Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta'limiy vazifalar ham hal
qilinadi.
Bolalar mehnat orqali, o'simliklarning xususiyatlari va sifatlari,
ularning tuzilishi,
ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o'stirish usullari, o'simliklar hayotidagi mavsumiy
o'zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko'rinishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari,
hayot
tarzlari va ularning mavsumiy o'zgarishlari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Shu jumladan,
hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishni o'rganadilar va shu
orqali mehnat malakalarini
egallaydilar.
Dostları ilə paylaş: