Predmetli o'yinlar — barglar, urug'lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o'ynaladigan
«Ajoyib qopcha», «Mevalar va ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabi o'yinlardir.
Bu o'yinlar yordamida bolalar faol muloqotda bo'ladigan predmetlarning xususiyat hamda
belgilari haqidagi tasavvurlari
ai
"iiqlanib boyitiladi. Predmetli o'yinlar, ayniqsa kichik va o'rta
yosh guruhlarda keng qo'ilaniladi. Bu o'yinlar bolalarga tabiat Jismlarining o'zidan foydalanish,
ularni qiyoslash, hamda ularda sodir bo'ladigan ayrim tashqi belgilaridagi o'zgarishlarni qayd
qilish
imkonini
beradi.
Predmetli
o'yinlar
barcha
yoshdagi
guruhlarning
biroz
murakkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish, tafakkurlarini kuchaytirish hamda harakatlarini
rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Stolbosma o'yinlari— «Yilning to'rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «0'simliklar»,
«Barglarni terib ol», «Juft rasmlar» va shu kabilardir. Bu o'yinlar bolalarning o'simliklar,
hayvonlar jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini o'zlashtirish, aytilayotgan so'zga qarab
predmetni tasvirlash ko'nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O'yin so'z bilan birgalikda olib
boriladi, so'z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o'yin bilan uyg'unlashib ketadi. Bunday
o'yinlar ozchilik bolalar bilan o'tkaziladi.
Og'zaki o'yinlar(«U nima uchun uchadi, yuguradi, sakraydi», «Suvda, havoda, yerda»,
«Kerakkerak emas» va shu kabilar) hech qandayjihoz talab qilinmasligi tufayli juda maqbuldir.
Ular u yoki bu predmetlarning vazifalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash,
umumlashtirish va bir tizimga solish maqsadida o'ynaladi. Bu o'yinlar diqqatni, zehnni, qabul
qilish tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi.
Tabiatga oid o'yinlarni o'rganish barcha didaktik o'yinlar uchun umumiy bo'lgan qoidalar
bo'yicha amalga oshiriladi. Kichik yosh guruhlarda dastlabki bosqichlarda tarbiyachi o'yinni
bolalar bilan birga o'ynaydi, o'yin davomida u bir qoidani aytib, uni shu zahotiyoq tadbiq qiladi.
Takroriy o'yinda esa qo'shimcha qoidalarni aytadi. Ikkinchi bosqichda tarbiyachi o'yinda faol
qatnashmaydi, chetdan rahbarlik qilib, o'yinni boshqarib turadi. Uchinchi bosqichda bolalar
mustaqil o'ynaydilar.
O'rta yosh guruhdan boshlab o'yinga o'rgatish usuli o'zgaradi. Awal tarbiyachi o'yinning
mazmunini aytib, oldindan 12 ta muhim qoidani ajratib ko'rsatadi. O'yin davomida u bu
qoidalarni yana birborta'kidlaydi. O'yin harakatlarini ko'rsatadi, qo'shimcha qoidalarni beradi.
Keyingi bosqichda bolalar mustaqil o'ynaydilar. Tarbiyachi o'yinni kuzatib turadi, xatolarni
to'g'rilaydi, nizolarni bartaraf qiladi. O'yinga qiziqish susaygan vaqtda tarbiyachi o'yinning boshqa
turlarini taklif qiladi.