hayvonlaming o'rmonda qishlashi va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini
(masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin.
Suhbat — bu bolalar bilan o'tkazilgan mashg'ulotning yakunidir.
Uning samaraliligi
bolalarning tayyorgarliklariga bog'liqdir.
Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o'yinlar, tabiat haqidagi
hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo'lsa, faqat
shu mavzu yuzasidan suhbat o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya'ni, uning mazmunini
aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat
yakunida aniq bir xulosa
chiqara olishi lozim.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, o'rtasidagi
muhim aloqa hamda munosabatlarni ta'kidlashdan boshlanadi. Bunday
analiz umumlashtirishga
o'tishni ta'minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo'lib
uchib keladi? Qora qarg'ani qanday tanib oldik? Biz ularni qayerda ko'rganmiz? Qora qarg'alar
dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg'alar nima yeydi?» So'ng keyingi savol beriladi:«Nima
uchun qora qarg'alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug'urchuq, qaldirg'och va shu
kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?»
kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin.
Ular mazmunan aniq, to'g'ri, qisqa bo'lishi kerak. Har bir savolda bitta fikr bo'lishi shart.
Qisqa «ha» yoki «yo'q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib bo'lmaydi. Bunday savollar
tafakkurning o'sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta'min lamaydi. Tarbiyachi suhbat
davomida
bolalarning xulosa, umuml lashtirishlarni o'zlari mustaqil chiqarishlariga g'amxo'rlik
qiladi.
Suhbatda
xilmaxil
ko'rgazmali
materiallardan
ham
foydalaB
nish
zarur.
Bulartabiatjismlari, obhavo kalendarlari, gerbariylarj illyustratsiyalardir. Bundan tashqari
topishmoqlar, she'rlarJ qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokamal
qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg'otadM
Suhbat bolalarni tabiat bilan
tanishtirish metodi sifatida, o'rtal va maktabgacha katta
yoshda qo'llaniladi. O'rta guruhda suhbat,! asosan, hodisalarni eslatishga,
katta va maktabga
tayyorlow guruhlarida esa mayjud b i l i m l a r n i umumlashtirish va sistemaga solishga
yo'naltiriladi. (5.1- shakl)
Dostları ilə paylaş: