O'rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlarda tarbiyachi taqqoslashdan
foydalanishi muhimdir. Bunda tarbiyachi predmetning belgilarini ajratib, ikki predmetni qiyoslaydi
(ulardan bin bolalarga oldindan tanish). Bolalar ko'ribgina qolmasdan, kerak bo'lganda ushlab, hidlab
ham ko'rishi yaxshi natijalarga olib keladi.
O'rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya — tasvirlash bo'lishi mumkin.
Tarbiyachi
bolalarga hikoyaning qisqacha rejasini tavsiya etib, ularni ikkiuchta savol yordamida gapirib
berishga undaydi.
Bolalarning mustaqil kuzatishlari o'rta guruhda paydo bo'ladi. Bunda ularni
rag'batlantirish, kuzatilayotgan hodisani tushunishlarida
yordam berish, ba'zan u yoki bu usulni
qo'llashda maslahat berish, boshqa bolalarni ham kuzatishga jalb qilish, o'z kuzatish natijalarini
o'rtoqlariga gapirib berishga undash lozim.
Dostları ilə paylaş: