Traxeya(kekirdak) - bola tug’ilishiga shakllangan bo’ladi. Erta yoshli bolalarda voronkasimon formada bo’lib, kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan. Chaqaloqlarda yuqori cheti IV-bo’yin umurtqasida, kattalarda esa u VII bo’yin umurtqasi ro’parasida joylashgan. Traxeyani uzunligi chaqaloqlarda 4 sm, 4-16 yoshda. 7,2 sm, kattalarada 12 sm ga teng bo’ladi. Traxeyaning shilliq qavati nozik, qon-tomirlarga boy, muskul qavati yaxshi rivojlangan, elastik tolalari kam rivojlangan, tog’ayi yumshoq. Xiqildoq va traxeyaning bunday tuzilishi yalliglanish natijasida asosan ezilishi va nafas qisilish, bogilish holatiga olib keladi. Ko’krak yoshidagi bolalar kop yiglagandan so’ng tovushning paysayishi, ovoz yorigi mushaklarining nozikligi va tez toliqishi natijasida kelib chiqadi. Elastik to’qimalari kam rivojlangan boladi. Traxeya bifurkatsiyasi kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan bo’ladi. Bu taxminan spipa scapulae dan umurtqa pogonasiga tortilgan chiziqqa togri keladi. Traxeya shilliq qavati bezchalarga boy bolib, ular ishlab chiqargan sekret - kekirdak sathini shilliq suyuqligi bilan ta‘minlaydi.
Traxeya tog’aylarini yumshoqligi, elastik to’qimalari kam rivojlanganligi, hamda qozgaluvchanligi uning yollarini torayishiga, xorrak otganga oxshash shovqinli nafas olishning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bolalarda traxeya shikastlanishi alohida traxeit yoki laringotraxeit, traxeobronxit holida kechishi mumkin. BRONXLAR tugilishda yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarda bronxlar kalta, tog’aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari kuchsiz rivojlangan, shilliq qavati qon-tomirlarga boy. Ong bronx traxeyani davomi bo’lib, kalta va keng. Chap bronx traxeyadan o’tkir burchak hosil qilib ajraladi. Shu sababli yot jismlar va infeksiya aksariyat ong bronxga toshadi va o’ng o’pka zotiljami koproq uchraydi. Bronxlarning ichki devori 3 xil (bazal, qadaqsimon, kipriksimon) xujayralardan iborat bolib, kop qavatli epiteliya bilan qoplangan. Shu epiteliya xujayralari ishlab chiqargan shilliq quyidan yuqoriga harakatlanib, yot jismlar mikroblarini o’rab oladi va bakteriotsid xususiyatlarga ega. Har qaysi bronx o’z navbatida kichikroq bronxlarga va bronxiolalarga ajralib, ular o’pka pufakchalari alveolalar bilan tugallanadi. Ong bronx kekirdakning xuddi davomidek hisoblanadi, chap bronxga nisbatan kalta va keng bo’ladi. Shuning uchun har yod jismlar bolaning halqumidan ong bronxga to’shadi. Har bir bronx mayda bronxlarga, ular esa juda mayda bronxiolalarga bo’linadi, ular esa alveolalar bilan tamom bo’ladi. Bolalarda bronxlar kalta, togaylari yumshoq, muskul va elastik tolalari rivojlanmagan. Mayda bronx va bronxiolalar shilliq qavatlari juda nozik, qon tomirlarga boy bolib, yupqa shilliq qavat bilan o’ralgan bo’ladi. Erta yoshli bolalarda mushak va elastik tolalar yetarlicha rivojlanmagan, bronx yollari ingichka bo’ladi. Shular sabab bir yoshgacha bolgan bolalarda obstruksiya sindromlari bilan kechuvchi bronxiolitlar ko’p uchraydi. Bronxlar bir yoshgacha yaxshi o’sib, keyintomon o’sish surati sekinlashib, balog’at yoshida yana tezlashadi. 12- 13 yoshda bosh bronxlar uzunligi ikki barobar oshadi, yoshiga kattalashgan sari o’sadi va bronxlarni obstruksiya sindromlari kamayadi.