uyg'otadi. Shuning uchun tarbiyachi kuzatish jarayonida jonivorlarni harakat qildirishi, masalan,
ularni oziqlantirib bolalarning diqqatlarini jalb qilishi zarur. Bunda ozuqa ma'lum bir oraliqda
qo'yilib, bolalarning e'tiborini jonivorning ozuqani qoilari bilan ushlab, qisirlatib yeyishiga
qaratiladi va bolalarni hayvon harakatlarini so'z bilan ifodalashga o'rgatiladi. Keyingi kuzatishlarda
tarbiyachi jonivorning u yoki bu harakati yuzasidan savollar berib, shu orqali bolalarni ma'lum
so'zlardan va savollardan foydalanishga undaydi.
Shunday qilib, bolalar savollar asosida yotgan aniq vazifani aniqlashni sekinasta
o'rganadilar.
Kichik yosh guruhda bolalar bilan o'tkaziladigan kuzatishlar qisqa muddatli bo'lib,
tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilish maqsadida ularning ba'zilariga suvdonga suv quyish,
hayvonlarga ozuqa berish, baliqlarni oziqlantirish kabi topshiriqlarni beradi. «Qush Nodira uchun
qo'shiq aytyapti», «Baliq Madina tomonga suzyapti» kabi so'zlardan foydalanadi.
Kuzatish oxirida she'r o'qish, qo'shiq aytish mumkin. KichJ kintoylardan kuzatilayotgan
narsa haqida gapirib berishni talabj qilish noo'rindir. Obhavoni yoki jonsiz tabiatning boshqa
obyektj larini kuzatish, o'simliklarni ko'rish jarayonida tarbiyachi bid kuzatishlarni o'yin, mehnat
bilan bog'laydi (xona gullarinij tomosha qilish jarayonida uning barglarini artishadi, qum
o'ynayotganlarida uning sochiluvchanligini bilib olishadi). Bu yosh guruhda oddiy tadqiqot
(tekshirishlar) harakatlaridan ko'p| roq foydalanish maqsadga muvofiqdir: kaftni oftobga tutib,
issiqlikni sezish, gulni hidlash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: