bo’lishi lozimligini aytishdi. Bundan tashqari, o’sha futbolchi dadil, irodali, tajovuzkor bo’lishi ham kerak. SHunday qilib, har bir murabbiy futbolchining kelajagini aniqlashda har tomonlama tahlil qilib ko’rishi kerak.
O’smirlar o’rtasida O’zbekiston terma komandasiga nomzodlikka yuborilgan 200 ta anketa xarakteristikani tadqiqot qilish shuni ko’rsatdiki, har bir murabbiy o’z shogirdining sport mahorati va kelajagini baholashda turlicha yo’l tutadi. Masalan, tezlik va kuch sifatlarini aniqlash uchun ba’zilar turgan joydan balandlikka sakrash, turgan joydan uch hatlab sakrash va 100 metr masofaga yugurish o’tkazishsa, boshqa murabbiylar asosiy e’tiborni yugurib kelib balandlikka sakrash, turgan joydan uzunlikka sakrash, turgan joydan uch hatlab sakrash, 30 va 60 metr masofaga yugurishga qaratadilar. Kuchni aniqlashda perekladinada osilib turgan holatdan tortilish (necha marta) va to’pni oyoq bilan tepilgandan so’ng uzoqqa borib tushishi kabi testlardan foydalanadilar.
Texnik tayyorgarlik masalalari to’pni aniq oshirish, turgan joyda to’pni erga tushirmasdan o’ynash (harakat davomida va ma’lum vaqt orasida), ustunchalarni aylanib o’tish hamda tezlik, darvozaga aniq to’p tepish kuchiga qarab aniqlanadi. Bunda taktik tayyorgarlikni ko’rsatadigan qandaydir son ko’rsatkichlari bo’lmaydi. Futbolchilar uchun beriladigan har xil xarakteristikalar terma komanda murabbiylariga nomzodlarni bir-birlaridan farq qilishda qiyinchilik keltirib chiqaradi, terma komandaga taklif etilgan nomzod haqidagi to’la bo’lmagan ma’lumot esa murabbiyga shu o’yinchiga to’la baho berdira olmaydi.

Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin