Bolalarda nafas olish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlariga ko’ra tekshirish usullari. Birinchi nafas mexanizmi. Tashqi nafas faoliyatlarini baxolash mezonlari



Yüklə 20,15 Kb.
səhifə3/3
tarix12.10.2022
ölçüsü20,15 Kb.
#65006
növüReferat
1   2   3
REFERAT2

O‘pkalar.Opka yangi tugilgan chaqaloqlarda 50-60 gr bolib, u tana massasining 1/50 qismini tashkil qiladi. Opkaning og’irligi 6 oylikda 2 martaga, 1 yoshda 3
martaga, 4-5 yoshadi 5 martaga, 12 yoshda 10 martaga, 20 yoshda 20 martagacha ortadi. Opkaning hajmining ortishi alveolalar hajmining ortishi bilan kechadi. Chaqaloqlarda o’pka toqimasi kam havoli va qon-tomirlarga boy, atsinus tosiqlarda qoshuvchi to’qimasi nozik, elastik tolalari kam rivojlangan. Shuning uchun ham opka xastaligida yosh bolalarda tez emfizema rivojlanishi shu bilan tushuntiriladi. Chaqaloq o’pkasining umumiy sigimi 65-67 ml bo’lib, yoshi o’tgan sari uning sigimi ortib boradi. Demak u o’smirlarda 600-700 gr, 30 yoshli kishida esa 1600 gr bo’ladi. Opkalar tinimsiz o’sadi, ayniksa bu jarayon birinchi 3 oylikda va balogat yoshida jadal kechadi. Opka xajmining ortishi alveolalar o’lchamlari hisobiga bo’ladi. Bola tugilishi bilan opkaning xususiy nafas qismi-atsinus ( qon bilan gaz almashinuvi bo’ladigan qismi) to’liq rivojlanmagan. Tug’ilgadan song xayotining 4-6 haftasiga kelib ularning soni 1 yoshda ortadi va uning ortishi 8 yoshgacha davom etadi. Bola tug’ilganda terminal bronxiola diametri 0,1 mm bolib 2 yoshda 2 martaga, 4 yoshda 3 martaga, 18 yoshda 5 martaga ortadi. Bronxiolalarning torligi erta yoshli bolalarda opka atelektazi ko’proq uchrashga sabab bo’ladi.
Bolalalarda A.I.Strukov opka rivojlanishini 4 bosqichga ajratadi: 1-bosqich (tugilgandan to 2 yoshgacha alveolalarni sonini jadal ortishi va intensiv rivojlanishi kechadi.
2-bosqich (2 yoshdan to 5 yoshgacha) elastik to’qimalar, mushaklari tolalarini jadal o’sishi va limfatik to’qimalarini qo’shilishi intensiv rivojlanadi. Shu davrda zotiljamning ko’p uchrashishi va kasallikning cho’zilishi, surunkali formaga aylanishi maktab oldi yoshida kuzatilishi mana shu bilan tushuntiriladi. 3-bosqich (5-7 yosh) atsinus strukturasining rivojlanishi yakunlanishi kuzatilib, maktab oldi va maktab yoshidagi bolalarda zotiljamning kechishi yengil kechadi. 4- bosqich (7-12 yosh) yetilgan opkada to’qimalar vaznini ortib boradi. o’ng o’pkada 10 ta segment bolib, yuqori bo’lakda 3 ta, o’rta bo’lakda 2-ta va pastki 147


bo’lakda 5 ta segment joylashadi. Chap o’pkada esa 9 ta segment bor. Chap va o’ng o’pkani yuqori bo’lagida 3 ta segment bor: yuqori cho’qqi – 1, yuqori orqa-2, va yuqori oldingi –3. O’ng o’pkani o’rta bo’lagi 2 ta segmentga bo’linadi: o’rta yonbosh , orqada joylashadi va o’rta oldingi , medial joylashgan. Chap o’pkani o’rta bo’lagi tilsimonga to’g’ri keladi va 2 ta segmentdan iborat-yuqori tilsimon (4 va pastki tilsimon). O’ng o’pkani pastki bo’lagi 5 ta segmentda iborat: bazal cho’qqi , bazal medial , bazal oldingi , bazal yonbosh , va bazal orqa . Bolalarda segmentlarning joylashishi, xavo o’tish va sekret chiqarish faoliyatining o’zgarishiga qarab, pnevmoniya ko’pincha 6 segmentda va yana 10 va 2 segmentlarda kuzatiladi. O’rta yonbosh va o’rta oldingi (5) segmentlar bronxlari uzun, yorig’i tor bo’lganligi, bronxpulmonal limfa tugunlariga yaqii bo’lganligi va bezlar kattalashganda bronxlar ezilishi va nafas oladigan sath kamayishidan pnevmoniya og’ir nafas yetshimasligi bilan kechishi mumkin. Bolalarda zotiljam uchog’lari aniq segmentlarda joylashadi. Buning asosiy sababi mana shu segmentlarning aeratsiya xususiyatiga, bronxlarning drenaj funksiyasiga bog’liq. Ko’pincha zotiljam o’pkaning pastki bo’lagida joylashadi, asosan bazal uchki segmentida . Ushbu segment boshqa segmentar bronxlardan yuqorida joylashgan va u to’g’ri burchak hosil qilib orqaga ketadi. Yosh bolalarda uzoq vaqt yotgan holatda bo’lganligi sababli,bu segmentda yuqorida joylashgan pastdagi segmentni ezishi ushbu segment bronxlarning drenajini yomonlashtiradi. Bundan tashqari patologik zararlanish yuqori bo’lakning yuqori orqa segmenti va pastki bo’lakning bazal orqa segmentida joylashadi. Bu yerdagi paravertebral zotiljamining ko’p uchrayishi shuning bilan tushuntiriladi.O’rta bo’lakning zararlanishi muhim o’rin tutadi. Kasallik o’tkir boshlanadi va buni o’rta bo’lak sindromi deb yuritiladi. Bunda o’rta yonboshva o’rta oldingi segmentar bronxlar bronxopulmonal limfa tugunlari sohasida joylashganligi, ularni bo’shliqlari nisbatan torligi, o’ta uzunligi va asosiy bronxdan to’g’ri burchak hosil qilib ajraladi. Shuning uchun ham atrofidagi kattalashgan limfa tugunlar bronxlar oson tashqi tomondan qisishi sababli, hatdan tashqari nafas yuzasini kamayishi hisobiga og’ir nafas yetishmovchigi rivojlanishiga sabab bo’ladi. Plevra chaqaloqlarda va ko’krak yoshidagi bolalarda juda yupqa, chuqur nafas olganda va plevra oralig’ida suyukdik yig’ilganda o’z o’rnidan oson ko’zg’aladi. Plevra bo’shlig’i hajmi katta kichik bo’lib o’zgarishi mumkin, chunki parietal qavatlari juda bo’sh birikkan bo’ladi. Plevra bo’shlig’ig’a suyuqlik yig’ilsa ko’ks oralig’idagi organlarni, ayniqsa yurak va pastki kavak venani o’rnidan juda oson ko’zg’atadi. Shuning uchun bolalarda plevra bo’shlig’ida suyuklik yig’ilganda qon aylanish sistemasining faoliyati tez o’zgaradi. Undan tashqari aorta, traxeya, qizilo’ngach, diafragma ham o’z o’rnidan siljiydi, bu esa shu organlarning faoliyatini o’zgarishiga olib keladi.
Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin